B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Alisher Navoiy yaratgan so'nggi go'zal asar sanaladi. Bulardan tashqari
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiy yaratgan so'nggi go'zal asar sanaladi. Bulardan tashqari, manbalarda ulug' adibning o'q otish haqida «Risolai tir andoxtan», lug'atshunoslikka bag'ishlangan «Sab’atu-abhur» («Y yetti dengiz») nomli kitoblammg yozganligi haqida ham ma’lumot beriladi. 1500-yilning dekabr oyida Husayn Boyqaro yana bir o'g'li shahzoda Muhammad Husayn bilan bo'lib o'tgan jangdan so'ng, Astrobodda sulh tuzib poytaxtga qaytadi. Bu voqea Alisher Navoiy umrining so'nggi kunlariga to'g'ri keladi. G'iyosiddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida www.ziyouz.com kutubxonasi ma’lumot berilishicha, Alisher Navoiy 1501-yilning birinchi yanvarida bomdod namozini erta o‘qib, poytaxtga yo‘1 olgan Xuroson hukmdorini kutib olish uchun otga minib Shoh Malik raboti tomon yo‘1 oladi. Podshohning Alisher Navoiyga yaqin kelgan mulozimlari ulug‘ shoir bilan ko‘rishib, uni xursand qiladilar. Husayn Boyqaroning dabdabali va ko‘rkam mahofasi ko‘ringanda, ulug' shoiming boshi aylanib qoladi hamda ahvolidan Shahobiddin Abdullani voqif qiladi. Podshoh bilan ko‘rishish payti yaqinlashgach, Navoiy otdan tushganida, to'satdan xastalik og'irlashib boradi va shoir vujudida majolsizlanish holati kuzatiladi. Shunda Mavlono Jaloliddin Qosim qo'ltiqlariga kiigancha, ulug‘ amir boshini baland darajali podshohning quchog‘iga qo‘yadi. Husayn Boyqaro do‘stining holidagi bu o‘zgarishlami ko'rib iztirobga tushadi. Alisher Navoiy mana shu ahvolda tunda o‘z uyiga olib kelinadi. Ertasi kuni Xurosonning mashhur tabiblari to‘planib, ulug‘ shoir tomirlaridan qon olishga qaror qiladilar. Biroq fursat boy berilgan, «sakta» o‘z ishini qilgan (miyaga qon quyilgan) ediki, bemorni tuzatishga bo‘lgan urinishlar samara bermaydi. Uch kun xushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida, yakshanba kuni tongda vafot etadi. Bundan xabardor bo'lgan ahli Hirot, butun Xuroson-u Movarounnahr buyuk shoir va davlat aibobining bu foniy dunyodan o'tishini g‘oyatda qayg‘u va iztirob bilan qarshi oladi va motam tutadi. XX asming 90-yillarida Alisher Navoiy hayotining oxirgi kunlari haqida maqola e’lon qilgan O'zRFA muhbir a’zosi U.Karimov ulug* shoir o‘limini Husayn Boyqaro Mirzo saroyida unga qarshi harakatda bo'lgan muxolifat bilan bog'laydi. Ulug' shoimi o'limga olib kelgan kasallik tafsilotlarini bafuija bayon qilgan G'iyosiddin Xondamiming ta’biriga ko'ra, saktaning (his va harakatning to'xtab qolishi) boshlanishidan muayyan muddat o'tqazilib, uning tomiridan: qon olinadi (O'sha asar, 124-125-betlar). Ammo tabiblaming bu tadbiri befoyda ketadi. Prof. U.Karimov ulug' shoir hayotiga qasdni ana o'sha nuqtada ko'radi. Ya’ni sakta boshlangan vaqtda tomirdan qon olish haqidagi taklif o'rtaga tashlanadi. Biroq saroy tabibi Sulton Husayn Boyqarodan ruxsat olishni bahona qilib, bu ishni paysalga soladi. Ruhi munawarlari shod bo'lgur U.Karimovning armonlari shundaki, taklif tushgan paytda muolaja to'g'ri amalga oshirilsa, ulug' shoir yana birmuncha muddat yashagan bo'lur edi. Ehtimol, shundaydir, qolgani yolg'iz qodir Egamga ayondir, xolos. www.ziyouz.com kutubxonasi Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Alisher Navoiyning hayoti va faolitini o‘rganishda qanday manbalaiga tayaniladi? Ular haqida so‘zlang. 2. Shoiming hayoti va faoliyatini o'rganish XX asrga qadar qanday ko'rinishlarda amalga oshirildi? Ular xususida nimalami bilasiz? 3. Ulug‘ shoir asarlarining Ovrupoda o‘rganilishi va yo‘1 qo‘yilgan kamchiliklar haqida gapirib bering. 4. Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan sobiq ittifoqda qanday ishlar amalga oshirildi? 5. XX asming 50-60 yillarida ulug‘ shoir asarlarini ommalashtirish borasida kimlar faoliyat ko‘rsatdi va nimalarga erishildi? 6. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar navoiyshunoslik taraqqiyotida muhim hissa bo'lib qo'shilgan ilmiy asarlami sanang. 7. Istiqlol va navoiyshunoslik. Bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlar nimalardan iborat? 8. Yosh Alisheming ma’naviy kamolotida kimlaming ta’siri sezilib turandi? 9. Alisherlar xonadonining Iroqqa ko‘chishining sabablarini tushuntiring 10. Abulqosim Bobur Mirzo va yosh Alisheming o ‘zaro munosabatlari haqida nimalami bilasiz? 11. Mavlono Lutfiyning yosh shoirga beigan yuksak bahosini so‘zlab bering. 12.Alisher Navoiy hayotining Mashhad davri haqida nimalami bilasiz? Shoir Mashhadda kimlar bilan tanishdi? 13. Alisher Navoiyning Hirotdan ketishini Zahiiiddin Bobuming «ixroj» deya atashiga nimalar sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz? 14. «Masnaviy» - Alisher Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubida shoir o‘zining yuksak badiiy salohiyati haqida iftixor bilan nimalami e’tirof etadi va Hirotni tark etishiga sabab bo'lgan omillar sifatida nimalar qayd etiladi? 15. Samarqandda shoirga kimlar homiylik qildi? Alisher Navoiy bu shaharda tahsil olish jarayonida kimlar bilan tanishdi? 16. Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishida qanday tarixiy voqea sabab bo‘ldi? 17.Xurosonda barqaror vaziyatni vujudga keltirish uchun Yodgor Muhammad Mirzoga qarshi kurashda Husayn Boyqaroga Alisher Navoiy www.ziyouz.com kutubxonasi qanday tadbirlari bilan ko'maklashadi? 18. Nima sababdan Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimida faoliyat ko‘rsatishni istamaydi? Shoirni Husayn Boyqaro vazir etib tayinlashining sabablari nimalardan iborat? 19. Alisher Navoiy vazir va jamoat arbobi sifatida qanday ishlami amalga oshirdi? 20. Alisher Navoiyning vazirlik lavozimidan iste’fo berishining sababi nimada? 21. Alisher Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi tarixi haqida so'zlang. Abdurahmon Jomiyning bu asaiga bergan yuksak bahosi va Husayn Boyqaroning yurt shoiriga ko‘rsatgan ehtiromi haqida nimalami bilasiz? 22. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni Astrobodga hokim qilib tayinlashda nimalami nazarda tutadi? Shoiming Hirotga qaytishida qanday voqea sabab bo‘ldi? 23. Husayn Boyqaro va shahzoda Badiuzzamon Mirzo orasida nifoq solishda kimlaming qo‘li bor? Mo‘min Mirzoning o‘limiga-chi? 24. Alisher Navoiy nima sababdan hajga borish haqidagi qaroridan voz kechadi? 25. Shoir umrining so'nggi yillarida qaysi asarlarini yozdi? 26. G‘iyosuddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida ulug‘ shoiming vafoti bilan bog‘liq qanday tafsilotlar keltiriladi? Mavzuga oid tayanch tushunchalar Ulug‘ shoiming o'z asarlari. Katta, muosir, tengdosh va kichik zamondoshlari asarlari. XVI—XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va badiiy-ilmiy asarlar. Xalq og'zaki badiiy ijodi. Navoiy ijodiga oid lug‘atlar tuzish. Tazidra, tarixiy hamda ilmiy-badiiy asarlarda adib shaxsi, faoliyati va ijodiga munosabat bildirish. She’rlariga javobiya va muxammaslar bitish. Dostonlarining nasriy bayonini yaratish va taijima qilish. «Badoe’ul- lug‘at». «Lug'ati Navoiy». Aloyi binni Muhibiy «Al-lug'otun Navoiyat val istashhodatul-chig'atoiyat». Miizo Madhiyxon «Mabon ul-lug'at». Fath Alibek Kojariy «Lug'ati atrokiya». Muhammad Xoksor «Muntahabul lug‘at». Shayx Sulaymon Afandiy Buxoriy «Lug'oti chig'atoiya va turki usmoniy». «Tarixi Fanoiy». Sitsivishivili «Baromguriani». Xristafor «Sarandib shohi uch yosh o'g'lonining ziyorati». Fransuz sharqshunosi Katrmer. M.Nikitskiy. Fitrat. «Farhodu Shirin» dostoni to'g'risida». G'iyosiddin Muhammad. Mir Sayyid www.ziyouz.com kutubxonasi Kobuliy. Muhammad Ali G‘aribiy. Husayn Boyqaro. Sharafiddin Ali Yazdiy. Abuqosim Bobur Mirzo. Mavlono Lutfiy. Sayyid Hasan Ardasher. Abdurahmon Jomiy. Pahlavon Muhammad. Kamol Turbatiy. Ahmad Hojibek. Xoja Fazlulloh Abullaysiy. Yodgor Muhammad Mirzo. Badiuzzuamon Mirzo. Kepak Mirzo. Abulmuhsin Mirzo. Amir Shayxim Suhayliy. Mirxond. «Ravzat ul-safo.» Atoulloh Husayniy. Husayn Voiz Koshifiy. Nizomumulk. Majididdin Muhammad. Ilk dewon. «Badoe’ ul-bidoya». «Navodir un-nihoya». «Vaqfiya». «Xamsa». Nizomiy Ganjaviy. Xusrav Dehlaviy «Muqarrabi hazrati sultoniy». Mo'min Mirzo. Xadichabegim. «Tarixi muluki Ajam». «Tarixi anbiyo va hukamo». «Holoti Sayyid Hasan Ardasher». «Holoti Pahlavon Muhammad». «Xamsat ul- mutahayyirin». «Risolai muammo». «Majolis un-nafois». «Munshaot». «Mezon ul-avzon». «Nasoyim ul-muhabbat». « Xazoyin ul-maoniy». «Lison ut-tayr». «Muhokamat ul-lug‘atayn». «Mahbub ul-qulub». «Nazmul javohir». «Arbain». «Panoh». Muzaffar Mirzo. «Mubtalo bo'ldum sango». Qo'ldosh Mirzo. «Masnaviy» Adabiyotlar 1. Abdullaeev.V. Navoiy Samarqadda. Toshkengt-1968. 2. Boyqaro Husayn. Risola. Toshkent: «Sharq»-1991. 3. Vahxo'jayev B. Mumtoz siymolar. 2-jild, Toshkent-2002.180-bet. 4. Vohidov R. Alisher Navoiyning ijod maktabi. Buxoro-1994. 5. Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo'stoni. Toshkent, 1981. 6. Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, 1969. 7. Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976, 349-380 betlar. 8. Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 1985. 9. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 2-jild. Toshkent, 1978. 10. Xondamir G'iyosiddin. Makarim ul-axloq. Toshkent, 1967. 11. Qayumov A. Alisher Navoiy. Toshkent: «Kamalak», 1991. 12. Hayitmetov A. Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. Toshket: «Fan», 1996; Yana: Alisher Navoiy ijodini o'iganishning metadologik asoslari haqida. «O'zbek tili va adabiyoti», 2001,2-son. 3-9-betlar. Yana: Mumtoz adabiyot tarixi bo'limi. «O'zbek tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 3-9-betlar. www.ziyouz.com kutubxonasi VIII-BOB ALISHER NAVOIY SHE’RIYATI Alisher Navoiy she’riyati — o‘zbek mumtoz adabiyoti xazinasiga qo‘shilgan qiyossiz noyob durdonadir. Bu buyuk tafakkur sohibining badiiy yaratmalarisiz, nafaqat, turkiy, balki boshqa qardosh xalqlar adabiyoti ravnaqini tasawur etish qiyin. Zero, ulug‘ shoir she’riy merosida o'ziga qadar yaratilgan Sharq mumtoz adabiyoti an’analarini davom ettiribgina qolmay, yangi badiiy timsollarga murojaat etish orqali mutafakkirona qarashlarini ifodalash bilan ulaming mavzular ko‘lamini boyitdi, inson ruhiyatining murakkab qirralarini san’atkorona tasvirlashga erishdi. Bu, albatta, o‘z navbatida shoiming she’riy merosi o‘zbek va boshqa xalqlar qalamkashlari uchun ijod maktabi, ilhom manbai vazifasini o‘tadi, deyishimizga asos bo‘ladi. Alisher Navoiy ayni choqda zullisonayn shoir sifatida fors-tojik adabiyoti ravnaqiga ham sezilarli hissa qo‘shdi. Shoir zamondoshlari uning har ikkala tilda ham birday ijod qilish imkoniyatiga ega ekanligini e’tirof qilib, ta’bi ko‘proq turkiyga moyilligini ta’kidlashgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida yozadi: «Ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari nazm nasufta» («U tilda, ya’ni turkiyda hech kim undan ko‘p va undan yaxshi she’r ayta olmagan va nazm durdonalarini socha olmagan» (Abdurahmon Jomiy. Bahoriston. «Irfon», Dushanbe-1966,110-bet). Alisher Navoiyning hikmatga boy she’riy merosi ko‘lamining kengligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning asosini 45000 misraga yaqin o'zbekcha she’rlarini o‘z ichiga olgan «Xazoyin ul-maoniy» yig‘ma devonlar va 12000 misradan ziyod fors-tojik tilidagi she’rlaridan tarkib topgan «Devoni Foniy», shuningdek, forsiyda bitilgan 6 falsafiy qasidadan iborat «Sittai zaruriya» («Olti zarurat») hamda yil fasllari tasviriga bag'ishlangan «Fusuli arbaa» («To'rt fasl») qasidalari tashkil etadi. Bulardan tashqari, shoir she’riy merosiga Muhammad alayhis-salom bilan bog'liq qirq hadisning tarjima-sharhi asosida vujudga kelgan «Aibain», hazrati Alining «Nasr ul-laoniy»asarining she’riy taijima-sharhi hisoblangan 266 ruboiydan tarkib topuvchi «Nazm ul-javohii>, islom dini qonun-qoidalari sharhi talqiniga doir «Siroj ul-muslimin» singari asarlari hamda «Xamsatul- mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Mezon ul-avzon», «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Tarixi aribiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» kabi nasriy asarlari tarkibidagi masnaviy, ruboiy, qit’a, fard janrlarida bitilgan badiiyat namunalari ham mansubdir. www.ziyouz.com kutubxonasi 8.1. Alisher Navoiy devonian, ularning tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi va mavzulari Alisher Navoiy badiiy ijod bilan bolalik yillaridanoq shug‘allana boshladi. Oila muhiti, Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Mirzoning yosh shoiiga bo'lgan munosabati uning ijodiy salohiyatini tez orada ravnaq topishiga va ilmda e’tirof etilganidek, 10-11 yoshlarida Mavlono Lutfiydek yirik so'z san’atkorining nazariga tushib, keksa ijodkoming yuksak bahosi bilan ulug'lanishiga imkon yaratdi. Alisher Navoiy 23-24 yoshlarida shoir sifatida el orasida tanilgani, uning she’rlari Movarounnahr-u Xuroson sarhadlaridan o'tib shuhrat qozonganiga qaramay, asarlarini jamlab devon tartib berishga shoshilmadi. Ehtimol, shoir bu davrda Mashhaddan Hirotga qaytganida, hayotidagi eng og'ir yo'qotishlar tufayli bu ishga jiddiy e’tibor qilmagan bo'lishi mumkin. Zero, uning sal keyinroq Samarqanddan ustozi Sayyid Hasan Ardasheiga maktub tarzida yozgan «Masnaviy»sidagi o'z ijodidan ko'ngli to'lib yozgan faxriya — baytlari shoiming xalq orasida sohib devon tarzida tanilishi uchun imkoniyat allaqachon vujudga kelganligini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy ijodi muxlislari bu noyob iste’dod sohibining badiiy yaratmalarini o'z vaqtida qadrladilar. Ulug' shoiming sohib devon ijodkor sifatida tanilishida she’riyati muhiblarining hissasi beqiyos kattadir. Ulaming sa’y-harakati bilan hijriy 870, milodiy 1465-1466-yillarda shoiming ilk norasmiy devoni vujudga keldi. Bu devon taniqli xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan nasta’liq xati bilan ko'chirilgan bo'lib, noma’lum musawir tomonidan naqshlar bilan bezatilgan edi. Devonga maxsus nom berilmaganligi boisidan faksimil (foto) nusxasini 1968- yilda birinchi marta nashrga tayyorlagan va chop ettirgan taniqli adabiyotshunos Hamid Sulaymon uni «Ilk devon» deb atadi. «Ilk devon»dan 391 g'azal, 1 mustazod, 1 muxammas va 41 ruboiy o'rin olgan bo'lib, ulaming barchasi 434 ta she’mi tashkil etadi. Mazkur asar Alisher Navoiy ijodining dastlabki bosqichlarini o'iganish uchun ishonchli manba sifatida ahamiyatlidir. Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagandan so'ng, uning taklifi bilan o'zining birinchi rasmiy devoni «Badoe’ ul- bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tartib berdi. Mazkur devon XV asr adabiy hayotida juda katta voqea bo'ldi. Shoiming bu devoni o'zigacha yashagan ijodkorlar va zamondoshlari devonlaridan ancha farq qilar edi. Awalo, devon tartib berish uchun debochaga o'rin berish zarurligi ijodiy tajriba www.ziyouz.com kutubxonasi tarzida «Badoe’ ul-bidoya»dan (Bizning bu ta’kidimiz o'zbek mumtoz devonchiligiga daxldor) boshlandi. Shuningdek, shoir Sharq devonchiligi qator tamoyillarini isloh qilib, uning mukammallik kasb etishi uchun e’tibor qilinishi zarur bo'lgan jihatlarini amaliyotda ko'rsatdi. Alisher Navoiy ushbu devonda debochadan so'ng dastlab g‘azallarini, keyin esa boshqa janrdagi asarlarining radifi yoxud qofiyasidagi oxiigi harfiga tayanib, qat’iy tartibda, arab alifbosi sirasida o'rin berishga e’tibomi qaratdi. Shuningdek, she’rlarining mavzulari, g'oyaviy yo'nalishi ham diqqat markazida turdi. Alisher Navoiy har bir harf sirasida kelgan g'azallaming dastlabkilari Alloh hamdi va Muhammad alayhis-salom na’tiga bag'ishlanishi, shundan so'nggina boshqa mavzudagi g'azallar tartib bilan joylashtirilishi lozimligini mazkur devon debochasida alohida ta’kidladi. Eslatilgan muqaddimada ulug' shoir matlada aytilgan fikmi g'azalning maqtaiga qadar tadrijiy rivojlantirib borish hamda oshiqona she’rlar tarkibida mav’iza, pand, hikmatlarga doir baytlar kiritilishi shartligini ta’kidladi. O'zi zikri o'tgan tartiblami barcha devonlarida amaliyotda ko'rsatishga muyassar bo'ldi. «Badoyi’ ul-bidoya»dan she’riyatning o'n bir janriga doir asarlar o'rin olgan bo'lib, ulaming miqdori va tartibi quyidagichadir: 1. G'azal - 777 7. Ruboiy - 85 2. Mustazod — 3 8. Lug'z - 10 3. Muxammas — 5 9. Muammo - 52 4. Musaddas — 2 10. Tuyuq -10 5. Taije’band - 3 11. Fard - 53 6. Qit’a -4 6 Mazkur devondagi she’rlaming umumiy miqdori 1046 tani tashkil etadi. «Badoyi’ ul-bidoya»da «Ilk devon»dagi bir qism she’rlar ham kiritilgandir. Keyinchalik bu asarlar «Xazoyin ul-maoniy» yig'ma devonlari tarkibidan o'rin olgan. Alisher Navoiy 1483-yilda ikkinchi rasmiy devoni «Navodir un- nihoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi. Devonning Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan nisbatan to'liq nusxasi bizgacha yetib kelgan. XX asrning 70-yillari oxirida Alisher Navoiyning dastxati topilganligi haqidagi xabar ilm ahlini qiziqtirib qoldi. Bu haqda akademik B.Valixo'jayev Eron saltanati kutubxonasida saqlanayotgan qo'lyozmalar ko'rsatkichidagi qaydlarga tayanib birinchilardan bo'lib ilm ahliga ma’lumot berdi. Keyinchalik akademiklar V.Abdullayev, B.Valixo'jayev, prof. A.Hayitmetov va S.G'aniyevalaming maqolalari www.ziyouz.com kutubxonasi e’lon qilindi. Masala bilan izchil shug'ullangan adabiyotshunos S.G'aniyeva shov-shuvlvrga sabab bo'lgan qo'lyozma izidan tushdi va Eron Islom Respublikasidan uning surat-nusxasini olishga muyassar bo'ldi. Izlanishlardan ma’lum bo'ldiki, mazkur kitob ulug' shoir «Navodir un-nihoya» devonining notugal nusxasi bo'lib, uning muqovasida Alisher Navoiyning bir qatorlik qo'lyozmasi hamda muhrining aksi bor ekan. Bundan qat’iy nazar, surat-nusxa «Navoiy dastxati» (Toshkent: «Fan», 1991) nomi bilan o'quvchilarga taqdim etildi. Olima mazkur kitobga yozgan so'z boshida, jumladan, quyidagilami qayd etadi: Ziyo ul-haq va-d-dunyo va-d-din Berib ikkinchi devonimga tazyin. Savod uzra savod ar qildim mas tur, Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling