B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Val ma’nidadur nur a’lo nur. Katabahu al-abd al-faqir Alisher al-mashhur bi-n Navoiy g'af-ara zunubahi (ya’ni, haq, dunyo va dinning nuri ikkinchi devonimni bezadi. Garchi qoralama ustiga qoralama yozilgan esa-da, lekin ma’nosida nur ustiga nur bo'lib tushdi. Bituvchi banda va faqir Navoiy nomi bilan mashhur Alisher, uning gunohlari kechirilgay!) Shu yerda Navoiy muhri bosilgan: («Kun, osha fi-d dunyo ka-1 g'arib-al-faqir Alisher») (Ya’ni: Dunyoda faqir va g'arib Alisherdek hayot kechir) (O'sha kitob, 6-bet). «Navodir un-nihoya»ning nisbatan to'liq nusxalarida 862 she’r joylashtirilgan. Bular «Badoyi’ ul-bidoya» tartib berilgandan so'ng ijod qilingan she’rlar bo'lib, ular ham keyinchalik «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan. Alisher Navoiyning avlodlar oldidagi yana bir buyuk xizmati uning deyarli barcha lirik turga mansub yozgan asarlarini o'z bag'riga olgan «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») yig'ma devonlarining taitib berganligi bo'ldi. Bu xayrli ishning amalga oshishida murshidi komil Nuriddin Abdurahmon Jomiy va zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqarolar tashabbuskor bo'ldi. Ulug' shoiming «Xazoyin ul-maoniy» «Debocha»sida bayon etilgan qaydlaridan ayonlashadiki, «Badoyi’ ul- bidoya» va «Navodir un-nihoya» devonlari tartib berilgandan so'ng, ijod qilingan she’rlar to'planib qoladi. Ulkan so'z san’atkori ulaming taqdiri haqida o'ylaydi va yozadi: «Xotirg'a kelur erdikim, agar bu avroqqa rabt-u tartib berilmasa, bir havodis tundbodi eskach, har safhasin bir yon sovurg'ay va agar bu gul baiglarini zeb-u oyin bila bir guldasta bog'lamasak, bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir www.ziyouz.com kutubxonasi yon uchurg‘ay» (MAT, 3-tom, 12-bet). Biroq bu ishni amalga oshirishda shoir o'zida yetarii quwat topa olmaydi. Ana shunday bir vaqtda Sulton Husayn Boyqaroning Alisher Navoiy nomiga o‘z she’rlarini to‘plab devon tartib berishi lozimligi haqida «farmoni vojib ul-iz’oni» («itoat etishga majbur farmoni») e’lon qilinadi. Alisher Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashadi. Ularga Amir Xusrav Dehlaviyning Malikshoh Alp Arislon nomiga bag'ishlab, besh devonlar silsilasini tuzgani, ular o'z zamonasida g‘oyat mashhur bo‘lsa-da, keyingi davrda faqatgina nomlari saqlangani ma’lum edi. Ayni an’anaga ixlosmand Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»ni to‘rt devon shaklida tuzishni ma’qul ko‘radi. Shunday qilib, shoir o‘zbek tilida yozgan deyarli barcha she’rlarini to‘rt devonga ajratadi va ulaming har birini inson umrining muayyan fasliga mos keladigan bir nom bilan ataydi. Ulug‘ shoir ijodiy hayotining 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo'lgan qismini umrining navbahori-«sig‘ai> (yoshlik) fasli sifatida qayd qiladi va shu muddatda yozilgan she’rlariga «G'aroyib us-sig‘ar» («Yoshlik ajoyibotlari») nomli birinchi devonidan o‘rin beradi. 20-35 yoshlar oralig‘i umrning yozi—«shabob» (yigitlik) ayyomi bo‘lib, muallif bu davr devonini «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodiriiklari») tarzida nomlaydi. 35-45 yoshni umrning kuzi—«vasat» (o‘rta yosh) hisoblagan ulug‘ shoir «Badoyi’ ul-vasat» («0‘rta yosh go‘zalliklari») devoniga ana shu yillarda bitilgan she’rlarini kiritadi. Nihoyat 45-60 yosh «kibar» (keksalik) avoni bo‘lib, inson umrining qishiga qiyoslanadi va ayni devon «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») deb ataladi. Bu majmualarning barchasi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomi ostida birlashtiriladi va 1492-1498 yillar oralig‘ida tartib beriladi. «Debocha»da berilgan ma’lumotlaiga ko‘ra, mazkur devonlardan o‘rin olgan har bir she’r bevosita Sulton Husayn Boyqaro nazaridan o‘tkazilgan. Albatta, hazrat Navoiyning bu ta’kidlarini to‘g‘ri ma’noda qabul qilishni aqlga sig'dirib bo'lmaydi. Negaki, yig‘ma devonlardan uch mingdan ziyodroq she’r o'rin olganligiga e’tibor qilinsa, Sulton Husayn Boyqaroning ularni birma-bir nazardan o‘tkazganligini tasawuiga sig‘dirish qiyin. Fikrimizcha, ulug‘ shoirning bunday qaydini maktabdosh do‘st va zamon podshohiga yuksak hurmati nishonasi sifatida qabul qilish, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, davr insho san’atining uslubiy jilosi ma’nosida tushunish pand bermaydi. «Xazoyin ul-maoniy» devonlaridan o‘rin olgan she’rlami to‘la ma’noda tarixiylik tamoyiliga rioya qilingan holda joylashtirilgan deyish www.ziyouz.com kutubxonasi qiyinroqdir. Chunki ulug' shoir katta miqdorda yig'ilgan she’rlami devonlaiga taqsimlaganda, har bir she’ming ruhi, uslubini e’tiboiga olishga uringan. Ammo oradan o'tgan vaqt o'z gapini aytgan hamda she’rlami tarixiy va mavsumiy aniqlik bilan joylashtixishning iloji bo'lmay qolgan. Bunday fikr taniqli navoiyshunoslar A.Hayitmetov, M.Shayxzoda va H.Sulaymon tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan (Qarang: O'zbek adabiyoti tarixi. 2-tom, Toshkent: «Fan», 1977, 86-bet). «Xazoyin ul-maoniy» debocha, 2600 g'azal, 133 ruboiy, 10 muxammas, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 taije’band, 210 qit’a, 10 lug'z-chiston, 52 muammo, 13 tuyuq, 86 fard, 1 masnaviy, 1 qasida, 1 musamman, 1 tarkibband,l soqiynoma jami 16 janrdagi she’rlardan iboratdir. Har bir devonga 650 g'azal kiritilgan. Shu kichkina ishoraning o'zidan ham ulug' shoir «Xazoyin ul-maoniy»ni tartib berishda tarixiylik tamoyilidan birmuncha chekinganini sezish mumkin. Bu fikmi «G'vroyib us-sig‘ar» va «Navodir ush-shabob» devonlari tarkibida «vasat» hamda «kibar» davriga oid g'azallaming va aksincha, «Badoyi’ ul-vasat» hamda «Favoyid ul-kibar»da «sig'ar»-u «shabob»ga daxldor she’rlarning mavjudligi ham quwatlaydi. Jumladan, «G'aroyib us-sig'ar» devoni tarkibidan o'rin olgan g'azallardan birida quyidagi bayt mavjud: Yoshing ellik bo'ldi, yuz qo'yg'iJ fano tufrog'ig'a, Kim, shabob ayyomi aysh-u beadablig' chog'i bas (MAT. 3. 201-b.) Bunday misollami yana ko'plab keltirish mumkin. Shuningdek, «G'aroyib us-sig'ar» devonidagi bir qator she’rlarda Sulton Husayn Boyqaroning podsho sifatida tilga olinishi ham yuqoridagi fikrlami tasdiqlaydi. Zero, Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallaganida, ulug' shoir 28 yoshda edi. Bulardan tashqari, Sayyid Hasan Ardasheming vafoti (1488- 1489) munosabati bilan yozilgan masnaviy «Navodir ush-shabob» devonidan o'rin olgan. Holbuki, bu davrda ulug' shoir 47-48 yoshlarda edi. Ko'rinadiki, «Xazoyin ul-maoniy» devonlariga taqsimlangan she’rlar nisbiy mohiyat kasb etadi. Yana shuni unutmaslik lozimki, «Xazoyin ul- maoniy»dan o'rin olgan asarlar 1498-yilga qadar yozilgan she’rlardir. Taniqli adabiyotshunos olim Hamid Sulaymon «Xazoyin ul-maoniy» devonining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish sohasida juda katta izlanishlar olib bordi. Tadqiqotchi «Xazoyin ul-maoniy»ning Toshkent, Sankt-Peterburg, Dushanbe, Boku, Parij, London va dunyoning boshqa shaharlaridagi muzey hamda kutubxonalarida saqlanayotgan ko'p sonli qo'lyozmalari surat nusxalarini yig'ib, ulami qiyosiy o'iganib chiqib, nashr ettiidi. (Alisher www.ziyouz.com kutubxonasi Navoiy. Xazoyin ui-maoniy. I, II, III, IV tomlar. Toshkent: «Fan», 1959- 1960.) Alisher Navoiyning 1498-yildan keyin ijod etgan hamda turli sabablaiga ko‘ra mazkur yig‘ma devonga kiritilmagan she’rlari ham olimning e’tiboridan chetda qolgan emas. Yig‘ma devonlaming Hamid Sulaymon nashri IV tomida bunday she’rlar «Navoiy tomonidan «Xazoyin ul- maoniy»ga kiritilmagan she’rlar» sarlavhasi ostida keltirilgan bo‘lib, ular 24 g'azal, 2 ruboiy, 8 qit’a, 4 farddan iborat (Qarang: Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. IV tom, Toshkent: «Fan», 1960, 773-794-betlar). Keyinchalik bu she’rlaming yana yangi topilganlarini qo'shib, filologiya fanlari doktori Fozila Sulaymonova «Ayyomi visol o‘ldi yana» nomi bilan mo’jaz bir to‘plam holida (Toshkent, 1996) ulug‘ shoir ijodi muhiblariga tuhfa qildi. (Bu haqda qarang: Vohidov R. Navoiy she’rig‘a solg‘il quloqki... «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1997-yil 7-fevral). Alisher Navoiy she’riy merosi ko‘lamining kengligi, ayni choqda rang-barang mavzulami o‘zida mujassamlashtiiganligi bilan ahamiyatlidir. She’rda hayotning barcha murakkabliklari haqida nozik ishoralarda badiiy fikr yuritish adabiy ijodga xos yetakchi xususiyat sanaladi. Shu ma’noda ulug‘ shoir she’riyatini u yashagan davming betakror qomusi deyish mumkin. Unda shoir zamondoshlarining shavq-u zavqi, tabassumi-yu qahqahasi, g‘azabi-yu nafrati, ingrashi-yu dardli fig'oni, shirin xayollari- yu ezgu niyatlari, baxtli kunlari-yu musibati, to‘y-u ta’ziyasi, xullas, murakkab ruhiy-maishiy olami, sertashvish hayoti sahifalari yorqin iz qoldirgan. Buyuk mutafkkkir faoliyat ko‘rsatgan zamonning ilmiy-badiiy saviyasi, tafakkur kengliklari, falsafasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy mezonlari uning she’riy merosida badiiy tajassumini topgan. Shu bois ulug‘ shoiming rangin she’riyati mohiyat-mazmuni bilan, shubhasizki, ma’nolar xazinasidir. Unda Sharq mumtoz adabiyoti an’analari takomillashtirilgani, hamd, na’t, mav’iza yo‘nalishidagi she’riaiga keng o‘rin berilganini kuzatish mumkin. Ishq-muhabbat mavzusi esa kichik she’riy asarlarining tayanch yo'nalishini tashkil etadi. Ayni choqda bu ko‘hna va doimo yangilanib boruvchi barhayot mavzu ulug‘ shoir qalamida ayricha joziba kasb etdi. Natijada uning oshiqona she’rlari bag‘rida XV asr ikkinchi yarmi hayotining ijtimoiy-siyosiy, axloqiy- ta’limiy, ilohiy-irfoniy qarashlari go‘zal badiiy ifodasini topdi va shunday kichik janrdagi asarlar mavzular olamining boyitilishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ishq-muhabbat inson-ma’naviy kamolotida hal qiluvchi mavqega egadir. Ulug‘ shoir muhabbat mavzuida qalam tebratar ekan, eng awalo, dard ahli—oshiqlarga murojaat qiladi: www.ziyouz.com kutubxonasi Ey Navoiy, dardlig* nazmingni dard ahli bilur, Dardsiz dog‘i bo‘Iur oni o‘qig‘och ahli dard. (MAT.5. 93-b.) Alisher Navoiy she’riyatida ishq va dard bir-biri bilan chambarchas bog'liq, biri ikkinchisini doimo taqozo qilib turuvchi tushunchalardir. Dard aslida inson vujudidagi xastalikni anglatsa-da, biroq u ijod va ishq olamida ijobiy ma’no kasb etadi. Shoir nazmidagi «ahli dard» esa aqlni hayratga solg'uvchi tuyg'ular tug‘yonidan qalblarida uyg'ongan jo'shqin muhabbat bois ishq yo‘lini ixtiyor etgan oshiqlardir. «Hayrat ul-abror» dostonida bu egizak tushuncha pok niyatli oshiqning ma’naviy kamolotga, poklik olamiga yetaklovchi vosita sifatida ulug'lanadi: Oshiq ani bilki, erur dardnok, Ham tili, ham ko‘zi-yu ham ko'ngli pok. O'zlugidin ishq ani pok etib, Balki fano o‘tig‘a xoshok etib. (Xamsa. 1960,87-b.) Alisher Navoiy she’riyati haqsevarlik va insonsevarlik ta’limoti bo'lgan tasawuf g‘oyalariga o‘zgacha jilo va sayqal berish bilan ravnaq topadi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan boisak, ulug* shoir baytlaridagi «o‘zlugidin ishq ani pok etmoq»-ishq vositasida oshiqning eng katta dushmani—nafsi ustidan g'olib kelishidir. «Fano o‘tig‘a xoshok bo‘lmoq»-oshiqning eng ezgu maqsadining amalga oshishi, uning «Ma’shuqi azal visoliga vosil» bo'lishidir. Buning uchun «dardnok» oshiqning «ham tili, ham ko‘zi-yu ko‘ngli рок» bo'lmog'i zaruriy shart hisoblanadi. Poklik— juda katta tushuncha. Tilni pok tutmoq - uni be ma’ni gaplar uchim ishlatmaslik, g‘iybat-tuhmatga berilmaslikdir. Ko'zni pok tutmoq — shubhali narsalardan saqlanish, ko‘rish noravo bo‘lgan nomahramlaiga boqmaslik hisoblanadi. Ko'ngilni pok tutmoq esa - umuman man’ qilingan jamiki narsalardan, istaklardan tiyilishdir. Ko‘rinadiki, poklikni ixtiyor qilgan inson o'z haddi va haqqiga qanoat bilan yashamog'i zarur ekan. Ishq-muhabbat talqini ulug4 shoir she’riyatidagi eng serqirra ma’no- mohiyat kasb etuvchi mavzu sanaladi. Jumladan, insonni insonga, hayotga, tabiatga va Yaratuvchiga bo4lgan samimiy sevgisini ifodalagan she’rlar bu keng qamiovli mavzuning tayanch ustunidir. Alisher Navoiy qit’alarida bu tushuncha haqiqiy va majoziy ishq tarzida talqin qilish mumkin bo'lgan yo4nalishda badiiy ifodasini topadi. Haqiqiy ishq insonning Allohga, majoziy ishq esa insonning insonga, hayotga, tabiatga www.ziyouz.com kutubxonasi va butun mulki borliqqa bo'lgan muhabbatidir. Ulug‘ shoir mavjudot olami ajoyibotlari orasida ziddiyat emas, balki bog'liqlik, aloqadorlikni ko'radi. Ular bir-birini taqozo qiladi. Alisher Navoiyga xos bunday dunyoqarash uning qit’alaridan birida sarlavha vazifasini bajargan: «Majozdin maqsudi haqiqat ekani izhor qilmoq va suratdin g'araz ma’ni ekanin padidor qilmoq» Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq, Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur. Majozdin chu haqiqatqa yo‘1 topar oshiq, Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur. ( 6. 512) Ulug‘ shoir mazkur qit’ada majoziy muhabbatni e’tirof etgani holda, o'sha ishq poklik va halollik bilan nurlidir hamda u poklanish tufayli ilohiy ishq maqomiga ko'tariladi, degan g'oyaga sodiq qoladi. Shuningdek, ulug' shoir majoziy ishqdan murod ilohiy ishq haqida o'ylash, fikr yuritish, uning hijron-u iztiroblaridan lazzatlanish ahli haqiqatning tanlagan yo'lidir, deydi. Bu yo'lda tariqat va uning hayotbaxsh ta’limoti madadkordir. Alisher Navoiy she’riyatida, jumladan, tahlil qilinayotgan qit’ada majoz va nazmiy san’atlar vositasida badiiy mushohada yuritish mayli baland. Aksariyat hollarda so'zlar zulma’naynlik (ko'p ma’nolilik) fazilatiga ega. Shuning uchun ular mohiyatini darrov payqash dushvor. Navoiyona misralar mag'ziga chuqur mulohazasiz yetish imkondan tashqaridir. Shunday fazilat yuqoridagi va quyida ko'chiradiganimiz qit’ada ham yorqin ko'zga tashlanadi: Ko‘rmasa husni majozi ichra juz haq sun’ini, Oshiqekim, bo'lsa ishq atvori ichra pokboz. Zohido, bu ishqdin man* aylamas oshiqnikim, Gar sen idrok aylasang, ayni haqiqatdur majoz. (6.512-513) Ushbu qit’ada ulug' shoiming falsafiy mushohadasida teranlik bilan yonma-yon dadillik va aniqlik tuiganligini his qilish qiyin emas. Chinakam oshiq yor — mahbubasi jamolida Yaratganning nuri tajalliysini his eta о Isa va uning sa’y-harakatlarida poklik ustuvor bo'lsagina, majoz haqiqat pillapoyalariga ko'tarilishi mumkin. Qit’ada zohidga murojaat ham bejiz emas. Umuman, zuhd-u zohidlik masalasidagi qarash ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Chunki bu toifa ahlining xatti-harakatida namuna olsa aizigulik jihatlar bor. Ular toat-u ibodat, namoz-u ro'zani kanda qilmaydi. Doimo tavba qilib, tahoratli yurishadi. Biroq ulaming riyokorligi toat-u ibodatini ko'z-ko'z etishi va jannat tama’ida bo'lishlarida yorqin ko'rinadi. Oshiq va www.ziyouz.com kutubxonasi zohid dunyoqarashlari o'rtasidagi keskin tafovutga adabiyotshunos N.Komilovning «Tasawuf» kitobida nozik ishoralar bor. U o'z fikrlariga mashhur so‘fiy ayol Robia Adviyaning (714-801) Allohga munojotlarida quyidagicha nola qilib aytgan so'zlarini keltirish bilan oydinlik kiritadi: «Ey Parvardigorim, Ey yori aziz, agar jannating tama’ida toat qiladigan bo‘lsam, jannatingdan benasib et, agar do'zaxingdan qo'rqib ibodat qiladigan bo'lsam, meni do'zax o‘tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o'tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!» (Kornilov N. Tasawuf. Birinchi kitob. Toshkent: «Yozuvchi», 1996,6-bet). Ko'rinadiki, tasawuf ahlida hayotga tavakkul bilan qarash kayfiyati baland. Ulaming qat’iy ishonchiga ko'ra, solik ishq va tariqat maqomlari sari intilishini davom etishi, bu haqda baland ovoz bilan gapirmasligi, tama’dan yiroq turishi lozim. Ulug‘ shoir g'azallarida ushbu fikrlami quwatlovchi ко‘plab baytlami uchratish mumkin: Navoiy, ishqdin ne kelsa, dam urmaki oshiqqa, Keraktur ishqi pinhoni-yu dog‘i ishq pinhoniy. (6. 426.) Alisher Navoiy ushbu bayt bag'riga o‘zi muridi komili bo'lgan naqshbandiya tariqatining «Dil ba yor-u dast ba kor» tayanch g'oyasi mohiyatini singdiigan. Aslida ulug' shoir she’riyati qahramonlari ishqdan yetgan barcha ozor-u mashaqqatlaiga sabot va matonat bilan bardosh berishga tayyordirlar. «G'aroyib us-sig‘ar» devoni g'azallarining biriga mansub bo'lgan quyidagi bayt she’rda harakat qiluvchi qahramoni haqida ham shunday xulosaga kelishga asos bo'ladi: Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay, Elga gar bu ish hunar bo'lsa, bo‘Iup tur fan manga. (3. 35.) Ulug' shoir ishq bobida tenglik falsafasini ilgari surib, g'azallarining birida: «Ishq aro shoh-u gado tengdir, balki gado fiizun»,- deya e’tirof etadi. Biroq bu muqaddas tuyg'uni e’tiqodida sobit bo'lmagan, munofiq kishilar tomonidan toptalishini keskin tanqid qiladi: UUd ermas ishqi pok-u sajda aylar ko'rsa husn, O'yladurkim, aylagay fosih tahoratsiz namoz. (3. 182.) Husn — go'zallikni ko'rib, unga mahliyo bo'lgan kishining sajda qilishi pok ishqning nishonasi emas. Undagi «sadoqat» va «e’tiqod» nobakor kimsaning yuviqsiz — tahorat olmay namoz o'qishi bilan barobardir. Ishq, awalo, poklik, qolaversa, sadoqat-u chinakam e’tiqod bilan muqaddasdir. Mana shu talab-tamoyillar buzilgan joyda xoh majoziy, xoh ilohiy ishq bo'lsin, bular haqida gap-so'z bo'lishi mumkin www.ziyouz.com kutubxonasi emas. Ishqda vafo, sadoqat g'oyasi shoiming quyidagi g'azalida oshiqning o'ziga xos qasamyodi sifatida ifoda etilgan: Ko'nglum o'rtansun agar g'ayringg'a parvo aylasa, Har ko'ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa. Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o'lay, Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa. O'zgalar husnin tamosho aylasam, chiqsun ko'zum, O'zga bir ko'z hamki husnungni tamosho aylasa. G'ayr zikrin oshkora qilsa lol o'lsun tilim, Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa. Rashkdin jonimg'a har nargis ko'zi bir shu’ladur. Bog' aro nogoh xirom ul sarvi ra’no aylasa. Yo'q og'izdin nukta aytur mahvashimdek bo'lmag'ay, Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa. Oqibat jonimg'a yetti, ey xush ul mug'kim, meni Bir qadah biria xarobot ichra rasvo aylasa. Kelturung daf i jununumg'a parixon, yo'q tabib Ют ul ansabdur pari bar kimni shaydo aylasa. Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini, Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling