B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
tanitilgan Dilorom ov chog'ida ota kiyikni ona kiyikka, ona kiyikni esa
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
tanitilgan Dilorom ov chog'ida ota kiyikni ona kiyikka, ona kiyikni esa ota kiyikka aylantirishni talab etadi. Har ikkala ijodkor asaridagi kanizak obrazi mag'rurligi bois jazolansa-da, o'limga hukm etilmaydi. Oradan ancha vaqt o'tgach, ular Bahrom bilan qayta topishadi. Nizom iy Ganjaviy dostonining asosiy qismi Bahromning tug'ilishi bilan boshlanadi. Shoir zolim ota Yazdijurddan yaxshi farzand tug'ilishi mumkinligi, buning hammasi tarbiyaga borib taqalishiga e’tibomi qaratadi. Dastlab No'mon, keyinchalik uning o'g'li M unzir tarbiyasini ko'rgan Bahrom adolatli hukmdor bo'lib yetishadi. Xusrav Dehlaviy «Hasht behisht» dostonining asosiy voqealarini Bahromning taxtga chiqishi lavhasi bilan boshlaydi. Shoir Bahrom G o 'r haqida sakkizta hikoya so'zlashni muhim deb biladi. Hikoyalar hind folklori namunalari asosida ijod etilgan bo'lib, ulardagi k o 'ta rin k i ruh, baytlarning b a d iiy san ’atlar b ila n m ohirona ziynatlanganligi o'quvchiga estetik zavq bag'ishlaydi. Alisher Navoiy zamondoshlaridan Ashraf Marog'aviy «Xamsa»si tarkibida ham Bahrom G o 'r sarguzashtlariga bag'ishlangan «Hafl avrang» («Y yetti taxt») nomli doston mavjud. Asam i qiyosiy o'rgangan taniqli adabiyotshunos S .H asan o v quyid agi u m u m lash m a-xu lo salarin i bayon etadi: «Ashrafning «Hafl avrang» asari alohida syujet va kompozitsion tuzilishga ega bo'lib, Nizom iy, Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiy dostonlaridan www.ziyouz.com kutubxonasi keskin farq qiladi. Ko'plab shoirlaming tatabbu’si uchun asos bo'lgan Bahrom va Ozoda haqidagi afsona esa asarda o'z aksini topmagan. Buning asosiy sababi, yuqorida aytganimizdek, Ashraf ana shu afsona asosida Bahromning o'z kanizagiga bo'lgan muhabbati haqida asar yaratishni o'z oldida maqsad qilib qo'ymaydi. U odil shoh Bahrom haqida doston yaratmoqchi. Shuning uchun ham Bahromning kanizagi bilan ovda bo'lib o'tgan voqealarga Ashraf to'xtamay, Bahrom tarixiga e’tibor beradi» (Hasanov S. Navoiyning у yetti tuhfasi. Toshkent: G ‘. G'ulom nomidagi Nashriyot matbaa birlashmasi, 19 9 1,39-bet). Alisher Navoiy ulug' salaflari asarlarini teran o'rganib o'zining ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarini dostonda ifodalash niyatida an’anaga sodiq qolgan holda, yangicha ruhdagi doston yozishga intiladi. Ulug' shoiming bu sa’y-harakatlari dostonning nomlanishidanoq ko'zga tashlanadi: Lutf bu nazm aro bag'oyatdur, G 'araz ammo yeti hikoyatdur. Chunki qoyil yeti musofir edi K i, alar sayr ishiga mohir edi. Bo'ldi chun bu raqam ishi tayyor, Qo'ydum otini «Sab’ai sayyor» (10, 409). Buyuk so'z san’atkorining asar xotimasidagi e’tirofiga ko'ra, ushbu doston ko'p qirrali ma’no va mazmun bilan boyitilgan bo'lib, undagi asosiy maqsad у yetti hikoyatda o'z ifodasini topgan. Buning sababi ijodkor tanlagan hikoyat so'zlovchilar sayr-u sayohat ishiga mohir bo'lgan, dunyo ko'rgan musofir-darveshlardir. Shu bois doston ijod etilgach, shoir uni «Sab’ai sayyor» - у yetti kezuvchi, sayr qiluvchi deb nomlaydi. Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor»ining yana bir o'ziga xos muhim jih a ti q o lip lo v ch i hikoya sanalgan Bahrom va D ilo ro m ishqiy sarguzashtlarining у yetti hikoya bilan san’atkorona bir butunlik hosil qilishida namoyon bo'ladi. Unga ko'ra, aysh-ishrat, mayxo'rlik va ovga berilgan shoh Bahrom dashtda musawir M oniyni uchratib qoladi. M oniy Xojasi chang chalishda mashhur bo'lgan parichehra Dilorom ni Xitoy davlatining bir yillik xiroji evaziga sotmoqchi ekanligini aytib, shohga kanizakning suratini ko'rsatadi. Bahrom suratni ko'rib qizga g'oyibona oshiq bo'lib qoladi va Xitoy mulkiga odamlarini yuborib bir y illik xiroj evaziga Dilorom ning vasliga erishadi. Bahrom mahvashi bilan birga ov qilar, uning qo'lidan boda ichar, changda yoqim li www.ziyouz.com kutubxonasi nag‘m alar chalgan suyuklisining san’atidan zavq-shavqqa to‘lar, Xullas, vaqtini xushnudlik va baxtiyorlik bilan o‘tkazar edi. Shu tariqa shoh Bahrom mamlakat, sipoh ishini unutadi, el-ulus ungamalomat qila boshlaydi. Yaqinlari shohni bu ko'ngilsizliklardan voqif qilishadi. Hukm dor D ilorom singari parichehralar vasliga erishish uchun podshohlik vosita ekanligini o‘ylab «tarki ishq etgali» bahona qidira boshlaydi. Mahvashi bilan ovga chiqqan shirakayf shoh qarshisida hozir bo'lgan kiyikni qanday otishni undan so'raydi. Dilorom kiyikning ikki oyog'ini band etib, keyin uni bo'g'izlashni taklif qiladi. Bahrom otgan dastlabki o'q kiyikning bir oyog'idan o'tib ikkinchisiga qadalishi natijasida o'ljaga tuzoq qo'yiladi. Keyingi o'q bilan shirakayf hukmdor kiyikn i bo'g'izlaydi. Bahrom sevgilisidan maqtov kutadi, biroq Dilorom bir ish bilan muntazam shug'ullanishning natijasi shunday bo'lishini bildiradi. Shoh g'azablanadi. Uning holatidagi o'zgarishni ko'rgan Dilorom misol tariqasida o'zi chang chalganida, barchaning hushi og'ib qolishini aytadi. Hukm dom ing qahr-g'azabi yanada alangalanadi va sevgilisining boshini kesishni buyurmoqchi bo'ladi. Biroq atrofidagilaming ayol kishiga tig' ko'tarish mumkin emasligini m a’lum qilishi Dilorom ning joniga oro kiradi. Bahromning bo'yrug'i bilan Diloromni o'z sochlariga bog'lab dashtga tashlab ketadilar. Saroyga qaytib tong ottirgan shoh m a’shuqasini so'raydi. Bo'lib o'tgan voqealardan xabar topgach, qilm ishidan iztirobga tushadi, hatto, o'zini o'ldirm oqchi bo'ladi, biroq shohlik g'ururi yo'l qo'ymaydi. Bahrom o'zini idora etolmay ikki kun hushsiz yotadi. O'ziga kelgach, Dilorom ni izlashga tushadi. Shoh sahrodan sevgilisining na o'ligini va na tirigini topa oladi. Chodir qurib o'sha yerda tunashga to'g'ri keladi. Bahrom dahshatli tunni Dilorom ning siymosini ko'z oldiga keltirgan holda cheksiz sahro va uzun tun bag'ridagi chodirda o'tkazadi. Hukmdor sevgilisini qo'm saydi, vijdon azobida qiynaladi, o 'z in i-o 'z i urib ingraydi, nihoyat, tongga yaqin hushidan ketadi. Bahromga tobe shohlar va beklar sarosimaga tushib ulug' hukmdomi shahardagi bir boqqa olib keladilar. Uning m uhlik- halok qiluvchi ishq, zolim firoq azobidan jism u aqli omon qolmaydi: Gah-gahi cheksa erdi nolai zor, Jism i zori topar erdi ozor. So'zi ichra yo'q erdi hush asari Yo'q edi o'z degonidin xabari. Xaylida kimda-kim bor erdi bilik, www.ziyouz.com kutubxonasi Borcha yig'lab yuvdilar ondln ilik (10, 129). A rkoni davlat to'rt yuz tabibni chaqirib Bahrom ni davolash lozim ligin aytadilar. Hakim lar shoh ishq dardiga mubtalo bo'lganini ma’lum qilishadi. Ularning fikricha, ishq dardi — o't, tabib muolajasi esa — xasdir. Bas shunday ekan, o'tni xas bilan daf etib bo'lmaydi. Shunday bo'lsa-da, jidd -u jahd bilan Bahrom jismiga sihat kirishi ilinjida hukamo sa’y-harakatda bo'ladilar. «Ikki yil tarki xo'rd-u tob aylab, Ish saranjomig'a shitob aylab» qilingan tabiblar muolajasi o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shoh Bahrom ning savdoyiligi ancha barham topadi. Hukm dom i bu darddan yanada xalos etish uchun hakim lar taklifi bilan у yetti iqlim podshohi у yetti qasr bunyod etishga kirishadi. Shoh Bahromning o'zini awalgidan ham sog'lom his qila boshlaydi. Ulkan imoratlar qurib bitkazilgandan so'ng, tabiblar maslahati bilan M oniy ulam i у yetti rangda nihoyatda maftunkor qilib bezaydi. Shoh Bahrom ulardan zavqlanib kundan-kun dardini unuta boshlaydi. Uning tamomila sog'ayishi uchun qasrlami bezash ishlari nihoyalangach, у yetti iqlim shohi o'zlari qurdirgan у yetti qasrda qizlarini joylashtirishlari, shoh Bahrom haftaning har kunini bir qasrda xursandchilik bilan o'tkazib, у yetti go'zalni o'z nikohiga olishi maqsadga muvofiq deb topiladi. «Sab’ai sayyor» dostonidagi qoUplovchi hikoyaning so'nggi bobi mana shu o'rinda nihoyalanib, asaming asosiy qismini tashkil etuvchi у yetti musofir hikoyatlariga o'rin beriladi. Shanba kuni qora qasrda hinduvash go'zal harir kiyim larda shoh Bahrom ni qarshi olib, hukmdorga e’zoz ko'rsatadi. Tabiblar boshqa iltifotni ta’qiqlashgan edi. Buni mahvash bilardi. Kech bo'lgach, u o'z pardasiga nihon bo'ladi. Podshoh uyqusizlikdan aziyat chekadi. D uch kelgan m usofirni keltirishni mulozimlariga buyuradi. Birinchi iqlim yo'lidan kelgan musofir insoniyat baxt-saodati uchun muhim hisoblangan birodarlik, insonparvarlik va baynalm ilallik g'oyalari ilgari surilgan Farrux bilan Axiy haqidagi hikoyatni so'zlaydi. Yakshanba. Sariq qasr. Zarbob kiyimlar kiygan Bahrom sariq libos kiygan rumlik go'zal bilan oltin qadahda sariq may ichib, zo'rg'a kunni kech qiladi. Rumdan tashrif buyuigan musofir Zayd zahhob (Zayd zaigar) saiguzashtlarini hikoya qiladi. Shu tariqa dushanba kecha yashil qasrda shahrisabzlik musofir «Sa’d», seshanba kecha gulgun qasrda tarozlik musofir «Jo'na va M as’ud», chorshanba kecha moviy qasrda shoh Bahrom huzuriga kelgan musofir «Mehr va Suhayl», payshanba kecha sandal (qoramtir-sarg'ish) rangli qasrda tashrif buyurgan musofir «Muqbil va Mudbir», nihoyat, jum a kecha kofuriy www.ziyouz.com kutubxonasi (oq) qasrda Xorazm lik musofir «Dilorom» hikoyasini so‘zlab beradi. Shunday q ilib , shoh Bahrom firoqida o‘rtanayotgan sevgilisi Dilorom ning taqdiri bilan bog'liq ma’lumotlarni Xorazm lik sayyoh hikoyasidan bilib oladi. Ulug‘ shoir bunday yo‘1 tutish bilan qoliplovchi hikoyat va ichki hikoyatlar orasidagi yaxlitlikni ta’minlagan bo'ladi. Natijada Bahrom va Diloromning ishqiy sarguzashtlari bilan ijodkoming o‘quvchiga taqdim etmoqchi bo'lgan tayanch g'oyaviy niyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan у yetti hikoyat o ‘zaro butunlik hosil qiladi. Xamsanavislikda dong taratgan Nizom iy Ganjaviy va Am ir Xusrav Dehlaviy dostonlarida esa asaming qoliplovchi qismi bilan hikoyatlar o'rtasidagi bog'liqlik mavjud bo‘lmay, ular mustaqil voqealar tizimidan tashkil topgan alohida asarlarga o'xshab qolgandi. Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor»da ulug‘ salaflari asarlarini yuqori baholab, shu bilan birga ulaming dostonlaridagi haqiqatdan yiroq bo‘lgan ba’zi lavhalaiga ham o ‘zining munosabatini bildirdi. Aw allo, ustozlar badiiy tafakkurining mahsuli bo'lgan Bahromda «moyai dard»-insonga xos bo'lgan haqiqiy sevgi mavjud bo'lmasa-da, uni ishqaro tengsiz deya e’tirof etilishi shoir e’tiroziga sabab bo'ladi: B iri bukim yo'q anda moyai dard, Q ildilar ishq so'zidin ani fard (10, 54). Ulug' shoiming ikkinchi e’tirozi «Haft avrang» va «Hasht behisht»da qalamga olingan ba’zi lavhalaraing hayotiy emasligi bilan bog'liq: Yana biri buki anda ba’zi ish, Zohiran nomunosabat tutmish(10, 54). N izom iy Ganjaviy dostonida to'rt yil N o‘mon qo'lida Yamanda tarbiyalangan Bahrom ustozining tavsiyasiga ko‘ra, Eronda M unzir bilan bahavo tepalikda qasr qurish uchun joy izlaydilar. Buyuk binokor Simnor «Havamaq» («Ichkilik ichadigan joy») qasrini bunyod etadi. Bu ulkan imoratni tomoshasiga kelgan Bahrom ilgari umuman kirmagan xonada bo'lib, у yetti go‘zal qizning suratini ko‘radi. Keyinchalik Bahrom mana shu у yetti iqlim shohining qizlari uchun у yetti qasr qurdiradi. Am ir Xusrav Dehlaviy dostonida esa haddan tashqari ovga berilib ketgan Bahrom G o ‘m i poytaxtga qaytarish uchun у yetti qasr bunyod etib, ulaming har birida у yetti go‘zal joylashtiriladi. Alisher Navoiy har ikkala asardagi qasrlar qurilishi lavhasi shoh Bahromning aysh-ishrati tasviri uchun keltirilganligi, shuningdek, у yetti malikaning Bahromni uxlatish uchun a&ona so'zlashlari tabiiy emasligini qayd etadi. Shoir salaflari talqinidagi odat-u sifati g'aflatda bo'lgan Bahromning uxlashi www.ziyouz.com kutubxonasi uchun afsonaga hojat bormi, deya o‘rinli ta’kidlaydi: Anga xud g‘aflat o'ldi da’b-u sifat, Uyqusig'a fasona ne hojat?(10, 55) «Sab’ai sayyor» dostonidagi qasrlar qurilishi, ularning M oniy tomonidan у yetti rangda bezatilishi, shuningdek, ularda у yetti iqlim shohlari qizlarining joylashtirilishi hamda у yetti musofir hikoyati Bahromning ishq dandi — savdoyilikdan xoli bo'lishi va Diloromning keyingi taqdiridan voqif etilishiga xizmat qildiriladi. Demak, Alisher Navoiy talqinidagi Bahrom ustoz xamsanavislar dostonidagi bosh qahramondan farqli o‘laroq ishq-m uhabbat nuqtai nazaridan Dilorom ga befarq bo'lolmaydi. Undagi «moyai dard», shohni savdoyilikka duchor etuvchi sevgi maishatparast va xudbin hukmdomi chinakam oshiq maqomiga ko‘taradi. «Hafl paykar» va «Hasht behisht» dostonida tasvirlangan nodon Bahrom vasfiga ortiqcha berilgan ijodkorlar Alisher Navoiyning yana bir e’tiroziga sabab bo‘ladi: Kim munungdek iki vahidi zamon, H a r bir o'z vaqtida faridi zamon. Buyla nodon uchun yozib avsof, Anga qilg‘aylar o'zlarin vassof. Madhini behisob yozg‘aylar, Balki mavzun kitob yozg‘aylar. H a r bir ul nazmida ko‘rub ko'p ranj, Q ilg'ay o'z «Panj ganj»idin bir ganj. Olloh, Olloh, ne ganj bo'lg'ay bu! Sarbasar elga ranj bo'lg'ay bu! B o'la olmas bu ish magar bu tavr K i, desang ul iki yagona davr. Baski, ustod edilaru komil, Bo'ldilar g'arralig' bila g'ofil (10, 55-56). Alisher Navoiy «Xamsa»sining o‘zagini insoni komilning jism oniy- ma’naviy balog'atiday hamma zam on-u makonlar uchun birday qadrli bo'lgan mavzu tashkil etar ekan, m uallif har biri hajman, m azm un- u mohiyatan bir dostonga teng keluvchi «Sab’ai sayyor» tarkibidagi she’riy qissalarda o‘sha mavzuning muayyan olmos qirralarini yoritishni niyat qiladi. Shoir dostonida o‘sha qissalar hayot atalmish doshqozonda obdon pishgan, har birining ibratli sarguzashtlari mavjud bo‘lgan musofir darveshlar tilidan keltiriladi. Shanba kunini zohiriy va botiniy g ‘a la y o n la r o g ‘ u sh id a o ‘ tkazgan B ah ro m n in g tun zu lm a ti www.ziyouz.com kutubxonasi yaqinlashganidan dilxunligi ortib boradi va u mulozimlaiga jahongashta bir qissaxon topishni buyuradi: Kim yoiuqsa, manga keltursunlar, Baytul—axzonlma etursunlar. Kim , necha nukta oshkor desun, Sarguzashtin fasonavor desun (10, 14 0 -14 1). Shoh Bahromning bu farmoni oliysi ijro etildi va dunyo ko‘igan, olam bo‘ylab takror safar-u sayohatlarda bo'lgan jahongashta musofir uning huzuriga keltiriladi. Ana shu musofir Bahromga Axiy va Fanuxlaming ibrath hayot sarguzashtlari haqidagi qissani so'zlab beradi. Sarandib poytaxti bo'lgan, H in d -u Xitoy va Kashmirga qadar hukmi o'tadigan davlat podshohi Jasratxon qirq yildan ziyodroq hukmronlik qilgan, yoshi saksondan oshgan, adl-u amniyat yo'lini tutib saltanat surgan inson. Shohning behisob boyligi, farovon mulki, havas qilgudek, taxt-u baxti bor. Ammo ko'nglidagi yagona armoni—taxt vorisligini ta’m in etuvchi farzandi yo'q. Jasratxonning munojot-u iltijolari ijobat bo'lib, keksaygan chog'larida Farrux ismli o'g'il ko'radi. Shahzodalarga xos tarbiya ko'rib kamolga etgan Farruxga keksa va donishmand otasi mamlakat taxtini ishonib topshirishni ixtiyor etgani asarda quyidagicha tasvir etilgan: Yoshi seksong'a tegru yetmish edi, Ko'nglidin umr zavqi ketmish edi. Istar erdi tirikligida o 'zi, Yorumoq o'z charog'i biria ko'zi, O 'g'lig'a mulk-u taxt-u tojin ham, Hind molin, Xito xirojin ham, Beribon yuz tafoxxur aylar edi. Lek Farrux tanafiur aylar edi (10 ,14 2-14 3). Doston muallifining mayli Farrux tarafida. Shuning uchun uni himoya qiladi. Farruxning qalbi saltanatni xushlamay turibdi. Uning faqrga moyilligi baland. Faqr-saltanatning ziddi. Xoksorona turmush, jism oniy- botiniy tahorat, ma’rifat zinapoyalari orqali haqiqatning nurU olamiga kirib borish-faqr yo'lining bekatlaridir. Farrux tabiatida shunday ishtiyoq makon tutdi. Faqr - tariqat ostonasi. Tariqat esa ishqning kuydiruvchi olovlarida jizg'anak bo'lib, poklanish, ma’rifat sharobidan sarxushlik orqali qalban-ruhan asliyatga qaytishdir. Ana shu jarayon badiiy asarlarda turfa ramziy-majoziy manbalarda namoyon bo'ladi. M a’shuqa vasli qo'l ostidagi buyum, do'kondagi mato emas. Shundan-da, kim dir unga yetadi, kimgadir u mutlaqo nasib qilmaydi. Alisher Navoiy Farruxni www.ziyouz.com kutubxonasi ana shunday murakkab, g'oyat ziddiyatli bir olam bilan yuzlashtirib qo'yadi. Tunlardan birida Farrux tush ko'radi. U olamon oqimida suzib yuribdi. Katta tuya, uning ustida to'rt tomondan qora parda bilan o'ralgan taxtiravon. Osmon gumbazini eslatuvchi taxtiravon to'rt tarafga mushk- u anbaming muattar hidlarini anqitib o'tmoqda. Bexosdan ko'tarilgan shamol tufayli qora parda ko'tarilib, quyoshday shu’la sochuvchi sohibjam olningqiyofasi ko'rindi. A yni manzara Farruxning sabr-u qarorini oldi. N oz uyqu quchog'idagi quloqlariga «Bu yer Quddusdur»- so'zlari kiradi. Uyg'onib ketgan Farrux ruhiyatidagi inqUobiy o'zgarishlar ana shu nuqtadan boshlanadi. Ulug' shoir o'z suyukli qahramonini saroy doirasidan, toj-u taxt tashvishlaridan «yulib olib» katta va oddiy insonlar hayoti qa’riga otadi. Albatta, Farrux uchun bu azobi alim. Biroq ulug' shoir uni oldindan shunday tirikchilik tarziga tayyorlaydi. Bunday jarayonning ibtidosi faqr yo'lining intihobida ko'ringan edi. Faq r-ozga qanoat, dabdaba-yu hasham , k ib r-u havo, birovlar mehnatidan foydalanish kabi holat—hodisalardan saqlanishdir. Farrux dunyo ko'rish bahonasi bilan otasidan ruxsat oladi. Biroq u tanho emas. Atrofida mulozimlar, sarbozlar, xizmatkorlar... Ayni jihatlar ishq yo'liga ziddir, chunki ishq mardlikni, mayl-xoxishni, tarafayn intilishni xush ko'radi Z a r va zo'r aralashadigan nuqta uchun musaffo ishq begona. Ulug' shoir Farruxni ana o'sha qurshovdan tabiiy va ishontirarli tarzda qutqazish uchun vosita izlaydi. Asaxda berilgan ikkinchi tush tasviri ana shu vazifani ado etadi. Farruxning ikkinchi tushida u borishi lozim bo'lgan m akon ta’kidlanadi: «M uroding taxtiravonda ko'rganing Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling