B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Angakim, madadkor bo'lg'ay bilik
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Angakim, madadkor bo'lg'ay bilik, Jahon shug'lidin bori chekkay ilik» (11,52 6 -52 7). Hikm at maqomidagi bu gaplar Iskandaming tUidan aytilayotir. U oddiygina podshoh emas, deyarli butun jahonni o‘z tasarrufiga olgan hukmron. U m ol-u dunyosi, dur-u javohirotining son-sanog‘i, hisob- u kitobini bilmaydi. Uning diydalari yer-u suv osti-usti ajoyibotlariga to‘yib-to‘yib boqdi. U ch yurtnirig uch sanamini og'ushiga olib, aysh- www.ziyouz.com kutubxonasi ishrat ham surdi. Tobutdan qo‘lni, ochiq panjalari bilan chiqarib qo‘yish xalqimizda qasam bilan baiobardir. Qaysidir jiddiy orzusi ushalmagan insongina bu fano dunyosidan ochiq ko'z yoxud qo'l bilan armonli ketadi. Ulug‘ shoir bulami biladi. Kitobxon yuragida shunday shubha kechmasin uchun vasiyat so'ngidagi bayt ilova qilingan. Darvoqe, aytilganlar Iskandaming armoni emas, o'ttiz uch yillik umr sabog'ining qaymog‘idir. U —chaqiriq, u—da’vat, u— ibrat, u—jahongirdan qolgan yodgorlik. Zero, hech bir boylik ma’naviy-m a’rifiy zahiraday bardavom emas. Alisher Navoiy «Xamsa»si ana shunday umumbashariy g‘oyalami badiiy ifoda etganligi bilan qimmatlidir. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar I .Xamsa ijod etish uchun «Panj ganj»ning qanday xususiyatlari bu adabiy jamga xos bo'lgan me’yor sifatida belgilandi? 2.Sharq xalqlari adabiyoti tarixida Shayx Nizomiyga izdoshlik qilish an’anasi qanday yo'nalishlarda davom etdi? 3.Alisher N avoiy «Xamsa»si va uning yaratilishi tarixiga doir nimalam i bilasiz? 4. “Hayrat ul-abror”dan keltirilgan maqolat va hikoyatlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi nimalardan iborat? 5. Ulug' shoir “Farhod va Shirin” dotonini ijod etarkan, uni yangicha tarhda yaratish niyatini qanday tamsillar vositasida badiiy ifoda etgan? Xuddi shu holat “Layli va M ajnun”da qanday bayon etiladi? 6. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida ulug‘ salaflarining ijodiy tajribasiga qanday munosabat bildiradi? Ulaming Xusrav, Shirin va Farhod muhabbati mojarolaridan bahs etuvchi dostonlari xususidagi turkiy xamsa ijodkorining e’tirozlari nimalardan iborat? 7. ’’Fadhod va Shirin” dostonidagi yetakchi obrazlammg ram ziy- majoziy xususiyatlarini izohlang. 8. Layli va Majnun dardchil ishqiy-saiguzasht mavzuining tarixiy asosi va tadrijiy takomili xususida nimalam i bilasiz? 9. Dostondagi («Layli va Majnun»dagi) tun va tush lavhalarining o'ziga xos xususiyatlari haqida so'zlang. 10. Layli va Maponlaming pok sevgisi haqidagi mushohadalaringizni bayon eting. Majnunning Ka’ba ziyorati tafsilotlari lavhasini sharhlashga harakat qiling. I I . Shoh Bahromning ishqiy sarguzashtlari mavzuining tarixi va tadrijiy takomili haqida gapirib bering. 12. “Sab’ai sayyor”dostonining Shoh Bahrom ishqiy saiguzashtlariga www.ziyouz.com kutubxonasi bag'ishlangan shu mavzudagi boshqa asarlardan jiddiy farqlanuvchi jihatlari nimalarda namoyon bo'ladi? 13. Dostondagi (“Sab’ai sayyor”dagi) hukmdorlar obraziga oid fikrlaringizni bayon eting. 14. Dostondagi hikoyatlar, qasrlaming ranglari bilan qoliplovchi hikoyatning qanday bog'liqlik jihatlari mavjud? 15. Shoh Bahrom obrazi «Xamsa» tarkibidagi Farhod va Majnun obrazlaridan qaysi jihatlariga ko'ra farqlanadi? Shoir “Sab’ai sayyor”da oshiqlik va shohlik haqidagi qanday falsafiy qarashlarini bayon etadi? 16. “Sab’ai sayyor” dostonidagi tush lavhasining ijtimoiy ahamiyati nimalardan iborat? 17. Iskandar haqidagi afsona va rivoyatlaming keng tarqalishini qadimgi tarixchilar qanday izohlashadi? 18. “Saddiy Iskandariy”ning nomlanishida qanday majoziy ma’no mujassam? U n i boshqa dostonlar nomlari bilan qiyosiy izohlashga harakat qiling. 19. “Iskandar va gadolikni ixtiyor etgan shahzoda muloqoti”da qanday umumbashariy muammolar xususida fikr yuritiladi? 20. Iskandaming adolatli shoh ekanligi dostondagi qaysi lavhalarda o'z ifodasini topgan? Ulug' jahongir vasiyatining mohiyati nimalardan iborat? Mavzuga oid tayanch tushunchalar «Panj ganj»ga to'la javobiya yozgan shoirlar. «Panj ganj»ning ayrim dostonlariga javob yozgan shoirlar. «Panj ganj» dostonlarini erkin—ijodiy tarjima qilgan shoirlar. Ibrohim Adham va Robiai Adviya. Shoh G 'cziy va zoU zar. Hotami Toyi va o'tinchi chol. No'shiravoni odil. Farhod. Shirin. C hin xoqoni. Mulkoro. Moniy, Boniy, Qoran. Ajdarho, Axriman dev, «temir paykar». Suhaylo. Xizr alayhis-salom. Suqrot. Mehinbonu. Xusrav Parvez. Buzrug Ummid. Makkora zol. Sheruya. Bahrom. Layli. Majnun. Hay va Bani Omir qabilasi boshliqlari. Ibn Salom. Navfal. Zaydi zahhob. Shoh Bahrom. Dilorom. Jasratxon Fanux. Axiy. Sa’d. Juna. Mas’ud. Mallu. Jaypur Mehr. Suhayl. Navdar. No'mon. Jobir. Muqbil. Mudbir. Faylaqus. Iskandar. Arasta Doro. Bonu. Ravshanak Mehrinoz. Lo'baynti chin. Manjaniq. Usturiob. Adabiyotlar 1. A lish e r N a v o iy . M ukam m al asarlar to 'p la m i. 7 - 1 1 - tomlar.Toshkent: «Fan» 1991-1993. (Izoh: Ushbu manbalarga murojaat www.ziyouz.com kutubxonasi etilganda, qavs ichida jild i va sahifasini ko‘rsatish bilan kifoyalanildi). 2. Abduqodirov A. Tasaw uf istilohlarining qisqacha izohli lug'ati. X o ‘jan d-1997, 96-bet. 3. Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari. Maqolalar to'plami. Toshkent: «Fan», 1993. 4. Alisher Navoiy «Xamsa»si (maqolalar to'plami). Tadqiqotlar. Toshkent: «Fan», 1986, 144-bet. 5. Axmedov T . Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni. Toshkent: «Fan», 1970. 6. Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent: A . Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2003, 129 -18 5 betlar. 7. Vohidov R ., Mahmudov M . M a’naviyat - kom illik saodati. Toshkent: «M a’naviyat», 1997. 8. Vohidov R , Mahmudov M . Iymon — qalb gavhari. Toshkent: «M a’naviyat», 1999. 9. Mallayev N . Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. G '.G 'u lo m nomidagi A SN . Toshkentl974. 10. Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin» va uning qiyosiy tahlili. Toshkent: «Fan», 1971. Yana «Farhod»ning vorislari va «Shirinning» izdoshlari. «Fan va turmush», 1976, 8-son, 10 -11-b etlar. 11. Polyakova E. Bir sevgi fojiasi. «Guliston». 1976,7-son, 28-bet. 12. Qayumova A. «Hayrat ul-abror» talqini. Toshkent: G '.G 'ulom nomidagi A S N ., 1977; Yana «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent-1979; Yana «Ishq vodiysi chechaklari» Toshkent: G ‘.G ‘ulom nomidagi A SN ., 1985, 256-bet. 13. Hayitmetov A . Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. Toshkent: «Fan», 1996. 14. Hasanov S. Navoiyning у yetti tuhfasi. Toshkent: G ‘. G ‘ulom nomidagi nashriyot—matbaa birlashmasi, 1991. www.ziyouz.com kutubxonasi X - BO B “L IS O N U T -T A Y R ” F A L S A F IY M A SA L D O S TO N “Lisonut tayr”(“Qush tili”) Alisher Navoiy hayotining so‘nggi yillarida ijod etilgan falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’lim iy doston b o 'lib , unda H aq, Borliq va Inson munosabatlariga doir ulug* mutafakkiming teran mushohadalari badiiy in’ikosini topgan. Shoir asarning hamd bobida Tangri taoloning buyuk yaratuvchanlik xususiyatlarini vasf qilar ekan, Allohning butun olam ni vujudga keltirishdan ko‘zlagan maqsadi Inson ekanligini quyidagi satrlarida badiiylashtiradi: Ofarinisbdin qilib inson g‘araz Oni aylab xalq ichinda beavaz Ko‘ngIin oning maxzani irfon qilib, Ul tilism ichra o‘zin pinhon qilib (12 , 9). Ulug* shoir dunyoqarashiga ko‘ra, Allohning olamni yaratishdan maqsadi inson bo‘lgani bois uni butun yaratiqlar orasida beevaz, ya’ni tengsiz qilib vujudga keltirdi. Odamning ko'nglini irfon-tafakkur bilan olamni anglash xazinasiga aylantiigan buyuk Tangri o'zini mana shu ko'ngil tilsim i ichra yashirdi. Demak, inson ulug' Yaratuvchini o'z ko'nglidan izlamog'i, ishq o'ti, dard kuli bilan poklanib shaffof holga kelgan ko‘ngil ko‘zgusida jilvalangan Alloh jam olini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lmog'i lozim. Buning uchun riyozat bosqichlaridan sabot va matonat bilan o'tib, ma’naviy kom illik rutbasiga ko'tarilish talab etiladi. Yuksak badiiy salohiyat sohibi bo'lgan Alisher Navoiy olamdagi eng oliy mavjudot sanalgan insonga ilohiy ne’mat sifatida in ’om etilgan ong, shuur va fflcrlash qobiliyati ilm bilan uning ko'nglini yanada ma’nan boyitishni, natijada Alloh sifatlarini o'zida mujassam qila boshlagan ko'ngil bilan Yaratuvchi orasida ruhan birlik hosil bo'lishini qushlar tilidan majoziy tasvirlaydi. Sharq xalqlari adabiyotida mavjud bo'lgan bunday adabiy tajriba Alisher Navoiyni maktab ostonasiga endi qadam qo'ygan davrfaridanoq o'ziga oshufta qilgan edi. Ulug' shoir hijriy qamariy hisob bilan 60 yoshga to'lganida, ana shu ruhda yozilgan Shayx Fariduddin Attorning “Mantiq ut—tayr” dostonini bolalik davridayoq yod olganini e’tirof etadi (12 , 293—297). Fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi Fariduddin Attor 114 8 - 1 1 5 1 - yillar orasida Nishopur yaqinidagi Kadkana qishlog'ida tavallud www.ziyouz.com kutubxonasi topgan. Uning asl nomi Muhammad bo'lib, shoir otasi Abubakr binni Ibrohimdan meros qolgan attorlik do'konida faoliyat ko'rsatgan va tabiblik bilan shug'ullangan. Fariduddin Attor juda ko'plab ilohiy —irfoniy mohiyat kasb etuvchi asarlar hamda bir qator g'azal va qasidalar mualMdir. Manbalarda shoirning 1219 -1221-yilard a vafot etganligi qayd etiladi. Alisher Navoiy “Lisonut tayr”da Fariduddin Attorning vahdat (Alloh bilan birlashish) sirlari tavsiriga bag'ishlangan nazm va nasrda ijod etilgan adabiy merosini juda yuksak baholaydi. Shoir olamdagi dengiz va konlarda bor narsalar Attor do'konida (ijodida) ham yuzlab m avjudligini e’tirof etadi. Eng m uhim i, “M antiq ut-tayr”m uallifi asarlarida insonni tubanlik botqog'idan poklovchi g'oyalar o'zining badiiy ifodasini topgan: Odami tab’ini jahl aylab zalil, H ar yamon axloqdin qilsa alii. Bo'lg'oli zoyil har andoq illati, B u do‘kon ichra muhayyo sharbati (12 , 28). Alisher N avoiy dostondagi ulug' salafiga bag'ishlangan bobda Fariduddin Attorning “Musibatnoma”si ko'ngilga tushgan musibatga taskin berishi, “Ilohiynoma”si ilohiy sirlaming tugal sharhi ekanligi, “Ushturnom a” (“Tuyanom a”)sida har xil nozik m a’nolar go'yo nortuyalar kabi tizib qo'yilganligi, “Lujjai hiloj ”(“U m r bulog'i”) asaridagi ma’no durlarining har birining qiymati butun bir mamlakat xirojiga tengligini bayon etadi. Shuningdek, shoirning qasida, g'azal va ruboiylariga yuksak baho beradi hamda “Nasr ila chun tazkira mavjud etib, Avliyo arvohini xushnud etib” baytida Fariduddin Attorning ’’Tazkirat ul —avliyo” asarini nazarda tutadi. Alisher Navoiy shoiming nom lari keltirilgan asarlari qanchalik tahsinga sazovor bo'lsa, uning” M antiq ut -tayr”dostoni ham shunchalik e’zozga arzigulik ekanligini ta’kidlaydi va Shayx ruhidan madad olib shu yo'sinda asar yozish niyatini bayon qiladi. “Lison ut-tayr”dostonining xos xususiyatlari haqida ko'pgina olimlar, jum ladan, E.E.B ertels, V .Zo hidov, N .M allayev, B.Valixo'jayev , A.Hayitmetov, Sh.Sharipov, N .Kom ilov, R.Vohidov, H .N e ’matov, M .M ahm udov, I.H aqqul, S.O lim kabilar ilm iy tadqiqotlarida o'z munosabatlarini bildirishgan. Asarni eski o'zbek yozuvidagi dastlabki tanqidiy matn holidagi nashri (Toshkent:”Fan ,” 1965) Sharofiddin www.ziyouz.com kutubxonasi Eshonxo'jayev tomonidan amalga oshirildi. K ril yozuvimizdagi nashri (Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom lik, 11-to m , T :”Fan ,” 1965) ham Sh.Eshonxo'jayev sa’y—harakatlari bilan chop etildi. 0 ‘lkamizda m illiy istiqlol shabadalari esa boshlagan davrlarda “Lisonut tayr”ga munosabat ancha o'zgardi. Adabiyotshunos V.Rahmonov asaming asl matnini (ilmiy tanqidiy nashr asosida) “O'zbek adabiyoti bo'stoni” rukni ostida keng o 'q u v ch ila r om m asiga taqdim etdi. U nda o lim “ K o 'n g illa r ham rozi”nomli so'zboshisi bilan ishtirok etib, dostonning nashri, o'rganilishi tarixi haqida teran mulohazalarini bayon etdi. Alisher Navoiy “Mukammal asarlar to'plami”(20-tomlik)ning 12-jild i “Lisonut tayr”ga bag'ishlangan bo'lib, uni ham sharh-u izohlar bilan Sh.Eshonxo'jayev nashrga tayyorladi (Toshkent:”Fan ,” 1996). “Lisonut tayr” 193 kichik bobdan tarkib topgan bo'lib, dostonning 13 bobi an’anaviy muqaddimani tashkil etadi. Unda hamd, munojot, n a’t, chahoryorlar: Abu Bakr Siddiq , U m ari Foruq, Usm on Zunnurayn, Hazrati Aliga bag'ishlov va hikoyatlar hamda Shayx Fariduddin Attor madhiga o'rin berilgan. Asaming asosiy voqealar tizim i 14-bobdan boshlanadi. Kunlaming birida guliston, dengiz, o'rmon va sahro qushlari o'z gumhlari bilan bir yerga jam bo'lib majlis qiladilar. Ular muhabbat bilan kuy kuylab, yana osmonga parvoz qilmoqchi edilar. Chunki bu bazmda ulaming o'rinlari belgilangan emasdi-da. Shu bois qushlar orasida nizo chiqdi. Bu kelishmovchilikning sababi tojdorlar poygohda qoUb, tojsiz qushlar to'rga chiqib o'mashgani, hunarlilar o'm ini hunarsizlar egallab olgani va to'rdagilar quyida joylashgan qushlarga nopisandona munosabat ko'rsatganlari bo'ldi. U lar sodir bo'lgan bunday mojaroni qizg'in muhokama qildilar hamda insof-u diyonatli, yaxshi tartib o'mata oladigan va adolatli podshoga muhtoj ekanliklarini ma’lum qildilar. Qushlar orasidagi g'avg'o-to'polon va uning muhokamasi ishtirokchisi bo'lgan Hudhud (Popishak) aql nuridan bahramand, boshini to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi toj bezab tuigan, sharaf-u izzati yuksak qush edi. U shoh izlab, uni topa olmay, hayron bo'lib tuigan qanotli jonivorlar davrasiga devonavor kirib Qof tog'ida yashovchi Anqo, butun olamda Sim uig' nomi bilan shuhrat topgan zoti oliy qush haqida so'zlaydi: Borcha olam qushlarig'a shoh ul, Holingizdm mo‘-bamo‘ ogoh ul. U l yoqin sizga-u siz ondin yiroq, www.ziyouz.com kutubxonasi Vasl anga oyin, vale sizga- firoq. H a r panda yuz tuman rangi ajib, Lek bar rangida yuz naqshi g‘arib, Naqsh-u rangidin xirad ogoh yo‘q, G ‘ofil erkonga xirad ikroh yo‘q. Kim xirad idrokidin aizundur ul, Mundin idrokig‘a topmas aql yo‘1. S iz tusbub ul shohdin bebad baid, U l yoqinroq sizga min hablil varid. H a r kishi bo'lsa tirik ondin yiroq, U l tiriklikdin о‘lum ko'p yaxshiroq (12, 33). Qushlar H udhudning so‘zlaridan shodlanib, Sim urg‘ haqida surishtira boshlaydilar. Shunda Hudhud Simuig'dan ba’zi nishonalar so‘zlaydi. K eyin uning tunda C hin shahri uzra parvoz etgani, Sim uig‘ parvozidan butun shahar yorishib, xalq beshuur bo‘lib qolgani, podshoh qush qanot qoqqanida, bir pari yerga tushib bu par butun Chin mamlakatini hasham-bezakka o‘rab yuborganini bayon qiladi. Simuig‘ haqida afsona eshitgan qushlar tabiatida shavq o‘ti alangalana boshlaydi va ular bunday shohdan ayri yashash mumkin emasligini tushunib yetishadi. Hudhud qushlami Sim uig‘ni izlashga taig‘ib etadi va To‘ti, Tovus, Bulbul, Qumri, Kaklik, Tazarv (Tustovuq), Durroj (Qirg‘ovul), Shohboz (Lochin), Shunqorga alohida-alohida murojaat qilib, ulam i Sim uig1 vasliga erishishga chorlaydi. Hudhud qushlami ishq sirlaridan voqif qildi. U vasl va hijron haqida so‘zladi. Qushlarga o ‘zlarining hijronda qolganliklari malol kelib, ular vasl haqida shirin xayolga bcrildilar. Qanotli jonivorlar bu yo‘lda qanchalik mashaqqat-u azob bo‘lmasin, barchasiga bardosh berib shoh oldiga borishga qaror qilishdi. Qushlar keng samo uzra parvoz qilib ulug‘ maqsad yo‘lida qanot qoqa boshlaydilar. Bir necha kun ko‘kda katta jam oani tashkil etib, ko‘ngildagi ezgu niyatga yetish ilinji bilan harakatlanayotgan qushlar bir sahrodan uchib o'tishadi. Y o ‘lda juda ko‘p qiyinchiliklar, ranj-u alam lar ularga yuzlanadi. Odatiy hayot tarzining o‘zgarishi qushlami toliqtiradi. Ular o‘zlari nochor ahvolda ekanliklarini Hudhudga bildiradilar. Hudhud qushlami to‘plab bir vodiyga qo‘nadi va ulaming arz-dodlarini tinglaydi. Qushlar birin-ketin maqsadning ulug'ligi, yo‘lning sermashaqqatligi-yu, o‘zlarining ojiz-u notavonliklarini vaj qilib o‘z uzrlarini bayon qiladilar. Ba’zilari o'zlarini shoh bilib boshqa www.ziyouz.com kutubxonasi shoh izlashga ehtiyoj yo'qligini ham ro‘kach qilishadi. Shunda Hudhud To ‘tiga hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmon kiygan kishi, Tovusga masxaraboz hindu, Bulbulga shohga oshiq bo‘lgan gado, Qumriga uquvsiz bog'bon, Kabutaiga ishyoqmas, tanbal kishi, Tog‘ kakligiga tolei past qallob kishi, Tazarvga Muqbil va Mudbir, Qarchig‘ayga bir tog‘lik odamning sayyoh yuigan ayiqni qo‘lga o'igatishi, Shunqoiga bir podsho bazmida o‘zini bo‘yra shohi deb e’lon qilgan masqaraboz; Burgutga hunarsizlikda yagona bo‘lgan zo‘r pahlavon qismati, K uf (Boyo‘g‘li)ga ganj umidida jonidan ayrilgan telba, Humoyga savdogaming arzimas besh-o‘n dirhami evaziga dengiz tubidan sadaf izlovchi g‘awos, 0 ‘rdakka Makka atrofmi suvda bir necha bor aylanib pulga hirs qo'ygani bois haj farzini ado etmay dengizga g‘arq bo‘lgan savdogar haqidagi hikoyatlarni so‘zlaydi. Bu hikoyatlar uzrini bayon etgan qushlaming tabiatidagi noqisliklar bilan uyg‘unligi, ayni choqda ularda inson tabiatidagi illatlar keskin tanqid ostiga olinganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Hudhud majlis nihoyasida Tovuqning uzrini tinglaydi. U Yaratuvchi tomonidan Toquqqa bir yerda muqim yashash hukm qilinganligini bahona qiladi. Dostonda shu o'rinda Hudhud tilidan quyidagi ibratomuz fikrlar baytlar bag'riga singdiriladi: Bor oningdek qushki ochmay bol-u par, Sidra shohi ustida aylar maqar . Keldi xilvatgohi oning anjuman, Sayr etar lekin yen doim vatan. Arsh parvoz o‘ldi-yu sidranishin, Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling