B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
chiqqan lo'nda, umumlashma-xulosalari o‘z ifodasini topgan. Musajja’
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
chiqqan lo'nda, umumlashma-xulosalari o‘z ifodasini topgan. Musajja’ san’atining nodir namunasi sanalgan bu noyob asaming bunyod etilishi sabablarini muallif quyidlagicha izohlaydi: «Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko‘y va ko'chada yugurubmen va olam ahlidin har nav’ elga o‘zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning a f olin bilibmen va yamon- u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va shar’din (yom onlik, gunohlardan) no‘sh va nish ko‘ksumga yetibdur va laim (past, xasis, nokas) va karim zaxm va marhamin ko‘nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi as’hob (suhbatdosh) va davron xaylidin ba’zi ahbobki (ayrim do‘stlar) bu hollardin xabarsiz va ko‘ngullari bu xayr va shardin asarsizdur. Qit’a: Ne bilg‘ay ul kishiklm, shahd-u mayni totmaydur K i, vasl-u hajr kibi ul chuchuk durur, bu achig*. Bilur zalil musofirki, po*ya aylarda, Qum -u to‘zon yumshog*, tog‘-u xoradur qattiq. Bu nav as’hob va ahbobga intiboh (tanbeh) qilmoq va alami nav’ bu holatdin ogoh qilmoq vojib ko'rundiki, har toifa xisolidin (xulqlaridan) vuquflari (xabardorlildari) va har tabaqa ahvolidin shuurlari bo‘lg‘ayki, munosib el xizmatig‘a shitob qilg'aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob www.ziyouz.com kutubxonasi vojib bilg‘aylar (uzoqlashgaylar) va ban el bila maxfiy rozlaridin so'z demag‘aylar. V a shayotin (shaytonlar) makr-u firibidin boziy emagaylar. Har nav’ el suhbat va xususiyatiki, alaig'a havas bo'lg'ay, bu faqirning tajribasi alaig'a bas bo‘lg‘ay» (14 .10 -11). Nihoyatda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan adibning axloqiy- ta’lim iy, ijtim o iy-siyo siy, falsafiy-m a’rifiy mavzudagi muayyan qarashlarining teran badiiy ifodasidan tarkib topgan «Mahbub ul-qulub» pandnomasi uch qismdan iboratdir: «Aw alg'i qism —Soir un-nosning a fo l va ahvolining kayfiyati («Xaloyiqning ahvoli va fe’l-atvori hamda so'zlarining kayfiyati»). «Ikkinchi qism— Hamida afol va zamima xisol xosiyati» («Yaxshi qiliq va yomon xislatlar xususiyatida»). «Uchinchi qism—Mutafarriqa favoid va amsol surati («Yaxshilikning natijasi va yomon xislatlaming oqibati») (14 .11). «M ahbub ul-qulub»ning b irinchi qism ida egallagan vazifasi, ko'rsatilajak ta’siri jihatidan jamiyat taraqqiyotida belgili mavqega ega qirq to'qqiz toifa ahlining fe’l-atvori, ahvoli xususida fikr yuritiladi. Bu safda shohdan gadogacha bo'lgan aksariyat toifa a’zolarini uchratish mumkin. Ro'yxatda zikr etilgan sohalardan ko'pchiligi bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydi. Lekin o'sha jarayonning rivoj-u ravnaqida muayyan o'rni, ta’siri bor. Yana, asar muallifi aksar toifa ahli faoliyatiga tanqidiy munosabat bildiradi. Shunday qilib, odil sultonlar, islom panoh beklar, zolim va fosiq shohlar, vazirlar, nomunosib noiblar, noqobil sadrlar, fosih bahodirlar, shayx ul-islom , qora cherik (qo'shin), qozi, mufti, mudarrislar, kotiblar, m utrib-u mug'anniylar, tijorat ahli, olib sotarlar, bozor kosiblari singari turfa toifalaiga doir gohida muloyim, ba’zan nafratU qarashlar bayon etiladi. Ulug' adibning boshqa asarlarida kuzatilgani kabi odil shoh haqidagi falsafiy qarashlarini «Mahbub ul-qulub»da badiiy ifodalarkan, aw alo, adolatli podshohni yurt ma’m urligi-yu xalq osoyishtaligining asosi deb biladi. M uallif bir umr o'zi orzu qilgan hukmdoming ta’rif-u tavsifini asarda nihoyatda katta ehtiros-u o'ziga xos tashbehlar voitasida badiiylashtiradi: «O dil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka m ujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog'din gullar ochar va mulk ahli boshig'a oltun bila durlar sochar. Fuqaro va notavonlar aning rifq va madorosidin osuda, zalama va avonlar aning tig'i siyosatidin farsuda. Hirosatidin qo'y-u qo'zi bo'ri xavfidin emin va siyosatidin musofir ko'ngli qaroqchi vahmidin www.ziyouz.com kutubxonasi mutmain»( 14 .12). Pandnomada zolim, johil va fosiq podsho esa butun yomonlig-u razolatning sababkori sifatida talqin etiladi. Uning zulmidan obod yerlar vayronaga, kabutar toqchalari boyqush oshyoniga aylanadi, bunday shoh bazmida boda seli tug‘yon qilib, u sel mulk ma’m urligini vayron etadi. Alisher Navoiy saroy amaldorlarining yaxshi yoki yomon a’mol sohibi bo‘lishlarini ham hukmdorga bog‘liq holda talqin etadi: «Bu yomon podshohki, bo‘lg‘ay vaziri ham yomon, andoqki, F ir’avn nayobatida Homon. Bayt: O'ylakim shoh, morg'a bo'lg'ay mudid ham ja ’fariy, Yo vaboyi xalqqa toun ham o'lg'ay bir sari Tengri mundoq balolarni adam chohidin vujud taxtgohig'a kelturmasun va yo'qluq zindonidin borlig1 shahristonig‘a yetkurmasun» (14 .15 -16 ). Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»da saroy amaldorlari, shoh atrofidagi mansabdorlar va boshqa nufuzli tabaqa vakillari bo'lgan: vazirlar, nomunosib noiblar, bediyonat sadrlar, riyoi mashoyixlaming kirdi-korlarini keskin qoralaydi, ulardan nafiatlanishini ochiqdan-ochiq namoyon etadi va o‘z istagiga ko‘ra bunday toifa vakillari qanday fazilatlaiga ega bo'lishi lozimhgini ham bayon etadi. Jumladan, adib vuzaro haqida fikr yuritarkan, o'z zamonasida hech bir durust vazir ko'rmaganligini, qachonlardir Osaf ism li bir vazirgina insofli bo'lganligini e’tirof etadi. M ajiduddin, N izom ulm ulk singari Husayn Boyqaro saltanatining «ishonchli ustunlari» sanalgan vazirlar o'z manfaatlari yo'lida hamma narsani, hatto, insonni ham qurbon qilishga tayyor tuiganliklariga bir necha marta guvoh bo'lgan ulug' mutafakkir bunday toifa vakillarini keskin tanqid qiladi: «Bu zolimlar yurtni baibod beiguvchilardir va mulk ahli yig'ishtuig'onlarin bitiiguvchilardur. Avlo ulkim, bular zikrida kishi xoma surmag'ay... Zahr berib bemor o'lturguvchi tabib, bulaming holig'a mushobehdur va qarib... Bular, jum lasi chayonlar, xaloyiqqa yetkurur ziyonlar» (14 .16 ). A ytilganlarga q iyo siy nazar tashlanadigan b o 'lsa, A lish e r Navoiyning o'ttiz birinchi fasldagi jum lalari o'zining sam im iyati, xayrihohona ohangi bilan diqqatni jalb etadi. Chunki mazkur fasl «Dehqonlar zikriga atalgan». Fasl boshidayoq o'sha mehr, muloyimlik yarq etib ko'zga tashlanadi. «Dehqonki dona sochar, yemi yormoq ila rizq yo'lin ochar» (14.37). Ixchamginajumla. «Sochar», «ochar» so'zlari musajja’ san’atini hosil qilgan. Jarangdorlikni, qofiyadoshlikni ta’min www.ziyouz.com kutubxonasi etgan. Dehqonning sharafi shundaki, u saraton oftobida kuygan qiyofasi, qadoqli qo'llari bilan nazokat yaratadi, ro‘zini m o'l-ko'l qiladi. Odam Atodan meros kisht-u komi kanda qilmay, takomillashtirib keladi. Ulug' adib mulohazalarini sayqalli davom ettiradi: «Qo'shi ham ikki zo'r pahlavon, yukiga bo'yun sunub olida ravon, ish qilurda hamdam va hamqadam, dehqon alam i surarda andoqki Odam. Olam ma’murligi alardin, olam ahli masmrligi alardin. Har qayon qilsalar harakot, elga ham qut yetkarur, ham barakot.» (14 .37). Matndagi «pahlavon», «ravon », «ham dam », «ham qadam », «O dam », «m a’ m u rlig i», «masrurligi», «harakot», «barakot» so‘zlari saj’ni-qofiyadoshlikni vujudga keltiigan. Parchada talmeh san’ati -Odam Atoning qo'sh haydashiga ham nozik ishora bor. So'z tanlashda ulug' adibning bepoyon dalasiday bag'ri keng, tanti dehqonga ixlos-u muhabbati namoyon bo'ladi. H o‘kizlar—pahlavon, ravon va o‘z sohibiga hamdam-u hamqadam... «Ruh ul-am in», «Surush» unvonlari bilan ham badiiy adabiyotda eslanadigan farishta Jabroyilning Odam Atoga aytgan gaplarini eslaylik: « 0 ‘z qo'ling bilan dehqonchilik qilib, qut-baraka topgin!» Alisher Navoiyning jum lalarida o‘sha so'zlar va ohang aks-sado beradi. Dehqonchilik Allohning inoyati bilan va farishta Surush rahnamoligida boshlangan hunar. Shuning uchun unda xayr-u baraka, him m at-u karam, halollik ustuvor. Fikrim izcha, Alisher Navoiy masalaning ana o'sha jihatlarini ham inobatga olgan holda dehqon haqidagi madhiyani yanada chuqurlashtira boradi: «Dehqonki tuzluq bila dona sochar. Haq biriga у yetti yuz eshigini ochar. Sichqon dona ko'karguncha, urub xirmon qilib mahsulin ko'targuncha; qurt-u qush andin bahramand va dasht vahshi aning bila xursand. M o'rlar uyi andin obod va go'rlar xotiri aning bila shod. Kabutarlarga andin mastlig', to'ig'aylaig'a andin nishotga hamdastlig'. O'roqchig'a andin ro'ziy, boshoqchining yorub andin ko'zi» (14.37). Mazkur jum lalar mutolaasi har qanday kitobxonni ham to'lqinlantirishidan tashqari, uning Alisher Navoiy dahosiga zehn- u zakovati, quwai hofizasi-yu mahoratiga ixlos-e’tiborini chandon ko'taradi. Bu qadar sinchkovlik, ziyraklik va dehqon mehnatining m ayda-chuydasi-yu mashaqqatlarini nazardan qochirmaslik san’atiga tan bermay iloj yo'q. «Mahbub ul-qulub»ning birinchi qismida bayon etilgan fikrlar ulug' adibning hayotiy tajribalari umumlashmasi bo'lib, unda atrofdagi voqea- hodisalardan doimo ogoh bo'lishga da’vat etiladi. Bu da’vatlar yurt sarvaridan tortib, oddiy fuqarogacha taalluqlidir. Shuningdek, ushbu www.ziyouz.com kutubxonasi bobda turli ijtimoiy tabaqa vakillarining adib nafrat bilan keskin tanqid qilgan fe’l-atvoridan m um kin qadar tezroq voz kechish, yaxshi fazilatlar sohibi bo‘lib, komillikka erishishi uqtiriladi. Asaming ikkinchi qismida komillikka erishish yo‘li tasawuf tamoyillari nuqtai nazaridan asoslanadi. Ushbu qismdan yomonliklardan mosivo bo‘lishning eng to‘g‘ri yo‘li nafsni riyozat bilan mahv etib, sabr-u qanoat bilan pok yashash, ruhni chiniqtira borib, hamida axloqqa erishish xususida fikr yuritiladi. Nafsni mag'lub etib, ilohiy fayzdan bahra olishning dastlabki bekati — tavbadir. Tavbadan murod haq yo'liga kirgan solikning barcha yomon ishlardan ogoh bo'lib, ulardan butkul voz kechishi, har taraflama poklanishidir. O 'n fasldan tarkib topgan asaming ikkinchi qismida tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze’ va adab, zikr, tavajju h , rizo , ishq singari tasaw ufiy istilo h lar sharhlanadi. Shuningdek, har bir axloqiy masala nazariy jihatdan umumlashma tarzida bayon etilganidan so‘ng, aytilgan fikrlami dalillash maqsadida bir hikoyat keltiriladi. «Mahbub ul-qulubs>ning ikkinchi qismi tuzilishiga ko‘ra «Hayrat ul-abror» dostonidagi maqolat va hikoyatlarga o‘xshab ketadi. Pandnomaning uchinchi qismi turli foydali pand va hikmatlar, shuningdek, 127 tanbehdan tarkib topgan. Asaming mazkur bobi oldingi boblarda bayon etilgan ijtim oiy-falsafiy, axloqiy-ta’lim iy qarashlami ulug' shoiming maqollaiga uyg'un hikmatli so'zlari bilan birmuncha kengaytiriladi va umumlashtiriladi. Keltirilgan tanbehlar adibning uzoq y illar davomidagi hayotiy kuzatishlari hosilasi bo'lib, o'ziga xos hukm lardan iborat. U la r saj’ va boshqa badiiy san’atlar bilan ziynatlangani bois o'quvchi e’tiborini o'ziga jalb etadi. Quyida ulaming ayrimlaridan namunalar keltiramiz: Vafog'a hayo bila payvastaliq, andoqki, hayog'a vafo vobastaliq (14.82). Yana: Mazlumg'a baxshoyish ko'rguzki, zolim din osoyish ko'rgaysen. Zerdastlaig'a naf yetkur, agar tilasangki, zabardastlardin zarar ko'rmagaysen. Xiradmand muxolifatdin qochar va muvofaqatga muloyamat eshigin ochar. Zanbur g'avg'osidin nish mutasawardur va asal savdosidin no'sh muyassar (14.85). Yana: Fosiq olim donishvaredur o'z nafsig'a zolim , g'aniyi baxil nodonedur o'z ziyonig'a nadim. Bu ikki kishi umr zoyi’ o'tkardilar va go'rga hasrat va armon olib bordilar. Biri ulkim , ilm o'rganuig'a ranj tortti-yu amal qilmadi, biri ulkim , mol yig'aig'a emgak chekti-yu sarf qilurin bilmadi. Q it’a: www.ziyouz.com kutubxonasi Olimekim, ilmi erdi be amal, Yo g‘aniykim, molig'a buxl erdi yor. 0 (ldilar yuz hasrat-u armon bila , Elga bo'ldi ishlaridin e’tibor (14.89). Yana: Yamonlarg'a lutf-u karam, yaxshilarg'a mujibi zarar va alam. Mushukka rioyat-kabutarg‘a ofatdur. Shag'ol jonibin tutmoq — tovuq tuxmin qututmoqdur. Fard: Bo'rini qo‘zi bila qilg‘an semiz, Kiyik jam ’-u xaylig'adur rahmsiz (14.89). Yana: Kishi molidin nekim bahra oldi aningdekdur, har nekim asradi o'zganing. Zahmat bila topqoningni o'zungdin ayama va mehnat bila yiqqoningni do'stlar bila dushmanlar uchun asrama. Bayt: M ol uldurldm, el andin topsa bahr, Dushman andin topsa tengdur no'sh-u zahr (14.90). Keltirilgan iqtiboslar xalq maqollari kabi ixcham, ammo qalblarda o'chmas taassurot qoldirishi bilan ahamiyatlidir. Pandnomada badiiy umumlashma mayli nihoyatda baland ekanligi seziladi. Shuningdek, unda hasbi hoi ruhi ham o'zini namoyon qilib turadi. «Mahbub ul-qulub»dagi falsafiy mushohada, umumlashmalar ulug' adibning so'ngi tahriri sanaladi. Alisher Navoiyning muayyan bir masalaga doir qarashlarida yillar o'tishi bilan tafovut paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. «Mahbub u l- qulub»da oldingi asarlarda bildirilgan mulohazalar tahrirga uchragan, badiiy jihatdan yanada sayqallashtirilgan bo'lishi tabiiy. Chunki shu asardan keyin ulug' shoiiga ko'p yashash ham, yozish ham nasib etmadi. «Xamsa» she’riyat mulkida shohlikka munosib bo'lsa, «Mahbub ul-qulub» nasr bobida shunday sharafga muyassardir. Ulug' adibning maktublaridan tashkil topgan «Munshaot», umrining so'nggi yillarida yozilgan «Munojot» asarlari, devonlari tarkibidagi «Debocha»lar ham adib nasriy asarlari namunasi sanaladi. Alisher Navoiy turkiy nazm-u nasming shoh asarlarini ijod etgan ulug' so'z san’atkoridir. Asrlar davomida bu buyuk daho qalamiga mansub bebaho ilmiy-adabiy meros insoniyatning ma’naviy kamolotiga munosib xizmat qilib kelmoqda. Ular ilhom manbai sifatida shoir yashagan davridanoq ijodkorlar qalbida yangi-yangi fikrlar paydo bo'lishi, o'ziga xos ehtiroslar uyg'onishiga bois bo'ldi. Asrlar davomida ulug' shoir g'azallariga muxammaslar bitilmoqda. Uning ulkan ilmiy-badiiy merosi jahonning turli nufuzli tillariga taijima qilindi. Og'zaki va yozma adabiyotda ulug' shoiming hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asarlar ijod etildi. Bulaming barchasi Alisher Navoiy nomining mangulikka daxldorligidan dalolatdir. www.ziyouz.com kutubxonasi Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Alisher Navoiyning qaysi asarlari ilm iy-fxlologik tadqiqotlar sanaladi? 2. «M ajolis un-nafois»ning yaratilishi tarixi, tuzilishi va asosiy xususiyatlari haqida so‘zlang. 3. «M ajolis un-nafois» ilgari yozilgan tazkiralardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 4. Tazkirada Shoh G'arib Mirzo va Husayn Boyqaro haqida qanday ma’lumotlar keltirilgan? 5. «M uhokam at u l-lu g ‘atayn»ning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? 6. Risolada turkiy tilning o'ziga xos qanday fazilatlari ulug‘lanadi? 7. Alisher Navoiy forsiy tilda jahoniy mavqega ega bo'lgan badiiy asarlar yaratilgani holda turkiy tilda bu jarayonning sust borayotganligini qanday izohlaydi? 8. «Muhokamat ul-lug'atayn»ning adabiyotshunoslik uchun muhim jihatlari nimalarda namoyon bo'ladi? 9. Alisher Navoiy adabiyot nazariyasiga oid qanday asarlar yozgan? 10. Shoirning ustozlariga bag'ishlangan yodnomalari qaysilar? Ularning yaratilishi tarixi haqida nim alam i bilasiz? 11. «Xamsat ul-mutahayyirin»ning tuzilishi va asosiy mazmunini gapirib bering. 12. Ulug' adibning tarix, tasawuf va din tarixiga oid asarlari qaysilar? 13. «Tarixi muluki Ajam»da qaysi sulolalar haqida ma’lumot beriladi? Asarda odil shoh va zolim shoh sifatida kimlaming nomlari tilga olingan? Ulam ing odil yoki zolim ligini ko'rsatuvchi jihatlar nimalardan iborat? 14. «Tarixi anbiyo va hukamo» necha qismdan iborat hamda unda qaysi payg'ambarlar va olimlaming nomlari tilga olingan? 15. «Tarixi anbiyo va hukamo»dagi qissalaming bir-biriga uyg'un va farqli jihatlari nimalardan iborat? 16. «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasining yaratilishi tarixi haqida so'zlang. 17. Tazkiraning «Muqaddima» qismida nimalar haqida fikr yuritiladi? M a’lum kasb-hunar bilan rizq topib faoliyat ko'rsatgan shayxlar kim lar? 18. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday ma’lumotlar keltiriladi? 19. «Mahbub ul-qulub»ning yaratilishi tarixi, uni yozishdan muallifning www.ziyouz.com kutubxonasi ko'zlagan asosiy maqsadlari nimalardan iboratligini so'zlab bering. 20. Asar necha qismdan iborat? Uning har bir qismida qanday masalalar haqida fikr yuritiladi? 21. Asardagi odil shoh va zolim shoh tasvirida m uallif ularning qaysi jihatlariga e’tibom i qaratadi? 22. «Mahbub ul-qulub»dagi dehqonlar ta’rifi boshqa ijtimoiy tabaqa vakillari, jumladan, vazirlar haqida bildirilgan mulohazalardan nimasi bilan farq qiladi? 23. «Mahbub ul-qulub»ning tarbiyaviy ahamiyati haqida so'zlang. Mavzuga oid tayanch tushunchalar «Majolis un-nafois». «Muhokamat ul-lug‘atayn». «Mezon ul-avzon». «Mufradot». «Xamsat ul-mutahayyirin». «Holoti Sayyid Hasan Ardasher». «Holoti Pahlavon Muhammad». «Tarixi muluki Ajam». «Tarixi anbiyo va hukamo». «Nasoyim ul-muhabbat». «Vaqfiya». «Munojot». Devonlar tarkibidagi «Debocha»lar. Adabiyotlar 1. Alisher Navoiy. Asarlar. 13-16-tom lar. Toshkent:. «Fan »-19 9 7- 2000. 2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 17-tom , Toshkent: “Fan”, 2001. 3. Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002. 4. Vohidov R . Navoiyning ikki durdonasi. Toshkent: “Fan ”, 1992; Yana. «Majolisun-nafois» taijim alari. Toshkent:. «Fan »-1984. 5. Ramazonov N . “Nasoyim ”ning o'ziga xos xususiyatlariga doir. “Navoiyning ijod olami” kitobida. Toshkent: “Fan”.2001, 15 2 -18 7 - betlar; Yana. «Nasoyim ul-muhabbat» va uning manbalari. 6. Hayitov Sh. “Mahbub ul-qulub”da tasawufiy jilolar. Toshkent: “Fan ”, 1996. 7. Hayitov Sh. Barkamol inson timsoli. Toshkent: “Fan”, 2003. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling