Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


Issiqlikka chidamlilik, massaning kamayishi va alanga tarqalish tezligini aniqlash


Download 0.78 Mb.
bet15/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

Issiqlikka chidamlilik, massaning kamayishi va alanga tarqalish tezligini aniqlash
Eng ko‘p tarqalgan yonuvchanlik xususiyatlari standartlaridan UL94 (sug‘urta kompaniyalarining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari) plastmassa uchun (kategoriyali) toifadagi standartlardir. Ushbu (kategoriya)toifalar materialning alangalanishidan keyin uning o‘chish qobiliyatini aniqlaydi. Yonish tezligi, o‘chish vaqti, tomchilarning yonuvchan yoki yonuvchan emasligiga qarab tomchi hosil bo‘lishiga chidamliligi asosida bir nechta toifalarni ajratish mumkin. Har bir sinov materialiga rangi va qalinligiga qarab bir nechta (kategoriyalar) toifalar ajratilishi mumkin. Qo‘llaniladigan material UL (kategoriyasi) toifasi plastik qismning eng yupqa devori bilan aniqlanishi kerak. UL (kategoriyasi) toifasi har doim qalinligi bilan birga ko‘rsatilishi kerak, shunchaki UL (kategoriyasi)ni qalinligisiz ko‘rstaish etarli emas.
UL 94 standartining klassifikatsiyalangan toifalarining qisqacha tavsifi:
NV- gorizontal namunaning sekin yonishi. 3 mm dan kichik qalinlikdagi yonish tezligi 76 mm/min dan kam. 3 mm dan katta qalinlikdagi yonish tezligi 38 mm/min dan kam.
V-0-vertikal namunaning 10 c ichida tugaydigan yonishi; tomchi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ilmaydi.
V-1- vertikal namunaning 30 c ichida tugaydigan yonishi; tomchi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ilmaydi.
V-2- vertikal namunaning 30 c ichida tugaydigan yonishi; yonayotgan zarrachalardan tomchilar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
5V-vertikal namunaning 60 soniya davomida olovga besh marotaba ta’sir qilgandan so‘ng tugaydigan yonishi, sinovdagi namunaning har olovga ta’sirlashish vaqti 5c.
5VB-Enli plitalar shaklidagi namunalar teshik hosil qilib yonib ketishi mumkin.
5VA- Enli plitalar shaklidagi namunalari yonib ketmasligi kerak (ya’ni teshiklar hosil qilmasligi kerak) - bu UL ning eng qattiq kategoriyasi.
UL94HB toifasi - Yonuvchanlik xavfsizlik talablarida bo‘lsa, odatda NV toifasidagi materiallarga ruxsat berilmaydi. Umuman olganda, NV materiallari mexanik va yoki bezak buyumlaridan tashqari, elektrotexnikada qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi. Ba’zida tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi: yong‘inga chidamli bo‘lmagan materiallar (yoki olovga chidamli deb atalmaydigan materiallar) NV toifasiga qo‘yiladigan talablarga avtomatik ravishda javob bermaydi. UL94HB kategoriya, qiyin bo‘lsa ham, yonuvchanlik toifasiga kiradi va sinovdan o‘tkazilib tekshirilishi kerak. Chet el amaliyotida UL 94 dan tashqari DIN 4102 standarti ham qo‘llaniladi - Germaniya standartlari instituti tomonidan qurilish materiallarining yonuvchanligini tasnifi.
• A1 - 100% yonmaydi = (nichtbrennbar)
• A2 - yonmaydigan ~ 98% = (nichtbrennbar)
• B1 - deyarli alangalanmaydi (schwer entflammbar)
• B2 - oddiy yonuvchanlik, masalan. o‘tin (flammbar)
• B3 - yonuvchan (leichtentflammbar)
Mahalliy amaliyotda materialning yonuvchan guruhi "Qurilish materiallari, yonuvchanlikni sinash usullari" GOST 30244-94 metodiga binoan ISO 1182-80 xalqaro standartiga mos keladigan G1 "Past yonuvchan materiallar" dan G4 "Yuqori darajada yonuvchan materiallar" ga yonuvchan guruhlarini belgilash bilan aniqlanadi. Yonuvchanlikdan tashqari materiallarni yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan tavsiflash uchun quyidagi parametrlar ham o‘lchanadi:

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling