Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-jadval Mineral to‘ldiruvchi va polietilen P-Y 342 asosida olingan polimer kompozitlarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili


Download 0.78 Mb.
bet18/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.1-jadval
Mineral to‘ldiruvchi va polietilen P-Y 342 asosida olingan polimer kompozitlarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili

Kompozitsiya tarkibi

Zarbga chidam-lilik, kDj/m2

σ
egilish-ga chidam-lilik, MPa

σ uzilish-ga chidamlilik, MPa

Nisbiy cho‘zi-lish,
%

Nisbiy tora-yish,
%

P-Y 342

50

24

21

750

3

P-Y 342/BT

47

37

38

178

2,6

P-Y 342/TEAS/BT

62

38

42

164

2,8

P-Y 342/PEMA/TEAS/BT

71

40

53

156

2,3

Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, P-Y-342 asosida olingan kompozitsiyalarning uzilishga chidamliligi va zarbga chidamliligi modifikatorlarning katta konsentratsiyasida kichik qiymatga ega bo‘ladi. Modifikatorlarning maqbul konsentratsiyasi 1,0 mas. % ni tashkil etadi.


Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bazalt va bazalt tolalari to‘ldirilgan polimerlarda modifikatorlar miqdori 1,0% massani tashkil etganda P-Y 342ning xossalari yaxshilanganligi aniqlandi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, polimer asoslarda to‘ldiruvchilarning dispersion tarqalishi ularning xossalarini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.
Olingan natijalar P-Y 342 asosida polimer materiallar olishda nanoo‘lchamli zarrachalar ularning fizik-mexanik xossalarini oshirishda effektiv ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Polimer asoslarning qattiqligini oshirishda qatlamli to‘ldiruvchilardan foydalanish shuni ko‘rsatadiki, katta konsentratsiyadagi to‘ldiruvchilar turli fazalardagi qatlamlar chegarasida adsorbsion o‘zaro ta’sir natijasida nanozarrachalarning nisbiy sirt yuzasiga bog‘liq ravishda ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ushbu ishda PA-6 tarkibiga dispersion bazalt, hamda bazalt tolalarini kiritilishi (20 dan 40 mas. %.gacha) natijasida ularning poliamid xossalariga ta’siri o‘rganildi. Ishda to‘ldiruvchilarning xossalarini PA-6ga 30 mas. % miqdorda kiritilgan boshqa to‘ldiruvchi xossalari bilan solishtirildi.
3.1-jadvalda PA-6 va to‘ldiruvchilar asosida olingan modifikatsiyalangan polimer materiallarning o‘rganilgan qiyosiy xarakteristikalari keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, PA-6/PEMA/TEAS/BT asosidagi kompozitsiya o‘zining zarbga chidamlilik va uzilishga mustahkamlik xossalari bilan PA-6/PEMA/TEAS/VK tarkibli kompozitsiyalarga nisbatan katta qiymatga ega.
3.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, modifikator TEASning miqdori 1,0 mas. % bo‘lganda, kompozitsiyalarining zarbga chidamliligi eng yuqoriko‘rsatkichga (100 dan 118 kJ/m2gacha) yetadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling