Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-jadval Mineral to‘ldiruvchi va poliamid PA-6 asosida olingan polimer materiallarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili


Download 0.78 Mb.
bet19/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.2-jadval
Mineral to‘ldiruvchi va poliamid PA-6 asosida olingan polimer materiallarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili

Kompozitsiyalar

Zarbga chidamli-lik, kDj/m2

σ
egilish-ga chidamli-lik, MPa

σ uzilishga chidam-lilik, MPa

Nisbiy cho‘zi-lish,
%

Nisbiy tora-yish,
%

GOST
4647-80

GOST
4648-80

GOST
1423681

GOST
1423681

GOST
1859921

PA-6

100

90

66

150

2

PA-6/BT

110

95

67

66

1,7

PA-6/TEAS/BT

115

98

69

58

1,8

PA-6/PEMA/TEAS/BT

118

102

75

57

1,8

izoh:kompozitsiyalar tarkibidagi modikator TEAS konsentratsiyasi to‘ldiruvchi massasiga nisbatan1,0 mas.%ni tashkil etadi.
To‘ldiruvchi bilan to‘ldirilgan PA-6ga modifikator TEAS dan 1,0 mas. % miqdorda qo‘shilganda, uning zarbga chidamliligi modifikator qo‘shilmagan kompozitsiyalarga nisbatan oshganligini ko‘rish mumkin. PA-6 asosidagi kompozitsiyaga maleinlangan polietilen va TEAS qo‘shilganda, 1,0 mas. % TEAS va 30 mas. % bazalt tutgan kompozitsiyalarning zarbga chidamliligini sezilarli oshiradi.
Shunga ko‘ra zarbga chidamlilik maksimal qiymatga ega bo‘ladi va dastlabki PA-6ga nisbatan 100dan PA-6/TEAS/BT va PA-6/PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyalar uchun 115 va 118 kJ/m2gacha ko‘tariladi.
PA-6ga modifikator TEAS bilan to‘ldiruvchilarning qo‘shilishi, polimer materiallarning zarbga chidamliligini 100dan 115 kJ/m2gacha, kompatibilizator PEMAning kiritilishi esa-100 do 118 kJ/m2 gacha oshiradi.
Modifikatorlar ular asosida olingan kompozitlarning xossalarini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ularning polimer asos bilan fazalararo o‘zaro ta’siri orqali sodir bo‘lishi mumkin [77;17-b,78;75-b.].
Kompozitlar tarkibiga modifikatorlarning qo‘shilishi natijasida uzilishga chidamliligining oshishi effekti kuzatiladi.
Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, modifikatorlar nanozarrachalar bilan to‘ldirilgan polimer materiallarning fizik-mexanik xarakteristikalarining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nisbiy yuzaning katta bo‘lishi nanozarrachalarning polimer asosga to‘ldiruvchilarning yaxshi birikishiga olib keladi, shuningdek ularda bir qancha aglomeratsiyalar ham kuzatiladi. Uzilishga chidamlilikning maksimal qiymati PA-6/PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyada kuzatiladi.
Olingan natijalarga ko‘ra, uzilishga chidamlilikning nisbatan katta qiymati (75MPa) PA-6 asosidagi kompozitsiyada modifikator TEASning miqdori 1,0 mas. % va bazaltning to‘ldirilish darajasi 30 mas.% ga yetganda kuzatiladi.
To‘ldiruvchi bilan to‘ldirilgan kompozitsiyalarda egilishga chidamlilik modifikator konsentratsiyasiga bog‘liq holatda ortib boradi, biroq zarbga chidamlilik va uzilishga chidamlilikka qaraganda kam darajada ortadi.
Shunga ko‘ra, PA-6 asosidagi kompozitsiyaning fizik–mexanik xossalarining optimal xarakteristikalari nuqtai nazaridan kelib chiqib, modifikator konsentratsiyasining 1,0 mas. % miqdori maqsadga muvofiqdir.
orqali ko‘rsatib o‘tildi PA-6ning mexanik xossalarining oshishini polimer materiallar tarkibiga modifikatorlarning qo‘shilishi va natijada nanozarrachalarning tarqalishining yaxshilanishi [77;14-b.].
Shuni alohida ta’kidlash kerakki,.egilishga chidamlilik 30 mas. % miqdorida modifikatsiyalangan to‘ldiruvchilar tutgan polimer materiallarda modifikatsiyalanmagan to‘ldiruvchilar tutgan polimer materiallarga nisbatan ancha yuqori. Shunga ko‘ra, 1,0 mas. % TEAS tutgan polimer materiallarda maleinlangan PA-6da egilishga chidamlilik maksimal qiymatga ega.
Polietilen P-Y 342 ning yuqori kristallanish darajasiga ega ekanligi boshqa turdagi polietilenlarga nisbatan cho‘zilish mustahkam bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, u namga nisbatan chidamli, korroziyaga va eskirishga hamda ko‘pgina kimyoviy moddalar ta’siriga nisbatan inert hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda nanoto‘ldiruvchilar va ular asosida polimer materiallar olish hamda ularni sanoat va texnikaning turli sohalarida qo‘llash tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Nanoqo‘shimchalar polimerlar tarkibiga ko‘p miqdorda an’anaviy to‘ldiruvchilar kabi qo‘shiladi [75; 62-65-b, 76; 66-69-b.].
Ushbu ishda P-Y 342 tarkibiga dispersion bazalt, hamda bazalt tolalarini katta miqdorda, ya’ni 20 dan 40 mas. %.gacha qo‘shish orqali ularning polietilen xossalariga ta’siri o‘rganildi. Ushbu to‘ldiruvchilarning xossalarini P-Y 342ga 30 mas. % miqdorda kiritilgan bo‘rning xossalari bilan solishtirildi, adabiyotlar tahlilida keltirilganidek bu miqdor odatda polietilenning quvur ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan turlari uchun qo‘llaniladi [77; 22-b.].
Ishda polipropilenning fizik mexanik xossalari o‘rganildi.
3.3-jadvalda bazalt asosida olingan polimer materiallarning fizik-mexanik xossalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Nanokompozitlarning xossalari nafaqat to‘ldiruvchilar konsentratsiyasiga, balki to‘ldiruvchilarning polimer asosda tarqalish darajasiga ham bog‘liq.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling