Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-jadval Mineral to‘ldiruvchi va polivinilxlorid PVX asosida olingan polimer materiallarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili


Download 0.78 Mb.
bet21/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.4-jadval
Mineral to‘ldiruvchi va polivinilxlorid PVX asosida olingan polimer materiallarning fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tahlili

Kompozitsiyalar

Zarbga chidamli-lik, kDj/m2

σ
egilishga chidamli-lik, MPa

σ uzilishga chidam-lilik, MPa

Nisbiy cho‘zilish,
%

Nisbiy tora-yish,
%

GOST
4647-80

GOST
4648-80

GOST
1423681

GOST
1423681

GOST
1859921

PVX

90

80

50

250

2

PVX /BT

100

85

57

166

1,6

PVX /TEAS/BT

105

88

59

158

1,7

PVX /PEMA/TEAS/BT

108

92

65

157

1,6

izoh:kompozitsiyalar tarkibidagi modikator TEAS konsentratsiyasi to‘ldiruvchi massasiga nisbatan1,0 mas.%ni tashkil etadi.
To‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan PVXga modifikator TEAS dan 1,0 mas. % miqdorda qo‘shilganda, uning zarbga chidamliligi modifikator qo‘shilmagan kompozitsiyalarga nisbatan oshganligini ko‘rish mumkin.
PVX asosidagi kompozitsiyaga maleinlangan polietilen va TEAS qo‘shilganda, 1,0 mas. % TEAS va 30 mas. % bazalt tutgan kompozitsiyalarning zarbga chidamliligini sezilarli oshiradi.
Shunga ko‘ra zarbga chidamlilik maksimal qiymatga ega bo‘ladi va dastlabki PVXga nisbatan 90dan PVX /TEAS/BT va PVX /PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyalar uchun 105 va 108 kJ/m2gacha ko‘tariladi.
PVXga modifikator TEAS bilan to‘ldiruvchilarning qo‘shilishi, polimer materiallarning zarbga chidamliligini 90dan 105 kJ/m2gacha, kompatibilizator PEMAning kiritilishi esa-90 do 108 kJ/m2 gacha oshiradi.
Modifikatorlar ular asosida olingan kompozitlarning xossalarini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ularning polimer asos bilan fazalararo o‘zaro ta’siri orqali sodir bo‘lishi mumkin [77;17-b,78;75-b.].
Kompozitlar tarkibiga modifikatorlarning qo‘shilishi natijasida uzilishga chidamliligining oshishi effekti kuzatiladi.
Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, modifikatorlar nanozarrachalar bilan to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallarning fizik-mexanik xarakteristikalarining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nisbiy yuzaning katta bo‘lishi nanozarrachalarning polimer asosga tshldiruvchilarning yaxshi birikishiga olib keladi, shuningdek ularda bir qancha aglomeratsiyalar ham kuzatiladi. Uzilishga chidamlilikning maksimal qiymati PVX /PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyada kuzatiladi.
Olingan natijalarga ko‘ra, uzilishga chidamlilikning nisbatan katta qiymati (75MPa) PVX asosidagi kompozitsiyada modifikator TEAS ning miqdori 1,0 mas. % va bazaltning to‘ldirilish darajasi 30 mas.% ga yetganda kuzatiladi.
To‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan kompozitsiyalarda egilishga chidamlilik modifikator konsentratsiyasiga bog‘liq holatda ortib boradi, biroq zarbga chidamlilik va uzilishga chidamlilikka qaraganda kam darajada ortadi.
Shunga ko‘ra, PVX asosidagi kompozitsiyaning fizik –mexanik xossalarining optimal xarakteristikalari nuqtai nazaridan kelib chiqib, modifikator konsentratsiyasining 1,0 mas. % miqdori maqsadga muvofiqdir.
PVX ning mexanik xossalarining oshishini polimer materiallar tarkibiga modifikatorlarning qo‘shilishi va natijada nanozarrachalarning tarqalishining yaxshilanishi orqali ko‘rsatib o‘tildi [77;14-b.].
Shuni alohida ta’kidlash kerakki,.egilishga chidamlilik 30 mas. % miqdorida modifikatsiyalangan to‘ldiruvchilar tutgan polimer materiallarda modifikatsiyalanmagan to‘ldiruvchilar tutgan polimer materiallarga nisbatan ancha yuqori. Shunga ko‘ra, 1,0 mas. % TEAS tutgan polimer materiallarda maleinlangan PVX da egilishga chidamlilik maksimal qiymatga ega.
Polimerlar va to‘ldiruvchilar orasidagi o‘zaro ta’sirni, hamda polimer materiallarning xossalarining yaxshilanish sababini aniqlash maqsadida polimer materiallarning IQ-spektrlari tahlili o‘tkazildi [77;13-b.].
KMlarning IQ-spektrlarida–NH guruhlarga tegishli bo‘lgan sohalar 2000 va 2800 sm-1 diapazonda kuzatiladi. 2850-1470 sm-1 sohalarda –SN2-guruhga tegishli bo‘lgan yutilish chastotalari mavjud. IQ-spekrda=SN– guruhga tegishli bo‘lgan 2987 sm-1 sohalar, =SN2– guruhga tegishli bo‘lgan 2892 sm-1sohada yutilish chastotalari kuzatiladi.
880-870 sm-1 sohalarda –O-O- guruhlar, 1000–1100 sm-1 sohalarda Si-O- guruhlar mavjudligi kuzatiladi.
Gidroksil guruhlarning valent tebranish chastotalariga 3595 sm-1 sohalar tegishli ekanligi qayd etilgan [77;13-b.].
Shunga ko‘ra, mineral to‘ldiruvchi asosida olingan nanokompozitlarning ba’zi xossalarining yaxshilanishiga sabab, to‘ldiruvchilar yuzasidagi qutbli kislorod tutgan qismlari polimer asos bilan adsorbsion ta’sirlashishda ishtirok etishi natijasida yuzaga keladi.
Shunday ekan, to‘ldiruvchilarga tegishli bo‘lgan 3100 sm-1dan yuqori yutilish spektrlari IQ sohasida modifikatorlar va polietilen hamda poliamid asosidagi kompozitsiyalarga tegishli emas. Ularda to‘ldiruvchilarning polimer asosda bir tekis tarqalishi natijasida, to‘ldiruvchilar yuzasidagi guruhlarning o‘zaro ta’sirlashishi hamda vodorod bog‘larining uzilishi hisobiga yuqori yutilish chastotalari kuzatiladi.






Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling