Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-Mavzu: O'pkalar va to'qimalarda gazlar almashinuvi


Download 1.23 Mb.
bet22/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

24-Mavzu: O'pkalar va to'qimalarda gazlar almashinuvi.

1.Nafas olish sodir bo'ladigan jarayonlarni tartib bilan yozing: a-ko'krak qafasida bosim pasayadi, b-qovurg'alararo va diafragma muskullari qisqaradi, d-havo o'pkaga so'rib olinadi, e-qovurg'alar va diafragma ko'tariladi, f-ko'krak qafasi va o'pka kengayadi, g-alveolalarda bosim kamayadi, h-nafas olish markazida nerv impulslari paydo bo'ladi.


A)a,b,e,h,f,g,d B) h,f,e,a,b,g,d C) h,b,e,g,f,a,d D) h,b,e,a,f,g,d
2.Nafas chiqarishda sodir bo'ladigan jarayonlarni tartib bilan ko'rsating: a-ko'krak qafasi kichrayib, undagi bosim oshadi, b-qovurg'alar pastga tortilib, diafragma qorin bo'shlig'iga osilib tushadi, d-ichki qovurg'alararo muskullar qisqaradi, e-havo alveolalardan siqib chiqariladi, f-tashqi qovurg'alararo va diafragma muskullari bo'shashadi.
A)f,b,d,a,e B) f,d,b,a,e C) f,d,a,b,e D) e,d,b,a,f
3.1 g gemoglobin 1,34 ml kislorodni biriktirib oladi.100 ml qonda 15 g gemoglobin bo'lsa, u holda bir litr qon qancha kislorodni tutishi mumkin?
A)B)C)D)
4.Bola 10 minut davomida 30 ta sharni havo bilan to'ldirgan.Agar uning o'pkasi tiriklik sig'imi normaga yaqin bo'lsa, uning o'pkasi orqali 10 minutda qancha havo o'tgan?
A)B)C)D)
5 . O‘pka to‘qimasi ........... nima uchun g‘ovaksimon tuzilgan?
A) Alveolalardan tuzilganligi uchun B)Biriktiruvchi to‘qimadan iboratligi uchun
C) Bronxlardan iboratligi uchun D) A-C
6. Ayollarning nafas havosi erkaklarning rezerev havosidan, 550 ml ga kam, erkaklarning qo’shimcha havosi ayollarning rezerv havosidan 200 ml ga ko’p, Ayollarning qo’shimcha havosi erkakklarning nafas havosidan, 1,75 martta ko’p, Ayollarning qo’shimcha havosi erkaklarning rezerev havosidan, 110 ml ga kam, Ayollarning nafas havosi 400 ml bo’lib, erkaklarning qo’shimcha havosidan, 3,375 martta kam bo’lsa, ayol va erkakkning o’pkasini tiriklik sig’imi qanchaga farq qiladi.
A) 980 ml B) 1520 ml C) 390 ml D) 480 ml
7.Nafas bilan chiqariladigan havo tarkibidagi karbonat angidridni aniqlashda ohakli suvning loyqalanib qolishiga nima sabab bo’ladi?
A)ohakli suv tarkibidagi CO2 ning erigan havo tarkibidagi Ca(OH)2 ga tasiri natijasida CaCO3 hosil bo’lishi
B) havo tarkibidagi CO2 ning erigan ohak tarkibidagi Ca(OH)2 ga tasiri natijasida CaCO3 hosil bo’lishi C)t.j.yo’q
D)havo tarkibidagi CO2 bilan CaCO3 ning reaksiyasi
8. Ovoz hosil bo`lishda ishtirok etadigan havo tarkibini qanchasini kislorod va karbonat angidrid tashkil etadi?
A.20,3 % B.20,94 C.4 % D. 20,97 %
9. Tashqi muhit→alveola→kapillar→muskul shu bo`yicha qaysi gaz harakatlanishi va bosimi qanday bo`lishligini aniqlang.
A.O2 bosimi pasayib boradi B.O2 bosimi ortib boradi C.CO2 bosimi pasayib boradi D.CO2 bosimi ortib boradi
10.Tinch holatda odamni o`pkasiga kirgan havo tarkibidagi O2 ni miqdori 3770 ml.ga yetganda shu vaqt ichida yurakni ikki tavaqali klapanlari necha marta ochilishini aniqlang(barcha narsani maksimal holda hisoblang) A.72 B.792 C.936 D.144
11. Tinch holatda 30 yoshli odamning ma`lum vaqt davomida o`pka ventilatsiyasi bilan yurak sistolik hajmidagi farq 124 l yetganda shu odam shu vaqt ichida o`pkasiga kirgan kislorod CO2 ga nisbatan
qancha litrga ortig`ligini aniqlang.(nafas olish va yurak urishi minimal hisobda hisoblansin.)
A.66,9 B.66 C.70 D.69,2
12. Qo'shimcha havo qoldiq havodan necha ml ga ortiq bolishini belgilang?
A)1200 ml B)300 ml C)0 ml D)1500 ml
13.O'pkaning tiriklik sig'imi qaysi asbob yordamida o'lchanishini belgilang?
A)spirometr B)tonometr C)sfigmomonometr D)hammasi to'g'ri
14.O'pkaning tiriklik sig'imini nima(lar) tashkil etadi?
A)o'pkadan chiqadigan havoning eng ko'p miqdori B)nafas havosi,rezerv nafas olish
C)nafas chiqarish havosi D)hammasi to'g'ri
15.Nima sababdan o'pka suvdan yengil bo'lib, cho'kmaydi?
A)chunki unda1000 ml yaqin qoldiq havo qoladi
B)chunki o'pka g'ovaksimon tuzilgan
C)chunki unda 1500 ml ga yaqin qoldiq havo qoladi
D) chunki unda1200 ml yaqin qoldiq havo qoladi



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling