Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet38/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


2481-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Kodeksning 61, 1851 (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941, 1951, 196 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga tegishli qismi bo‘yicha) va 2101-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi



(2481-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.



(2481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)

Oldingi tahrirga qarang.

249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari

Davlat yong‘in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga;



(249-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga;



(249-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda jarima solishga;



(249-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;



(249-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.



(249-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2491-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari

Ushbu Kodeksning 119, 132 va 2041-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

Ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshlig‘i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir.

(2491-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

250-modda. Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Temir yo‘l transporti organlariga ushbu Kodeksning 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yo‘l transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(250-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar temir yo‘l transporti va metropoliten organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:

stansiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, vokzal boshlig‘i va uning o‘rinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshlig‘i, yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri);

yo‘lovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yo‘lovchilar poyezdining taftishchi-yo‘riqchisi, daromadlarni nazorat qilish bo‘yicha taftishchi, yo‘l ustasi, yo‘l distansiyasi boshlig‘i, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig‘i;

harbiylashtirilgan soqchilik boshlig‘i va uning o‘rinbosari, yong‘inning oldini olish bo‘yicha otryad (komanda, o‘t o‘chirish poyezdi) boshlig‘i va uning o‘rinbosari, katta yo‘riqchi va yo‘riqchi, komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning bo‘linmasi (qorovul) boshlig‘i;

bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yo‘l ustasi, bo‘linma (qorovul), komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning bo‘linmasi (qorovul) boshlig‘i, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.



(250-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

251-modda. Havo transporti organlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 1163-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.

Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari;

Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning o‘rinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘i.

(251-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

252-modda. Suv transporti organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53, 121, 122, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(252-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)

Port boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi ma’murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan idoraviy soqchiligining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshlig‘i, otryad boshlig‘i, komandir, yong‘indan saqlash yo‘riqchisi) suv transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.



Oldingi tahrirga qarang.

(253-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

254-modda. Shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(254-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati bo‘lgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.



Oldingi tahrirga qarang.

255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 492, 493, 50, 501, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.



(255-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;

mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari.



(255-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)

256-modda. Mudofaa vazirligi organlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(256-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:

ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo‘limlari boshliqlari;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshlig‘i, katta inspektori.



(256-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo‘yadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.



257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(257-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori va uning o‘rinbosari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;

davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari tuman (shahar) filiallarining mudirlari.



(257-modda ikkinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)

Oldingi tahrirga qarang.

258-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari;



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);



(258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshlig‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi — tibbiyot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

(258-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

259-modda. Davlat veterinariya xizmati

Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;



(259-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.



(259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling