Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet145/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Yakka investorlar - oʻz moliyaviy manfaatlari uchun shaxsiy mablagʻlarini tasarruf
etadilar. Yakka investor koʻpincha pensiyaga ketganda yoki uning oilasini moliyaviy
barqarorligini taʻminlashda daromad manbai boʻlishligi uchun bush turgan pullari foyda
keltirishidan manfaatdordir. Yakka investorlarni koʻpchiligi faqat shaxsiy qimmatli qogʻozlar
portfelini nima bilan tuldirish yoki shaxsiy pensiya fondini qanday taʻminlashga izlanish bilan
band boʻladilar. Katta summadagi pullarni qoʻyishi mumkin boʻlganlar investitsiya sohasida
kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlmaganliklari tufayli oʻz mablagʻlarini boshqarishni institutsional
investorlarga, masalan, banklarni trast boʻlimlariga yoki investitsiyalar boʻyicha malakali
maslaxatchilarga topshiradilar.Institutsional va yakka investorlar uchun asosiy ish tamoyillari
yagonadir: toʻgʻri institutsional investorlar odatda pul egalari nomidan anchagina yirik summalar
bilan ish qiladilar, shuning uchun ular yuqori malakaga ega boʻladilar va murakkab va nozik
usullarni kullaydilar.
Investitsiyalash. Maxsus tanlangan moliyaviy kurollarga pulni qiymatini koʻpaytirish yoki
ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayonini investitsiyalash deb ataladi. Ushbu
faoliyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega, u mantikiy ketma-ket xarajatlar sifatida bajarilishi
mumkin, uni natijasi esa daromad olish hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda bir qator yangiliklar
kiritildiki, ular investitsiyalashni ragʻbatlantiradi va ushbu jarayonni anchagina maqbullantiradi.
Investitsiyalashni ijodiy ahamiyati.
Iqtisodiyotni amal qilishi va oʻsishi davlatni
va kompaniyalarni shuningdek xususiy shaxslarni oʻsib borayotgan talablarini moliyalash uchun
qanchalik pul mablagʻlarini yengil jalb qilishga bogʻliq. Masalan, agar ipoteka zayomlarini
ishonch tarikasida boʻlmaganda edi, koʻpchilik uylarni sotib olish imkoniyatiga ega boʻlmasdilar,
zayom mablagʻlarisiz uylarni kurilishida va kurilish ashʻyolari ishlab chiqarishda judayam kam
ishchi band boʻlgan boʻlur edi. Shuning uchun, agar kuchmas mulkni kafolatsiz kreditlash xajmi
kamaysa, pirovardida bu mamlakatda umumiy iqtisodiy faollikni pasayishiga olib kelgan Bular
edi: bu tushunarli, chunki aynan pullarni maqbul tassarruf qila olishi mumkin boʻlganlarga ularni
olish yengil boʻlsa, iqtisodiy oʻsishni zarur sharoitini taʻminlagan boʻlur edi. Hamon xususiy
shaxslar pullarni yetkazib beruvchilar boʻlib hisoblanar ekan, davlat va kompaniyalar ularni sof
xaridorlari hisoblanadilar, investitsiyalash jarayoni juda salmoqli natijalarga ega boʻldi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling