Biznes boshqaruv asoslari


Investitsiyalash maqsadlarini belgilash


Download 0.76 Mb.
bet147/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Investitsiyalash maqsadlarini belgilash. Investor dastlabki shartlarni bajarish va
moliyaviy vazifalarni aniq belgilangan zaxoti, u investitsiyalashni maqsadlarni daromadlilikni
xoxlagan darajasi bilan bogʻliq vaqtini miqyoslarni, shakllarni va tavakallikni aniq darajasini
belgilashi lozim. Masalan, maʻlum yilda, yozgi dala xovli sotib olishda birinchi badal uchun 15000
dollar yoki pensiyaga chiqish muddatiga pensiya jamgʻarmasi sifatida 250000 dollar jamgʻarish
maqsadini qoʻyish mumkin. Ushbu maqsadlar faqatgina umumiy moliyaviy vazifalarga muvofiq
kelishilgan emas, balki bajariladigan boʻlishi lozim. Qoʻyish uchun dastlabki summasiga ega
boʻlish va qoʻyilgan maqsadlarga erishini qanday daromadlilik meʻyori taʻminlashi mumkinligi
haqida tushunchaga ega boʻlishi kerak.
Moliyaviy kurollarni baholash. Moliyaviy kurolni tanlashda oldin, uni qoʻyish maqsadni
nuqtai nazaridan baholash zarur. Uning har bir moliyaviy kurolni boʻlishi mumkin boʻladigan
daromadliligi va tavakkalligi haqida tushunchani shakllantirish kerak, chunki ular hammasi
baholashni yaʻni koʻzda tutilgan qiymatini aniqlashni talab qiladi. Baholash jarayoni natijasi
muayyan kurolni aniq daromadlilik tavakkallilik va bahosi miqyoslari boʻlishi lozim.
Investitsiyalashni aniq variantini tanlash. Pul qoʻyish variantini tanlash juda muhim
chunki, investorni keyingi xarajatlarini borishini ana shu belgilaydi va rejalashtirilayotgan
maqsadlarga erishish muvaffakiyati koʻp jihatdan shunga bogʻliq. Eng yuqori daromadlilikni
shunchaki taʻminlaydigan variantni oʻzi yaxshi boʻlishi shart emas; tavakkal va soliqka tortish kabi
boshqa darajalar ham muhim rol uynashi mumkin. Masalan, yuqori yillik dividendlar olishga, eng
yuqori koʻtilayotgan foyda berishi mumkin boʻlgan kompaniyani oddiy aktsiyasini sotib olishga
intilayotgan investor. Agarda shu aktsiyani chiqargan firma bankrotga uchrasa, unda aktsioner
qoʻyilgan pullarini yukotadi. Qoʻyilmalarni muvaffkiyatli Boshqarish uchun moliyaviy kurollarni
eʻtibor bilan tanlash juda muhim hisoblanadi, chunki ular qoʻyilgan maqsadlarga muvofiq kelishi
va daromadlilikni, tavakkalni va bahoni maqbul darajalari bilan taʻriflanishi lozim.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling