Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet146/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Investitsiya mukofoti. Investitsiyalarga daromad yoki foyda joriy daromad yoki qoʻyilgan
mablagʻlarni qiymatini oʻsishi sifatida olinishi mumkin. Masalan, bankni omonat hisobiga
joylashtirilgan pullar muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad beradi, shu bilan
bir paytda boʻsh turgan yer uchastkasi sotib olishga qoʻyilgan pullar, uni sotib olish va sotish
orasidagi utgan paytda uchastkani qiymatini oʻsimi koʻrinishida daromad keltiradi. Mablagʻlar
muhtoj boʻlayotganlar kimda ular ortiqcha boʻlsa jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul
yetkazib beruvchilarni tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib gapirganda investitsiyalash
jarayoni bir tekis ketishi uchun pul yetkazib beruvchilar mukofot olishi lozim, pul xaridorlari esa

ushbu mukofotni taʻminlashlari lozim. Mukofot miqyosi va shakli qimmatli qogʻozlar bilan


bitishuvlarni xilma-xilligiga bogʻliq.
Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi. Amalda investitsiyalashga xilma-xil
yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan biri aniq maqsadlarga erishishga yunaltirilgan xarajatlarni
chuqur rejalashtirishdan iborat. Boshqasi, qarama-karshi yondashuv boʻlib harakatlar tasodifidan
iborat, unda qarorlar intuitsiya asosida qabul qilinadi. Tajribani koʻrsatishicha maqbul
yondoshganda natijalar odatda yuqori boʻladi. Shuning uchun investor dastlab reja tuzishi, keyin
umumiy moliyaviy maqsadlarga muvofiq investitsiya dastoʻrini bajarishi kerak. Unday dastoʻrni
amalga oshirish natijasi tavakkallikni konikarli darajasida muljallangan daromadni beruvchi
investitsiya portfelini shakllantirish lozim. Investitsiyalashda asosiy bosqichlarni qisqacha
ifodalab kuramiz chunki u bizga kontseptsiyalarni, kurollarni va ushbu jarayonni alohida texnik
usullarini koʻrib chiqishga yordam beradi.
Investitsiyalashni dastlabki shartlari. Pulni qoʻyishdan oldin, siz oʻzingizni hayotiy
extiyojlaringiz bir maromda taʻminlanganligiga ishonch xosil qilishingiz lozim. Pullar joriy
extiyojlarni taʻminlash uchun qoʻyilishi kerak emas, investitsiyalarni maqsadi - joriy pul
mablagʻlarini boʻlajak extiyojlarini kondirish uchun foydalanishdir. Undan tashqari, siz omonat
hisobga naqd pullarga koʻzda tutilmagan holatlar paydo boʻlishini oldini olib uncha katta
boʻlmagan pul summasini kuyasiz. Boshqa sharoit esa vafot etganda, kasal boʻlganda, mehnat
kobiliyatini yukotganda, mulkiga ziyon yetkazilganda yukotishlardan muxofaza qilish boʻlib
hisoblanadi. Bunday tavakkallikdan hayotni, salomatlikni, mulkni va majburiyatlarni sugoʻrtalash
muxofaza qiladi. Undan tashqari, pensiyaga chiqqandan keyingi yetarli daromadni rejalashtirish
ham investitsiya dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi, chunki pulni bunday qoʻyishni natijasi
investitsiyalash dastoʻrini kay darajada muvaffakiyatli tuzilganligiga bogʻliq. Oʻz oldiga aniq
maqsadlar qoʻyishdan oldin yakka omonatchi pensiga chiqish paytiga eng kamida qanday natijaga
erishishini xoxlashini belgilab olishi lozim.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling