Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
hayotining bir bo‘lagi, avvalgi zafarlariyu quvonchlari bilan birga umrbod tuproq tagida 
qolganini butun vujudi bilan his qildi. 
Ichkarida Bobur kulfat chekib g‘am-g‘ussaga botgan sari tashqarida uning dushmanlari 
tantana qilishmoqda edi. Bobur Hirotdagi amakisi Husayn Boyqarodan, Toshkentdagi 
tog‘asi Mahmudxondan besh oy davomida yordam kutdi, kelmadi. Endi kelmasligi aniq. 
Shuni payqagan Shayboniyxon har kuni kechasi darvozalar tashqarisida naqora 
chaldiradi, karnay-surnaylar bilan shahar ahlini uyg‘otadi. So‘ng xon jarchilari qo‘rg‘on 
tashqarisidagi ko‘tarmalarga chiqib, shahardagilarni xon tomoniga o‘tishga chorlaydi, 
och odamlarga turli noz-ne’matlar va’da qiladi. Bobur endi urushni boy berganini sezgan 
bek va navkarlar devorlardan oshib tushib, suv mo‘rilaridan o‘tib, qamal balosidan 
qochadi. 
Bir kun kechasi Boburni qo‘riqlab yuradigan qo‘rchi begi ham qal’adan yashirincha chiqib 
qochdi. Xos qo‘riqchilar orasida Tohir bor edi. Ertasi kuni kechasi Bobur uni o‘z huzuriga 
chaqirib oldi. 
Tohir ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘prilib tushgan. Yuzidagi 
chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan. 
— Tohirbek, — dedi Bobur, — Amir Temur maqbarasining hoshiyasiga arab tilida bir 
hikmat bitilmishdir. Bu hikmatda «Jahon sendan yuz o‘girmasdan oldin sen jahondan 
ko‘ngil uza bilgin» deyilmishdir. Men endi jahondan ko‘ngil uzmoqchimen. Vabo meni 
olib ketsa, balki tez qutular edim. Lekin meni vabo ham chetlab o‘tdi... 
— Xudo saqlasin, amirzodam! Bizning suyangan tog‘imiz o‘zingizsiz! 
— Suyangan tog‘ingiz hozir yer bilan yakson bo‘lmishdir, Tohirbek! Kecha bir bayt 
bitmishmen: 
Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, 
Tangri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?! 
Tohir she’rdan ta’sirlanib: 
— Rost, hozirgi kunlarimizda safo qolmadi, amirzodam! — dedi. — Lekin oyning o‘n 
beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Shukr, hali tanda jon, belda shamshirimiz bor! 
Bobur o‘ylanib turdi-yu: 
— Endi so‘nggi ilinj yog‘iy ilkiga tirik tushmaslik! — dedi. — Bor kuchlarni to‘plab, qulay 
bir paytda qal’adan chiqayligu yog‘iy halqasiga hamla qilaylik! Kunimiz bitmagan bo‘lsa 
yorib o‘turmiz, bitgan bo‘lsa qilich bilan jon berurmiz!.. 
— Xudo xohlasa yorib o‘turmiz, amirzodam! 
— Bu sirni hozircha faqat Qosimbek bilur, siz ham sir saqlang, tayyorlik ko‘ring! 
— Jonim bilan! 
Tohir o‘sha kuni kechasi Qosimbekka uchrashdi. Ikkovlari qal’a devorining xokrezlari 
orqali tashqarini kuzatib, yovning asosiy kuchlari Ohanin, Feruza va Chorraha 
darvozalari tomonda joylashganini, Shayx-zoda darvozasining atroflarida esa yov halqasi 
zaifroq ekanini aniqladilar. Navkarlar va otliqlarning eng baquvvatlarini tanlab, ularni 
hamlaga tayyorlay boshladilar. 
Bobur Bo‘stonsaroyda xonayi xosda kitoblari va qog‘ozlarini ko‘zdan kechirib, ularning 
eng keraklilarini olib ketmoqchi bo‘lib saralayotganda eshikdan Qutlug‘ Nigor xonim, 
Eson davlat begim va Qosimbek kirib kelishdi. Vajohatlaridan favqulodda bir gap 
bo‘lgan. 
* * * 
— Amirzodam, — deb Boburning buvisi, so‘nggi yillarda ancha bukchayib qolgan Eson 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling