Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
ajralib qolishi mumkin edi. Yov ularni ikkiga bo‘lib tashlashi, so‘ng orqadan hujum qilib 
to‘lg‘ama ishlatmoqchi bo‘lganlarning o‘zlarini to‘lg‘ab, qurshab olishi mumkin edi. Hozir 
Shayboniyxon qo‘shinining chap qanoti xuddi mana shu ahvolga tusha boshladi. 
Ammo ana shu yerda eng yugurik otlarning tanlangani ish berdi. Boburning otliqlari 
oldindan qirqib chiqishga ulgurmadilar. Mahmud Sulton boshliq uch-to‘rt yuz chavandoz 
yov qo‘shinining orqasiga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan Hamza 
Sultonning ikki yuz otlig‘i ham chopqir otlarda yovni aylanib o‘tib kelib, Mahmud 
Sultonning yigitlariga qo‘shildi. Bobur qo‘shini kutilmaganda ham ikki yondan, ham 
orqadan zarba yeb, esankirab qoldi. Jon achchig‘ida baqirayotgan, qilich va o‘q zarbidan 
yiqilayotgan, oyoq ostida majaqlanib chinqirgan vahimali ovozlar, tig‘, nayza zarbalari, 
«Urho, ur!» degan nidolar otlarni ham quturtirib yuborgan edi. Bobur qo‘shinining 
dastlabki yasog‘i buzilib ketdi, ikki tomonning otliqlari aralash-quralash bo‘lib, 
piyodalarning ustiga otda bostirib keldi. Piyodalarni endi o‘z qo‘shinining otliqlari ham 
bosib-yanchib keta boshladi. 
Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga tiliday otilib chiqdi-yu
Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib kela boshladi. O‘ng qanotdagi Temur Sulton 
bilan Jonibek Sultonning yigitlari hali ham qurshovdan chiqolmas edi. Shayboniyxon 
tomonga bostirib kelayotgan ikki yuzdan ko‘proq otliqning raftori juda vahimali edi. 
Ko‘pakbiyning uch-to‘rt yuz yigiti qirg‘in bo‘layotgan joydan chiqib, yov otliqlarining keti-
dan tushdi. Ammo oradagi masofa ancha uzoq, Ko‘pakbiy yetib kelguncha berigilar 
Shayboniyxonni butun ichkilari bilan yanchib o‘tishi mumkin edi. Buni sezgan xonning 
ichkilari sarosimaga tushib qolishdi. Yuvoshgina ot minib chiqqan mulla Abdurahim: 
— Hazrati imomi zamon, vaqt o‘tdi, bexatar joyga chekinaylik! — dedi. 
Shayboniyxonning rangida qon qolmagan. U ham bexatar joyga ketishni istardi. Ammo 
bu tepalikda u tug‘lar bilan turibdi. Agar pastga tushib ketsa-yu, askarlari o‘girilib qarab, 
uni va tug‘larni ko‘rmasa, «Yengilibmiz!» — deb o‘ylashadi. Xonning chekinishi— 
yengilish alomati bo‘ladi. Shuning uchun Shayboniyxon titrab-qaqshab: 
— O‘lim bor, chekinish yo‘q! — deb qichqirdi. So‘ng u yuz qadamcha narida turgan xos 
navkarlariga buyurdi: 
— Chiq hammang! Ana u kelayotgan otliqlarning yo‘lini to‘s! 
Bu xos navkarlar xonning eng so‘nggi tayanchi hisoblanar, ular odatda yengilib qochish 
kerak bo‘lganda xonni qo‘riqlab olib ketish uchun saqlanar edi. Xon buyruq bergandan 
keyin yopirilib kelayotgan narigi yovning qarshisidan chiqib, yoylardan o‘q ota-ota ularga 
yaqinlashdilar. Xos navkarlar narigilarga qaraganda ikki barobar oz bo‘lsalar ham dadil 
savasha boshladilar. Naryoqdan Ko‘pakbiy ham uch-to‘rt yuz otlig‘i bilan yetib keldi. Endi 
yov ilg‘orlari qurshovda qoldi. Bir vaqt shu qurshovni o‘ntacha otliq yorib chiqdi. Xuddi 
ko‘pkari paytida uloq talashib to‘satdan tomoshabin ustiga bostirib kelib qoladigan 
uloqchilarga o‘xshab, Shayboniyxon turgan tepalikka chiqib bordi. Mulozimlardan bir 
nechasi «gur» etib orqaga qochdi. Ammo Shayboniyxon o‘z navkarlarining qo‘li baland 
kelayotganini ko‘rib turar edi. Kamonga o‘q o‘rnatib, tepani qiyalab qochib o‘tayotgan 
yov otliqlariga qarab otdi. O‘q hech kimga tegmagan bo‘lsa ham xon shaxsan o‘zi jangga 
qo‘l urganini ko‘rgan navkarlar avvalgidan ham qattiqroq qichqirishib, yov ilg‘orini bitta 
qo‘ymay qirib tashladilar. 
Naryoqda yov qo‘shinini o‘rab, chulg‘ab, to‘lg‘ama usulini xon aytganday amalga 
oshirayotgan sultonlar mingga yaqin yigitlari bilan Bobur turgan tepalikka yetib bordilar. 
Piyodalar Boburga ish bermay qo‘ydi. Yaqinda Toshkentdan kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul 
otliqlari Bobur-ning jangni boy berayotganini sezishdi-yu, o‘ljasiz ketmaslik uchun egasiz 
qolgan otlarni jilovidan tutib, yetaklab, jang maydonidan chiqib keta boshladilar. Ba’zi 
mo‘g‘ullar esa o‘zlari bilan bir safda jang qilayotgan andijonlik va samarqandlik yigitlarni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling