Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
308 qalbidagi shoh bilan shoirning murosa qilishi qiyinlashib ketardi. Xondamir beixtiyor Hirotni va Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi murakkab munosabatlarni esladi. Bu ikki zot yoshlikdan bir-birlarini yaxshi ko‘rar edilar, ammo podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuyg‘ulariga shu darajada zid kelar ediki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan bir shaharga, hatto bir mamlakatga sig‘ishmay qoladigan va Xurosonni tashlab hajga ketishga astoydil intiladigan paytlari bo‘lardi. Hatto bir shaharga va bir mamlakatga sig‘maydigan katta shoir bilan podshoh Boburning qalbida birga yashashga majbur ekanini va bu uni qanchalik qiyin ahvollarga solishini Xondamir hozir yaqindan ko‘rganday bo‘ldi. Uning yodiga Boburning: Yuz xayfki, zoe’ o‘tadir umri aziz, Afsuski, botil* boradir umri sharif! degan satrlari tushdi. «Shoir bu satrlarni podshohlik tashvishlaridan to‘yib ketgan paytda yozgan bo‘lsa kerak!» degan o‘y ko‘nglidan kechdi. Bobur buloq bo‘yiga cho‘nqayib o‘tirib, kaftini muzday tiniq suvga to‘ldirib oldi-da, uni simirib, xiyol tafti bosilganday bo‘ldi. Xondamir gapni yoqimliroq mavzuga burgisi keldi: — Hazratim, Hirotda uchrashganimizda siz o‘z hayotingizni... ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshatgan edingiz. Yodingizdami? — Yodimda bor. — Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko‘chki bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta ko‘z ochgandir? — Aql bovar qilmaydir. Orada shuncha uzoq masofalar bor. — Lekin chinakam zo‘r iste’dodlar — o‘lmas buloqlarga o‘xshar ekanlar. Ularning ko‘zini o‘n joyda bekitsalar, o‘n birinchi joydan yana yorib chiqar ekanlar! — Lutf qildingiz, mavlono. Hozir ijodiy ish meni xuddi shu toza buloqdek o‘ziga tortadir. Janglarning qonli sellari, saltanatning betinim to‘fonlari jonimga tegdi. Toju taxt bevafoligini ko‘pdan beri sezib yuribmen. Menga vafo qilsa faqat yozgan asarlarim vafo qilgusidir. Ota yurtim Turkistonga o‘zim qaytolmasam ham, asarlarim qaytishi mumkin. — Inshoolloh, siz ota yurtingizga zafar bilan qaytursiz. Toshkentda, Samarqandu Hirotda sizning qaytishingizni kutib yurgan ixlosmandlaringiz ko‘p. — Ammo g‘animlarimiz ulardan ko‘proqdir, mavlono. Ular bilan jang qilib vatanga qaytguncha yana qon daryosida suzmoq kerak... Men bundan juda bezganmen... Qilich bilan olingan ellar vafo qilmas ekanlar. Faqat ma’naviy zafarlar umrboqiy bo‘lishini keyingi davrlar bizga ko‘rsatdi. — Hazrat Alisher ham ma’naviyatni hamma narsadan baland qo‘yar edilar. Siz chindan ul zotning buyuk ishini davom etdirmoqdasiz. — Afsuski, hazrat Alisherdek daholar turk olamida ancha kech paydo bo‘lmishdir. Jahon bo‘ylab ot o‘ynatib, qilich topgan turk bahodirlari ming yillar davomida Chin-Mochindan Misrgacha, Hinddan Farangistongacha qanchadan-qancha qudratli davlatlar barpo etganlar. Ammo ular o‘z davlatlarini umrboqiy qiladigan turkiy alifboyu ona tiliga, yaxlit bir turkiy ma’naviyatni yaratishga yaxshi e’tibor bermaganlar. Qilich bilan tiklangan davlatlarning ma’naviy poydevori mustahkam bo‘lmasa, ular boshqa qilichlar zarbidan tez qulab tusharkan. — Rost, hazratim, turk olamining bu tarixiy nuqsoni haqida siz bilan Hirotda ham ko‘p dardlashgan edik. — Ana o‘shal dardlarning turtkisi bilan men Kobulu Samarqandda turkiy alifboni tiklamoqchi bo‘ldim. Bundan maqsad — barcha davlat ishini turkiy tilda yuritmoq edi. Ammo... bu harakat qanday fojea bilan tugagani ma’lumingizdir. — E-voh, shunday ulug‘ jasorat uvol bo‘ldi-ya! Johillar yana g‘olib keldilar! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling