Buxoro davlat universiteti qosimov f. M. Qosimova m. M


Download 1.13 Mb.
bet28/60
Sana08.06.2020
Hajmi1.13 Mb.
#116063
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti qosimov f. M. Qosimova m. M


Taqribiy sonlar
Hisoblashlarda kamdan-kam hollardan tashqari hamma vaqt aniq sonlar bilan emas, balki taqribiy ma’lumotlar, ya’ni qiymati to’la, aniq bo’lmagan miqdorlarni ifodalaydigan sonlar bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Taqribiy sonlarning hosil bo’lishi juda xilma-xildir. Ba’zilarini keltiramiz.

1. Taqribiy sonlar hammadan oldin o’lchash natijasidir. Bir xil ob’ektni bir necha marta o’lchab, turli son qiymatlarni hosil qilish mumkin. Buning sababi:

a) o’lchov asboblarining aniqmasligi;

b) o’lchash bajarilayotganda sharoitning o’zgarishi;

c) sezgi a’zolarimizning aniqsizligi.

2. Taqribiy sonlar paydo bo’lishining ikkinchi muhim manbai sonlarni yaxlitlashdir. Masalan, biror shahar aholisini ro’yxatga olishda unda 3 456 887 kishi yashashi aniqlandi. Aholini ro’yxatga olish natijasini ishlab chiqish tugashidan oldin aholi sonida o’zgarishlar (tug’ilish, vafot etish, yangi fuqarolarning ko’chib kelishi va hokazo) sodir bo’ladi. Shu sababli topilgan natijani, masalan, 3 457 000 yoki 3 460 000 soni bilan almashtirib yaxlitlash tabiiydir.



3. Ba’zi sonlarni (masalan, , …) hisoblash natijasida taqribiy son hosil bo’ladi. Bularni aniq hisoblash mumkin emas.

Ta’rif: Sonning aniq qiymati bilan uning taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduliga absalyut xato deyiladi. , bunda a – sonning aniq qiymati, A – sonning taqribiy qiymati, - absalyut xato.

Ta’rif: Absalyut xatoning sonning taqribiy qiymatiga bo’lgan nisbatiga nisbiy xato deyiladi. , bunda - absalyut xato, A – sonning taqribiy qiymati, - nisbiy xato.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling