Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili tnem-2022


Download 11.23 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2023
Hajmi11.23 Kb.
#1079534
1   2   3   4
Bog'liq
Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili tnem-20-fayllar.org

Asarning G’oyasi


  • Ch.Aytmatov inson zoti sharifini, nainki inson, umuman tirik mavjudotni juda xilma-xil sharoitlarda, turli vaziyatlarda, ziddiyatli, tang holatlarda, masud damlarda, fojia chida olib qaraydi. Insonning tavallud topishi, unib-o’sishi , kamoloti, parvozi, inqirozi, yuztuban ketish onlarida, chuqur ruhiy iztiroblar ichida korar ekan, shunisi tahsinga sazovorki, har qanday sharoitda-hatto yorug’ dunyodan abadiy ko’z yumganida ham –inson ulug’ va mukarram bo’lib qolishga arziydigan zot, deb talqin qiladi. Sobitjon otasi Kazangapnitirigida- shod, o’lganida ham obod qilmaganidan qattiq ranjigan Edigey o’yga toladi: “Odamlarga nima bo’lgan o’zi!?-deya g’azablandi. –Ularga o’limdan boshqa hamma narsa muhim!-Bu fikr Edigeyning ich-etini tirnardi.-Modomiki ularga o’lim ahamyatsiz ekan, demak ular hayotning ham qadrqimmatiga yetmaydi. Unday bo’lsa, yashashdan maqsad nima?, ular nima uchun yashaydilar?Yozuvchi bu asarda insonlarni mehnatkash yoki tanballarga ajratmaydi. U odamlarning qanday din, qanday mazhab, qanday siyosiy-partiya vakili bo`lganidan qat`iy nazar, shavqatli va shavqatsiz, vijdonli, insofli va insofsiz, dono va nodon qahramonlar orqali asar g’oyasini qahramonga yetkazib beradi va kitobxonda qadryatlarga, inson zotiga hurmat bilan qarash, har qanday vaziyatda taqdiridan nolimaslik va sabr-bardoshli bo’lish kabi insoniy qiyofani shakllantiradi. Bir so’z bilan ifodalaganda roman odamning odamligini ta`minlab turadigan asosiy qadryatlar haqida dard bilan bitilgan o`lmas asardir.

Asarning Sarlavhasi

«Asrga tatigulik kun» dastlab o’zbek tiliga «Asrni qaritgan kun.Bo’ronli bekat» nomi bilan «Yoshlik»jurnalining 1986-yil 1-4, «Kunda» nomi ostida “Sharq yulduzi”jurnalining 1987-yil 8-10sonlarida Asil Rashidov va Ibrohim G’afurov tarjimalarida bosib chiqilgan edi. So‘ng, «Asrga teng kun», «Asrga tatigulik kun» keyinchalik «Asrni qaritgan kun» sarlavhasi ostida chiqa boshladi. Asarning o’zbek tilidagi tarjimasi asosida o’zbek kitobxoni bevosita o’ziga qardosh bo’lgan xalqning buyuk farzandining buyuk asari bilan tanishish, uning ko’nglidagi og’riqlarni bilish imkoniga ega bo’ldi. Asarning asl nusxasiga nazar tashlaydigan bo’lsak o’quvchi bundan tarjimadan topganchilik ma’naviy ozuqa topolmasligi mumkin. Ammo asar tarjimasi o’zbek kitobxonini bir muncha vijdon azobida qiynashi, o’ylantirishi turgan gap. Xulosa qilib aytilganda, asarning asl nusxasini tan deb oladigan bo’lsak uning tarjimasi unga chinakam ruh bag’ishlagan. Asar yuksak did, e`tibor va chinakam mahorat bilan yozilgan bo’lib, yaqin o’tmish XX asrdagi insonlar hayoti misolida.


Download 11.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling