Chiqindi gazlarini inson salomatligiga ta’siri usmanov Ilhomjon Ikromjanovich


Download 69 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1385673
1   2   3   4
Bog'liq
CHIQINDI GAZLARINI INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI (2)

EMPERIK TAHLIL
Ma‟lumki, dunyoda sanoatning jadal rivojlanishi atmosferaga zaharli gazlarning chiqarilishini oshiradi va qishloq xo‟jaligi ekinlariga juda katta zarar yetkazadi. Olib borilgan uzoq muddatli monitoring natijalariga ko„ra, atmosferaga chiqayotgan ekologik zararli kimyoviy birikmalar, yonish mahsulotlarining moddalari va elementlari miqdori har 12-14 yilda ikki baravar ko„payadi va shu sababli atmosferaning ifloslanish muammosi global muammolardan biri hisoblanadi. Аtmosferaning ifloslanishi deganda uning tarkibi va xossalarining inson salomatligi, hayvonlar, oʼsimliklar va ekosistemalarga salbiy taʼsir koʼrsatadigan oʼzgarishi tushuniladi.
Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% insoniyat manbalarga va 25% antropogen manbalarga toʼg`ri keladi. Аgregat holatiga koʼra atmosferani ifloslovchi birikmalarni toʼrt guruhga boʼlish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, chang, qurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari SO, SO2, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglerodlar, metall oksidlari va boshqalar kiradi. Аtmosferaga oʼn minglab modda va birikmalar chiqarilgan boʼlib, ularning oʼzaro birikib hosil qilgan aralashmalari toʼla oʼrganilmagan. Bunday nomaʼlum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan inson sog`lig`iga taʼsiri aniq baholangan emas.
Аtmosferaning kimyoviy, fizik, akustik shovqin, issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaharlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga yetgan. Аtmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari yadro qurolining sinovlari, atom elektrostantsiyalaridagi falokatlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklarning ortishiga olib keladi. Havoning kuchli ifloslanishi inson sog`lig`iga, barcha jonzotlarga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Shaharlar va sanoat rayonlarida kishilar oʼrtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va oʼpka raki kasalliklarining koʼpayishi kuzatiladi. Koʼz kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kanserogen moddalar boʼlib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali taʼsiri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Аvtotransportning chiqindi gazlaridagi qoʼrg`oshin birikmalari ham inson sog`lig`i uchun ayniqsa havfli hisoblanadi.3
Sanoatning jadal rivojlanishi, turli yoqilg’ilarning yondirilishi, o`rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod miqdorining keskin kamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari miqdorining oshishi kuzatilmoqda. Agar karbonat angidridi miqdori oshib boraversa, atmosferaning ifloslanishini oldi olinmasa yana 50 yildan so`ng yer yuzasining harorati 1,5-4,5°S ga oshishi mumkin. Shu boisdan ham muzliklar erishi, okean suvlarining sathi ko`tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi geografik muhitning o`zgarishi haqida har xil taxminlar qilinmoqda.
Hozir Yer kurrasida kishilarning xo`jalik faoliyati bilan bog’liq holda atmosferaga har yili 500 mln. t atrofida oltingugurt gazi, (SO), sulfid oksidi, azot oksidi, karbonat angidridi va pestitsidlar chiqarilmoqda. Bulardan tashqari, sement, ko`mir, metallurgiya va boshqa sanoat korxonalaridan ko`plab atmosferaga kul, rux, qo`rg’oshin, mis, chang va boshqa qattiq moddalar chiqarilmoqda. Shuningdek, katta maydonlardagi o`rmonlarni kesib, yerlarni haydash tufayli tuproq eroziyasi va deflyatsiyasi kuchaydi, o`rmon o`tloqlarda yong’in ko`paydi, qishloq xo`jaligida pestitsidlarni ko`plab ishlatish oqibatda amosfera tarkibida chang, tutun, qurumlar, zaharli moddalar tarqaydi. Тoza havo, shuningdek, o`simlik, hayvonlar va qishloq xo`jalik ekinlari uchun ham zarur. Hatto antibiotiklar, yarimo`tkazgichlar, aniq o`lchagich asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham toza havo kerak.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling