D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Tahliliy - ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish usuli


Download 0.89 Mb.
bet135/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Tahliliy - ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish usuli.

0‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu bo'yicha fikrlashni talab qiladigan, muvofiq ravishda tavsiyalar ishlab chiqishini o'rganish zarur bo'lgan savol yoki muammoni doskaga yozadi.

Muhokama jarayonida bildirgan fikrlar ham yozib boriladi. Ay­taylik, biz xarajatlarni o‘rganayapmiz. Asosiy maqsad xarajatlarni kamaytirish orqali mahsulot ishlab chiqarib, sotishdan yuqori foyda olishni ta’minlash. Demak, xarajatlarni kamaytirish omillarini aniqlashimiz, ularning ta’siri katta yoki aksinchaligini aniqlashimiz kerak. Buni guruhda muhokama kilish uchun doskaga:

«Sarf-xarajatlar miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar» deb yozib qo‘yamiz.

Guruhda 20 ta talaba bo‘lsin. Har bir talaba navbat bilan o‘z fikrini aytadi va biri ikkinchisini takrorlamasligi kerak. Bildirilgan fikrlar doskaga yozib boriladi.

Sanab o‘tilgan omillardan 5 tasini ajratib ko‘rsating, deya audi­toriyaga murojaat qilamiz. Javoblarni individual yoki kichik guruh­lar miqyosida umumlashtiriladi. Misolimizda, aytaylik, bosh mene- jer va menejerlarning malakasi va mahorati, texnika va texnologiya darajasi, mehnat unumdorligi, xomashyo narxi, mahsulot sifati ko‘rsatildi. Talabalar nima sababdan aynan u yoki bu omilni bir­inchi, ikkinchi va hokazo o‘rinlarga qo'yganlari sababini asoslab berishadi.

Ishni boshqacha tashkil qilsa ham bo'Iadi. Bunda mavzu yoki





qo'yilgan asosiy savolning o'zini ifodalaydigan bir necha savollar tayyorlab, uni kichik guruhlarga bo'lib beriladi. Har bir kichik gu­ruh o'z savoli bo'yicha alohida «aqliy hujum» o'tkazadi va natijani butun guruh oldida taqdimot qiladi. O'qituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va har bir guruhda aqliy hujum qanday bo- rayotganini kuzatib, bir guruhdan ikkinchi guruhga o'tib turadi.


Aqliy hujumning bunday usuli qisqa vaqt davomida bir savolni turli jihatdan ko'rib chiqish imkonini beradi.

Javoblar baholanganda bildirilgan eng yaxshi fikrni talabalar­ning o'zlari ajratib, 1—3 o'rin berishni taklif qiladi.- Talabalarni taqqoslash va baholashga jalb etamiz.

Aqliy hujum metodini o'ziga xos modifikatsiyasi «fikrlar hu- jumi» metodi bo'lib, bu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. Uni katta guruhlarda (20 tadan 60 tagacha talaba bo'lgan) qo'llash mumkin. Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo'lina- di. Har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo'yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda fikrlar hujumi o'tkaziladi. Shundan so'ng har bir kichik guruh vakili o'z guruh- larida ishlab chiqilgan g'oya haqida axborot beradilar. O'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib, unga baho beriladi va eng yaxshilari tanlab olinadi.

«Fikrlarning shiddatli hujumi» esa Ye. A. Aleksandrov to­monidan ishlab chiqilgan. G. Ya. Bush tomonidan o'zgartirilib, dars jarayonida qo'llash yo'lga qo'yilgan. «Fikrlarning shiddatli hu- jumi»-destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bunda jamoa bo'lib g'oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari bildirilgan fikiga, dialog tarzida zid g'oyalar qo'yilishi bilan yanada kengaytiriladi, faollashtiriladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling