D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


-§. Dars jarayonida «sase study method»ni qo‘llash


Download 0.89 Mb.
bet136/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

2-§. Dars jarayonida «sase study method»ni qo‘llash

Bozor iqtisodiyoti har turli vaziyatda to'g'ri tanlash va qaror qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. AQShning XX asr bosh- laridagi eng badavlat odamlaridan biri Rokfeller, bizni qanday hayot kechirishimiz qabul qiladigan qarorimizga bog'liq degan ekan.

Talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi — Sase study method(sase-aniq vaziyat, hodisa, study-o'qitish) — «keys» katta imkoniyatlarga ega.

Taniqli olim G Spenserning «Ta’limning buyuk maqsadi bilim





berish emas, balki xatti-harakatlarga o'rgatishdir» degan fikri aynan ana shu metodda to‘laroq amalga oshadi.
Keys — ishlab chiqa- rishda sodir boMadigan aniq muammoli vaziyatning tafsilotidir. Ja­hon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo‘llanilayotgan keys- lardan foydalanish o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llashga qaratilgan. Garvard (AQSh) universitetida tahsil olayotgan tala­balar, magistrantlar iqtisodiyotda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatni ifodalagan 2,5 ming keysga javob topgach, diplom olish huquqiga ega bo'lishi, rivojlangan mamlakatlarda o'kua rejalarida keyslar 20%ni tashkil efrishi ham ularni iqtisodi­yotni o'rganishda naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Keyslar turli-tuman bo'lib, muammoni qamrab olish miqyosiga ko'ra: makro, mikro, mini va umumiy keyslarga, maqsad- mazmuniga ko'ra: strategik va taktik keyslar, muammoli vaziyat­ning yuz bergan, bermaganiga ko'ra: real voqyelikka asoslangan, voqyelik imitatsiya qilingan va boshqa turdagi keyslarga bo'linadi.

Bu metodning boshqalaridan farqi shuki, talaba muammoli vaziyatni o'rganib, xulosa chiqarish, qaror qabul qilish, undan qan­day chiqib ketishni o'rganadi. Bu metod talabalardan atroflicha bilimga ega bo'lishni talab qiladi. Chunki, qaror qabul qilish nafaqat iqtisodiyot, balki faoliyatni tashkil etish, ish yuritish, ax­borot va ular bilan ishlash, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlardan ham bilimdonlikni talab qiladi.

  • Keys talabalarga real voqelikdan kelib chiqib, muammoli vaziyatlarni modellashtirish imkonini beradi, amaliyotda aniq vazi- yatga tashxis qo'yish g'oyalami shakllantirish, gipotezalar ishlab chiqish, muammolarni ajratish, qo'shimcha qanday axborotlar to'plash zarurligini tezda ilg'ash, muammoni yechish bo'yicha za­rur chora-tadbirlar ishlab chiqishni o'rgatadi.

  • Keys talabalarga muammoli vaziyatlarni tahlil qilish uni yechish, idntifikatsiya qilish bo'yicha erkin yo'llarini tanlash imkonini beradi.

  • Keys talabalarga uni muhokama qilish jarayonida o'zaro muloqotda bo'Iish, boshqalarni fikrini eshitish va unga o'z mu- nosabatini bildirishni o'rgatadi.

  • Keys nazariy bilimlarni, ko'nikma va mahoratlarini amalda qo'llashga o'rgatadi. Bu metodning yana bir muhim tomoni shun- daki, u nazariyani amaliyot bilan bog'laydi. Shuning uchun ham ko'pchilik pedagoglar keysga ishlab chiqarishda yuz beradigan aniq muammoli vaziyatning tafsiloti sifatida qarashadi. Keyslar maz­muni, qamroviga ko'ra: mikrokeys, minikeys, umumiy keyslarga,




Farqlovchi

ko'rsatkichlar

O'qitish metodlari




An’anaviy metodlar aso­sida o'qilgan ma’ruza,

Muammoli vaziyat — keys metodi

Maqsad

Bilim berish

  • fikrlash;

  • muammoni hal etish ko'nikmalarini hosil qilish;

  • kashflyotlarga inti­lish, hamkorlikka tay­yor bo'Iish sifadarini rag'batlantirish

O'qituvchining

vazifasi

O'z fanining maz­munini bilish

O'z fani mazmunini bilish;

muhokama jarayonini boshqara bilish;

O'qituvchi — talaba

munosabatlari

O'qituvchining o'quvchi, talaba usti- dan hukmronligi. Ierarxiya, huquq- larning teng emasligi

sheriklik va hamkorlik




Talabalarning

o'z-o'zini va

bir-birini

o'qitish

jarayonida

ishtiroki;

Sust

Faol talabalar o'qituv­chining vazifasi hisoblanuvchi muhokama rejasini tuzish, asosiy maqsadni aniqlash, mustaqil muhokama qilishga qodir bo'ladilar

Mas’uliyat

Mas’uliyat to'la

ma’ruzachining

zimmasida

Mas’uliyat ko'proq ting­' lovchi, talaba, o'quv­chi zimmasida

Tadqiqot

ko'lami

Fan doirasida

Fan doirasini har bir talabaning intellekti, intilishi bilan bog'liq holda keng qamrab ol- ich imkoniyati mavjud



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling