D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar berish


Download 0.89 Mb.
bet35/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

0‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar berish. O'quvchi, talabalarga tafakkur qilish va ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini yaratuvchi topshiriqlar beriladi.

Har bir topshiriq yoki mashqdan keyin bajarilgan ishlar ba- holanadi. Natijalarni guruhlarda ochiq-oydin va samimiy muho- kama qilish ham yuqori samara beradi. Modulni o'rganish oxirida yakuniy suhbat uchun vaqt ajratilishi kerak. Bu —o'qituvchi va o'quvchi-talabalar faoliyati natijalari, ularning amalga oshirgan va oshirmagan ishlari yuzasidan mulohaza yuritish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

Fanlarni modul texnologiyasi asosida o'qitishda o'quvchi, tala­balar bilimi va ko'nikmalari o'quv maqsadlariga muvofiq holda





muntazam baholanishi kerak. Baholash huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga hamda Davlat ta’lim standartlariga asosla- nadi. Baholash orqali butun modulni o‘rganish jarayoni va uning barcha komponentlari maqbulligi tekshirilib ko‘riladi. Bu bilan modulli o‘qitish kutilayotgan natijani berayotgani yoki bermayot- gani aniqlanadi.

Shunday qilib, pedagogik texnologiya, to'g'rirog'i, ta’lim tex­nologiyasi, qo'llaniladigan metodlarning barchasi ham ta’lim oluv- chilami chuqur bilim olishlari va talab darajasida ko‘nikmaga ega boiishlariga qaratilgan. Hamma gap qo'yilgan maqsadni qay dara­jada amalga oshirishdadir.

Xulosa



  • Pedagogik texnologiya deganda «ishlab chiqarish» natijasi- mahsuloti» ma’lum malakaga ega boigan mutaxassis tayyorlash uchun o'qitish jarayonini qo'yilgan maqsadga ko'ra izchil ketma- ketlikda turli vosita va metodlarni qo'llash o'quvchi-talaba va o'qituvchi hamkorligini amalga oshirish tufayli samarali va kafolat- langan ta’lim natijasiga erisliishni ta’minlovchi pedagogik faoliyat tushuniladi.

  • O'qitish metodlarini pedagogik texnologiyaning nerv tomir- lari deb atash mumkin, chunki qo'yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish dars o'tish metodlarini tanlash va qay tartibda qoilashga bog'liq.

  • Ta’lim tizimiga, o'qitishga qator yondashuvlar mavjud bo'lib, ular darsni o'tkazishda o'qituvchining qanday rol o'ynashi, qo'yilgan maqsad, o'quvchi-talabalarning dars jarayonida faolligini ta’minlash, qo'yilgan maqsadni amalga oshirish metodlari, mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, erishish mo'ljallangan natija va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ulardan keng tarqalganlari ko'rgazmali-an’anaviy, texnologik, tadqiqiy- ijodiy yondashuvlar bo'lib, keyingi paytlarda integral va modulli yondashuvlar asosida o'quv jarayonini tashkil etish ham keng qo'llanilmoqda.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Texnologiya, pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyasi, tar­biya texnologiyasi, ta’lim jarayoni, dars o'tish metodlariga yon­dashuv, an’anaviy ko'rgazmali yondashuv, texnologik yondashuv,



tadqiqiy-ijodiy yondashuv, integrativ yondashuv, modul texnologi­yasi.

Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. Pedagogik texnologiyani o'rganish obyekti sifatida e’tirof etilishi bosqichlari (davrlari)ni ko'rsata olasizmi?

  2. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz, unga berilgan qanday ta’riflarni bilasiz?

  3. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflaming qanday umumiy tomonlari va farqlari bor?

  4. Ta’lim texnologiyasi bilan metodlarining farqi bormi? Me­todlar ta’lim texnologiyasida qanday o‘rin tutadi?

  5. 0‘qitishning an’anaviy metodlari bilan rroan’anaviy metod­larining qanday farqi bor? Ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsata olasizmi?

  6. O'qitishga (ta’limga) uch xil yondashuvning qiyosiy xarak- teristikasiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin?



IV bob. IQTISODIY FANLARNI 0‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR VA ULARNI TANLASH


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling