Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida


Download 46.55 Kb.
bet8/10
Sana03.02.2023
Hajmi46.55 Kb.
#1156604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya

13-modda:Bola o’z fikrini erkin ifodalash huquqiga ega. Bu huquq har qanday turdagi axborotni og’zaki, yozma san’ati asari ko’rinishida yoki bolaning tanloviga ko’ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o’z ichiga oladi. 28-moddada ko’rsatilganidek bolaning ilm olish huquqin e’tirof etadilar hamda ana shuteng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta-sekin erishish maqsadida ular, jumladan: a) bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar; b) bolalarning maktabga muntazam borishlariga ko’maklashish hamda maktabni maktabni tashlab ketadigan o’quvchilar sonining kamayishi uchun chora tadbirlar ko’radilar.
29-modda: Bolaga ta’lim berish quyidagi yo’nalishda olib boriladi: a) bolaning shaxsi, istedodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to’la hajmda rivojlanishi; b) atrof-muhitga hurmatni tarbiyalash; d) bola o’z mamlakatining urf-odatlari, madaniyatiga hurmat bilan qarashni ta’minlash;
Demak, bu moddalarda qayd etilgan huquqlar asosida bolalarning o’zini himoya qilish, o’z-o’zini boshqarish, ularga yuklatigan qoidalarni har tomonlama va har doim eslatib, xabardor qilib borish lozim. Yuqorida keltirilgan Konvensiyaning ba’zi bir moddalarini ko’rib chiqqan edik. Ana shu huquqlarni bilishlari ularni amalda qo’llab, maktablarda o’qituvchi ustozlar ham bu bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyalarning moddalarini eslatib o’tishsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqoridagi huquqlarning undagi qo’llanilishini Konstitutsiya moddalarida va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlar asosida asoslansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Huquqshunos olim X.Muxammedovning yozishicha, “Agar oila urug’ a’zosi uning yashash qoidalarigarioya qilishni xohlamasa,og’ir nojo’ya ish qilsa, kaltaklanishi, haydab yuborilishi yoki xatto jamoa irodasi bo’yicha o’limga mahkum etilishi mumkin bo’lgan”.
Markaziy Osiyo xalqlari ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati nabaviyada shakllanadi sunnat negizini tashkil qiladigan hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtiyoji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd Ibn al-Hasanning «Majma-ul Fiqh», Malik ibn Anosning «Al-Mavatga» va Ahmad ibn Hanbaning «Al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ular Hadislarni saralab toplashni vazifa qilmay huquqiy tarbiyaga javob berishga asos bo’ladigan zarur hadislarni toplash bilan cheklanganlar. Keyinchalik bu faoliyat hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar tomonidan davom ettirildi. Ilardan butun Islom olamida e’tirof etilgan «Olti ishonchli to’plam» («Qutub assihal assetta) deb yuritiladigan to’plamlar alohida o’rin tutadi. Bular Imom alBuxoriy va Imom Muslimalarning «Jome’ as-sahih» (ishonchli to’plam) AnNasoiy, Abu David, At-Termiziy va Ibn Mahjalarning «As-Sunan» nomli Hadislar to’plamlaridir Buyuk islom olimi fiqih Burxoniddin al-Marg’iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur 19 bilimga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdonalar yaratgan. U Samarqandga ko’chib borib, butun islom olamida mashhur «Al-Hidoya» asarini 573-yili yozgan. (1170-yil melodiy). Bu asar avro’pa xalqlari tillariga tarjima qilinib katta qiziqish bilan o’rganilgandan uning ko’pgina mamlakatlarda huquq ilmi rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatishga shubha yo’q.
O’zbekiston-Mustaqil, demokratik, huquqiy davlat, O’zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qa’tiy nazar fuqarolarning huquqlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Qonuniylik va huquq targ’ibot tantana qilmasa shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirib bo’lmaydi. Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi «Huquqiy tarbiyada asosiy dasturdir.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil bo’lishi munosabati bilan maktablardagi ta’limtarbiya ishlari tinimsiz rivojlanib bormoqda. Respublikadagi sog’lom vaziyat xalqning moddiy farovonligi va madaniy saviyasining o’sib borayotganligi, mehnatkashlarning onglilik va intizomlilik darajasi yuksalganligi tufayli huquqbuzarlik xolatlari tobora kamayib bormoqda. Kishilar ongida jamiyat manfaatlari yo’lida halol mehnat qilish, sofdil haqgo’y bo’lish, adolatsizlikka, tekinxo’rlikka, tamagirlikka qarshi murosasiz borish, qonun me’yorlariga hurmat nazari bilan qarash kabi hislatlar ko’proq singib bormoqda. O’quvchilar onggiga huquqiy sifatlarni singdirishda tarbiyaning barcha omil va vositalaridan pedagogik ishning barcha usullaridan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish, hyech shubhasiz, o’zining samarali natijalarini beradi. O’quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiyani berishda ularda yuksak fuqarolik his-tuyg’ularini, sifat va hislatlarini tarkib toptirishda ta’lim tarbiyaning birligi muhim.
Shu tariqa tariximizda axloqiy va huquqiy jarayonlar ko’pligi va qanday namoyon bo’lganligini bilamiz. Masalan: «eng mo’tabar qadimiy qo’llanmamiz «Avesto» ning yaratilishida 2700 yil bo’lganiga qaramay bu nodir kitobdan 30 asr 20 muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu
O’zbekiston zaminida umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ikki million she’riy misradan iborat xudolar va ma’budalar haqidagi afsona va rivoyatlarni, diniy madhiya va aqidalarni o’z ichiga oladi. Uning yaratilgan joyi to’g’risida turli fikrlar mavjud. Jumladan u Baqtriya So’g’diyona yerlarida yaratilgan degan taxmin bor. Zardushtiylik diniy qarashlari bilan huquqiy ong va qarashlar o’zaro chambarchas bog’liqdir. Zero, ikkalasining manbai bir «Avesto» hisoblanadi. Bu dinning asosiy g’oyasi shundan iboratki, tabiat va jamiyatda ikki asosiy kuch yaxshilik va yomonlik o’rtasida kurash boradi.
O’zbekiston hududida mazkur eramizgacha «minginchi yillik o’rtasida yashagan qabilalarning ijtimoiy, siyosiy, tuzumi huquqi haqida birinchi manba sifatida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Qadimgi davr O’rta Osiyo xalqlari huquqiy qarashlarni o’rganishda bu kitob ajoyib manba bo’lib xizmat qiladi. Bu kitobda eronshunos olim A.G Perixanyan e’tibor qaratgan «Avesto»ning bir qancha qarashlarida kishilar o’rtasida talab qilinadigan xulq-atvor qoidalari, oila-nikoh masalalari, jinoyat va jazo, ayniqsa jazo sinab, diniy etnik qoidalar asosida olib borilgan. Qonun yaratuvchilar va qonunlar ahamiyat bergan narsa, bu berilgan so’zning muqaddasligidir.
Diniy aqidalarga ko’ra tabiatning alohida qonuni mavjud bo’lib, bu qonun hamma narsaga tartib beruvchi «eta» deb atalib, u inson xulq-atvorini ham boshqaradi. Demak, faqat haqiqatgina emas, ko’proq axloqiy mazmunga ega juda keng umumiy tushunchadir. «Avesto» huquq manbai sifatida ko’pgina yuksak insoniy qadrqimmatlar asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. O’z navbatida bu qonun qoidalarning muqaddas kitobi «Avestoda» da ham chuqur aks etganligi qadimiy O’rta Osiyoda yashagan xalqlar ijtimoiy-siyosiy rivojlarishning sharq mamlakatlaridagi boshqa xalqlar bilan bir qonuniyatlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Davlatning rivojlanishida huquqiy tarbiyaning o’rni muhim ekanligi quyidagi fikrda o’z ifodasini topgan. Millatimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy yutuqlarini tiklash, saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirish to’g’risida 21 bundan buyon ham tinmay xamxo’rlik qilamiz deydi prezidentimiz bu sohadagi davlat yo’lini izohlab. -Bu g’amxo’rlik O’zbekiston xalqining madaniy o’ziga xosligi serqirra bo’lishining kafolati, demokratik o’zganishlar kafolati bo’lib xizmat qiladi. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib qanchadan-qancha avlod ajdodlarimiz orzu qilgan, ko’ngliga armon bo’lib qolgan umidlari ro’yobga chiqdi va bir ozod o’lkaning hur farzandlari, istiqlolning musaffo havosidan erkin nafas olmoqdamiz. Yurtimiz ham iqtisodiy, ham madaniy, ham ijtimoiy rivojlanishga yuz tutdi. Mustaqilligimizning 20 yil ichidagi va undan keyingi taraqqiyot yo’li O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berildi va shu asosida rivojlanib bormoqda.
Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida huquqiy poydevor yaratildi. Ma’lumki davlatning kelajakda farovon hayotga erishishida asosiy yukni kelajak avlod o’z zimmasiga oladi. «Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarish lozim, zero, mustaqillik so’zining zamirida ham katta ulug’ huquqqa ega bo’lish degan tushuncha yotadi», -degan Islom Karimov. Mustaqil O’zbekiston yoshlarini tarbiyalashda, ular ongida huquqiy tafakkurni, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur g’oyalarini, halollik, poklik, adolatlilik, kamtarlik, odamiylik fazilatlarini hamda yuksak mustahkam e’tiqodni shakllantirishda ushbu huquqlarimizni o’rganish cheksiz imkoniyatlar beradi. O’zbekiston Respublikasi xalqi mustaqil huquqiy davlat va demokratik jamiyat barpo etayotgan bugangi kunda hayotimizning barcha jihatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish har qachongidan ham muhim bo’lib qolmoqda. Mustaqillik-bu millat orzusi, o’z rivojlanish yo’lini o’zi tanlash huquqi. Mustaqillik bu o’ziga beklik, mustaqillik bu orzular ro’yobidir. O’zbekiston o’z orzularini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatga ega. Xalqimiz qonida ilmga tashnalik va zukkolik va ma’naviy go’zallik kabi tushunchalarni farzandlarimiz, yoshlarimizda ko’rib istiqlolga, kelajakka umidimiz yanada ortadi. Davlatimizning hurligi, osoyishta va obodligi tufayli yoshlarimiz uning misoli, vakili sifatida 22 xorijiy o’lkalarga asta-sekin chiqishmoqda. Endigi masala qomusimizda berilgan qonunlar va ularni yoshlarimizga tadbiq etish to’g’risida boradi. Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlar bilan jahonni qoyil qolishi lozim» deb ta’kidlagan I. Karimov. Konstitusiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar majmui jahon davlatni, davlat, millatni millat sifatida tan oladi. Konstitusiyamiz, ya’ni hayotimizning asosiy qonuni haqida uning o’rni va ahamiyati, ma’no mohiyati haqida ko’p gapirish mumkin. Davlatimiz, jamiyatimiz va har qanday inson say harakatlarini, ularning o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilab va chegaralab beruvchiqomus sifatidagi jihatlari haqidato’xtalib o’tamiz. Konstitusiya bu-qonun. U fuqarolar qoniga sut bilan kirish kerak. Ko’zlari shu qonun bilan ochilishi, ularni shu qonun bilan chiqishi kerak. Shundagina qonun o’z maqomiga yetadi. Mamlakat yashaydi, qudrat topadi. Axir tasavvur qiling «Ota», «Ona», deb tili chiqqan go’dak bu so’zlarn unutishi mumkinmi? Mazmun va mohiyatiga befarq bo’lishi mumkin emas. Xullas, Konstitusiyamizdagi qonunlar, kitoblar varag’ida yashamaslik kerak. U hayotimiz bilan aralashib yashashi xuddi jonli odamdek faoliyat ko’rsatishi lozim. Buning uchun qonunlar qalbga ko’chirish lozim. Qalb esa bolalikdan pokiza, beg’ubor bo’ladi. Unga bitilgan narsa abadiy qoladi. Aslo o’chmaydi. Shunda Konstitusiyamiz vatanimiz tarixiga aylanadi. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» degan kitobida huquqimizni bilish, konstitusiyamizni o’rganish haqida turli xil fikrlar berilgan. Bugun O’zbekiston xalqi ulug’ ajdodlarning an’analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirni o’z qo’liga olib qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik, barqarorlikni millataro ahillik va fuqarolar totuvligini avaylab-asrab yangi tarix sharoitida kelajagini qurmoqda. Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro’ e’tibori uning Konstitusiyasi hisoblanadi. Zotan Konstitusiya davlatni-davlat, 23 millatni-millat sifatida dunyoga tanitgan qomusnomadir. Shu ma’noda asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Shu bilan birga bu Konstitusiya umumiy mazmundan boshlab, oddiy bir bandiga qadar Xo’ja Ahmad Yassaviy bobomiz davrida, buyuk Amir Temur zamonida shakllangan milliy tafakkurni, muqaddas islomiy qadriyatlarni o’zida aks ettiradi. Shu ko’hna zamin odamlari ko’nglida ustivor bo’lgan adolat, haqiqat, iymon, oliyjanoblik, bag’rikenglik kabi ulug’ hislatlar bu muborak xujjatdan munosib o’rin olgan. Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Konstitusiyamiz inson huquqlarini umumjahon demokratiyasining barcha asosiy g’oya va qoidalarni o’zida singdirgan. O’zbekistonda yashovchi har bir shaxs fuqarolik huquqiga ega. Hyech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
O’zbekiston fuqarolari o’zlarining nasl-nasabi, irqi, millatidan va boshqa holatlardan qa’tiy nazar teng huquqga egadir. Konstitusiyamiz O’zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va milliy an’analarini hurmat qilishlarini kafolatlaydi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi» degan so’zlarini tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozdirgan edi. Madomiki, shu mo’tabar zaminda tavallud topgan shaxs, o’zini aynan shu yurt farzandi deb inson o’z davlati, o’z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etgan bo’lishi kerak. Sodda qilib aytganda, har qaysi fuqaro har birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas balki «Men o’zim Vatanimga, el-u yurtimga nima berdim?» deb o’ylashimiz va shu o’y bilan yashashimiz kerak. Prezidentimiz bu mulohazalarni bildirishida ayniqsa targ’ibotchilar, tarbiyachilar, muallimlar va uztozlarga alohida to’xtalib o’tadi. Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish, haqiqiy Vatanparvar, haqiqiy fuqaro bo’lib yetishishida eng avvalo tarbiyachining o’z ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak. 24 Shunday ekan bugungi siyosatimizda ota-bobolarimizning ana shu olijanob an’analariga sodiq qolib, yosh avlodni o’stirishda, tarbiyalashga dahldor insonlarga birinchi navbatda e’tibor ko’rsatib alohida ehtirom ko’rsatish davlatimizning muqaddas burchidir. Xuquqiy ma’naviyat bosh mavzu sifatida o’rin olgan Konstitutsiyashunoslikdan boshlanadi. Huqiqiy ong, haquqiy ma’naviyat va huquqiy madaniyatning sarchashmasi konstitutsiyadan iborat. Shu bois muhtaram Prezidentimiz I,A.Karimov yangi asrning boshida bo’lgan famoishi konstitusiyani o’rganishni tashkil etishga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Jamiyat hayotining mezoni bo’lgan konstitutsiyani chuqur va har tamonlama o’rganishimiz uning ma’nosiga yetib borib amaliy hayotimizning doimiy qo’llanmasiga aylantirishimiz darkor deb ta’kidlagan Islom Abdug’aniyevich Karimov.

XULOSA
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash ularda milliy g’urur, milliy ong va o’z-o’zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi. O’quvchilarda Vatanga nisbatan mehr-muhabbat g’oyalarini singdirish, huquqiy tushunchalarni shakllantirish orqali fuqarolik hissini tarbiyalashdan kelib chiqadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllantirish xaqida so’z borar ekan, avvalo, o’quvchilarga huquqiy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini ochib bermoq zarur. Huquqiy ta’lim-tarbiya mazmunida ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari va davrlar sinovidan o’tgan hayot saboqlari jamuljamdir. Ana shu tufayli huquqiy ta’limtarbiya berish ishlarida boy tajriba to’planmoqda.
Prezidentimizning huquq to’g’risidagi ma’ruzalariga odamlarimiz ongida eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning talabidir. Ana shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo etish mumkin bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy bilimga ega bo’lgan inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi. Huquqiy ta’lim maktabda maktabda uzluksiz olib boriladi. Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy bilimga ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan 65 davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Umumiy ta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda huquqiy tarbiya olib borish uchun yetarli imkoniyat mavjud. Ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchlaridan bir qadar ijodkorlik, izlanuvchanlikni talab etadi.Matbuotda, radioda, telivedeniyada jamiyatimizda huquqiy savodxonlikni oshirish to’g’risida yangi qonunlar qabul qilinishi, yangi darsliklarning chop etilishi nur ustiga a’lo nur bo’lib xizmat qilmoqda. Huquqiy ta’limni rivojlantirish to’g’risida ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida mashg’ulotlar olib borilmoqda. Huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali amalga oshiriladi. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning muhum tarkibiy qismi xisoblanadi. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga dastlab, maktabgacha ta’lim muassasalarida, boshlang’ich sinflardan boshlab maktablarda asos solinadi. Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali maktab va maktabdan tashqari ta’limda o’quvchilarga Konstitutsiya, fuqarolik, oila, mehnat,xo’jalik, ma’muriy, sud ishlarini yuritish va boshqa huquqi atamalarning ma’nosi tushintiriladi.Bolalarni davlat qonunlarini hurmat qilish va ularga rioya etish, huquqiy bilimlarni egallash, tarbiya va intizomni buzuvchilarga nisbattan murosasiz bo’lish ruhida tarbiyalash, halqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, Xalqaro tashkilotlar (BMT v.b) faoliyati haqida umumiy tasavvurlar hosil qilinadi.Bundan tashqari o’quvchilarga huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmun mohiyatini chuqur anglab etish orqali mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy- huquqiy manfaatlari haqida bilimlarga ega bo’ladi

Download 46.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling