Davlat xaridini tashkil etish modellari


Tenderlarni tashkil etish


Download 208.8 Kb.
bet5/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)

4.5 Tenderlarni tashkil etish
Tenderlar tenderlarni о‘tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi bо‘lgan tender komissiyasi tomonidan о‘tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSH dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta shartnoma bо‘yicha amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot (“buyurtmachi” deb ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSH dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma bо‘yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bо‘lgan taqdirda ularning viloyat, tuman, shahar bо‘limlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bо‘yicha tender savdolari о‘tkazish tо‘g‘risida”gi nizomi talablariga rioya qilgan holda, tender о‘tkazish bо‘yicha buyurtmachilar bо‘lishi mumkin.
Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda, kamida tо‘qqiz, о‘n bir kishi), shu jumladan, uning tarkibi quyidagilardan iborat bо‘ladi:

  • buyurtmachining vakillari;

  • О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki ularning hududiy bо‘linmalari vakillari (zarur bо‘lganda);

  • xizmat kо‘rsatuvchi tijorat banki va mustaqil ekspert tashkilotlar vakillari;

  • buyurtmachining yuqori tashkilotlari, vazirliklari, idoralari vakillari;

  • tender savdolari xorijiy tovar yetkazib beruvchilarni jalb etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillari.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, buyurtmachining yoki unga qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Tender komissiyasi a’zolarining tayinlanishi yuzasidan buyurtmachi javob beradi.
Tender komissiyasining ishchi organi tenderlarni о‘tkazishni (tovar yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlash, tushadigan takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishlarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va shu kabilarni amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy organ hisoblanadi.
Buyurtmachining tanlovi bо‘yicha shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining о‘zi ishchi organ bо‘lishi mumkin, u zarur bо‘lganda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSH dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma bо‘yicha amalga oshirilganda ishchi organ buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ishchi organ ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartnomalarda belgilanadi.
Davlat xaridini tashkil etishda buyurtmachi va ishchi organning funksiyalariga e’tibor beradigan bо‘lsak, tenderlarni о‘tkazishda buyurtmachi:

  • tenderlarni о‘tkazish, ularning о‘tkazilish sanasi tо‘g‘risida qaror qabul qiladi, sotib olinadigan tovarlarning eng yuqori bahosini belgilaydi va rasmiy farmoyish chiqaradi; ishchi organ faoliyatini nazorat qilib boradi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;

  • tender hujjatlarini tayyorlash shartlarini belgilaydi;

  • tenderlarni tayyorlash va о‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi;

  • tender g‘olibi bilan shartnoma tuzadi.

Ishchi organ buyurtmachi bilan kelishgan holda:

  • savdo va uni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;

  • tender hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;

  • ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki taklifnomalar jо‘natishni tashkil etadi;

  • jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  • da’vogarlarni tender hujjatlari bilan tanishtiradi;

  • arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini, saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.

Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik, qarorlarni qabul qilishning obyektivligi, tender qatnashchilariga teng sharoit yaratish, shu bilan birga, mahalliy korxonalarga ustuvorlik berish bо‘lib hisoblanadi (quyidagi 4-chizma).
Davlat xaridini amalga oshirish bо‘yicha shartnomalarni tuzish va ijro etish - ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • shartnomani tuzish;

  • shartnoma ijrosining sifati va muddatlarini baholash. Shartnomani tuzish:

  • tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shartnomalar – ishtirokchilar tomonidan kelishilgan shartlar asosida tuziladi;

  • yarmarka va birja savdolari - yarmarka va birja savdolarining о‘rnatilgan tartiblari asosida amalga oshiriladi (shartnomani tuzish savdo о‘tgandan keyingi 5 kun muddat ichida amalga oshiriladi);

  • ochiq va yopiq tanlovlar – xaridning ayrim olingan turlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik aktlari orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarni tuzish muddati hamma hujjatlarda ham о‘z aksini topmagan. Fuqarolik kodeksiga muvofiq shartnomalarni imzolash muddati 30 kalendar kundan ortmasligi kerak.


Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling