Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 


I bob. UMUMIY TILSHUNOSLIKDAN MA’LUMOT 
 1-§. KIRISH. DUNYO TILLARI VA ULAR ORASIDA O‘ZBEK 
TILINING TUTGAN O‘RNI 
  
Reja:  
1. Dunyo tillari haqida ma’lumot. 
2. Turkiy tillar oilasi haqida ma’lumot. 
3. O‘zbek tilining dunyo tillari orasida tutgan o‘rni.  
 
Tayanch  iboralar:    til,  tilshunoslik,  so‘z,  xalq,  millat,  elat,  dunyo      tillari 
qarindosh til, turkiy tillar, o‘zbek tili. 
 
Topshiriq. Quyidagi satrlar kimning qalamiga mansub? Baytning mazmunini 
tushuntiring.  Adib  yashagan  davrda  xalqimiz  qaysi  tilda  gaplashganini,  “turk 
ulusi” deganda kimlarni nazarda tutganini aytib bering.  
 
Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yakqalam. 
Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, 
Muayyan turk ulusi xud meningdur. 
Olibmen taxti farmonimg‘a oson, 
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. 
 
Hozirgi  davrda  jahon  ilm-fani  va  texnikasi  taraqqiyoti  aql  bovar  qilmas 
darajada  taraqqiy  topganiga  qaramasdan,  dunyoda  nechta  til  borligi  haqida  aniq 
ma’lumotlar  yo‘q.  Internet  ma’lumotlariga  ko‘ra,  butun  dunyoda                            6 
milliarddan ko‘proq aholi istiqomat qiladi va ular so‘zlashadigan tillarning miqdori 
6809  tani tashkil  etadi. Ikkinchi  bir  manbada bu  miqdor  6703 ta  deb ko‘rsatiladi.  
Dunyo tillaridan 14 tasining har birida 50 milliondan ko‘p aholi gaplashadi va ular 
insoniyatning 
uchdan 
ikki 
qismini 
tashkil 
etadi, 
70 
ta 
tilda 
esa 
gaplashadiganlarning  soni  5  milliondan  ko‘p,  qolgan  tillarda  muloqot 
qiladiganlarning soni 1 milliondan kam.  
Olam  turfa  ranglardan,  bir-biriga  o‘xshamaydigan  o‘ziga  xos  manzaralardan 
tashkil topgani kabi tillar ham rang-barangdir. Masalan, Hindistonda 845 ta, Papua 
va Yangi Gvineyada 600 dan ortiq til va lahjalardan foydalanadi. Afrika qit’asidagi 
aholi esa mingdan ziyod tillarda so‘zlashadi.  
Xitoy, ingliz, ispan, arab, portugal, fransuz, rus, yapon, nemis tillari dunyoda 
eng  ko‘p  tarqalgan  tillar  sanaladi.  Xitoy  tilida  1  milliard    225  milliondan  ortiq 
inson  muloqot  qiladi.  Ingliz  tilida  so‘zlashuvchilarning  soni  341  million  kishini 
tashkil  etadi.  Yana  shuncha  miqdordagi  insonlar  ingliz  tilini  ikkinchi  ona  tili 
sifatida qabul qilgan.  
357  ta  tilda  50  tagacha  bo‘lgan  odam  gaplashadi.  46  ta  tilning  esa  bittadan 
vakili  qolgan.  Bunga  Braziliya  changalzorlaridagi  Meyki  daryosi  vodiysida 
yashovchi piraxa qabilasi tilini misol qilib olishimiz mumkin. Ularning soni 200 ta 
atrofida. Qabila a’zolari tilida sanoq so‘zlar va ko‘chirma gaplar yo‘q. Tasavvurlari 
sayoz  va  ibtidoiy.  1  va  2  sonlari  bitta  so‘z  bilan  ifodalanib,  faqat  talaffuzda 
farqlanadi. Piraxalar uchtadan ko‘p narsaning hisobini olishmaydi.  


Hindiston  sohilidan  1400  km  uzoqlikda  joylashgan  Nikobar  va  Adaman 
orollarida istiqomat qiluvchi katta andamanlar, onge, jarava, shompens, sintinellar, 
negrito  deb  atalgan  qabila  tillari  haqida  ham  yuqoridagicha  fikrlarni  aytish 
mumkin. 
Manbalarga  ko‘ra  Markaziy  Osiyodagi  15  ta  til  bugun  yo‘qolish  arafasida 
turibdi.   
O‘zbek  tili  turkiy  tillar  guruhiga  kiradi.  Qoraqalpoq,  qozoq,  qirg‘iz,  uyg‘ur, 
ozarbayjon, tatar, boshqird, qo‘miq, chuvash, xakas, shor kabi 30 ga yaqin turkiy 
tillar o‘zbek tiliga qarindosh sanaladi. Ularning bobo tili oltoy tili sanaladi.  
Turkiy  xalqlar  Markaziy  Osiyo,  Kichik  Osiyo,  G‘arbiy  Xitoy,  Shimoliy 
Afg‘oniston,  Sibir,  Uzoq  Sharq  hududlarida  istiqomat  qiladi.  O‘zbekistonda 
o‘zbek,  Turkiyada  usmonli  turk,  Qozog‘istonda  qozoq,    Qirg‘izistonda  qirg‘iz, 
Turkmanistonda turkman tillariga Davlat tili maqomi berilgan.   
O‘zbek tili nufuz jihatidan jahondagi tillar o‘rtasida 34-o‘rinda turadi. Unda 
gaplashadigan insonlarning miqdori dunyo bo‘yicha rasmiy manbalarda 35 million 
kishini  tashkil  etishi  qayd  etiladi.  Shundan  27  milliondan  ortiqrog‘i 
mamlakatimizda istiqomat qiladi.  
O‘zbek  tili  dunyodagi  eng  boy,  go‘zal  tillardan  biri  sanaladi.  Bu  tilda 
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf xos-Hojib, Lutfiy, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Uvaysiy kabi buyuk ijodkorlar so‘zlashgan; 
Amir  Temur,  Jaloliddin  Manguberdi  singari  hukmdorlar  farmonbardorlik 
qilishgan.  
Dunyo  tillarining  barchasi  insonlar  o‘rtasidagi  muomala-munosabatlarni 
ta’minlash uchun xizmat qiladi.  
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling