Elektr dvigatellarning qizishi. Dvigatellarning ish rejimlari. Dvigatellarning quvvatini hisoblash
-rasm. Dvigatelning har xil (boshlang`ich) temperaturadagi qizish egri chiziqlari
Download 94.04 Kb.
|
9-ma’ruza. Elektr yuritmalar va ularni boshqarish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3-rasm. Dvigatelning sovitilish egri chiziqlari
- 12.2. Dvigatellarning ish rejimlari va ularning quvvatini hisoblash
- Uzoq muddatli rejim
12.2-rasm. Dvigatelning har xil (boshlang`ich) temperaturadagi qizish egri chiziqlari.
12.1-rasm. Dvigatelning qizish egri chiziqlari. Dvigatel temperaturasi barqarorlashadi va o‘zgarmas yuklanishda to‘xtaydi. Har qanday yuklanishga o‘zining barqarorlashgan temperaturasi to‘g‘ri keladi. Yuklanish qancha ko‘p bo‘lsa, qizish egri chizig‘i shuncha yuqori bo‘ladi. Boshlang‘ich temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, dvigatel shuncha tez qiziydi (15.2- rasm). 12.3-rasm. Dvigatelning sovitilish egri chiziqlari Dvigatelning sovitilish vaqti uning ventilyasiya usullariga va massasiga bog‘liq. Odatda rotor o‘qiga dvigateldan qizigan havoni so‘rib oluvchi ventilyator o‘rnatiladi. Mustaqil ventilyasiyali dvigatellarda sovituvchi havo dvigatelga tashqi ventilyatordan beriladi. Bu usul faqat katta quvvatli dvigatellarda qo‘llaniladi. XIII.3-rasmda sovitilish egri chiziqlari ko‘rsatilgan. 12.2. Dvigatellarning ish rejimlari va ularning quvvatini hisoblash Ishchi mexanizmda yuklamaning o‘zgarish tabiati dvigatelning ish rejimini aniqlaydi. Bu o‘zgarishlarni hisobga olish uchun yuklanishli diafamma quriladi. Dvigatel aylantiruvchi momentining yoki quvvatining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi yuklanishli diagramma deyiladi. Elektr dvigatellar quyidagi rejimlarda ishlashi mumkin: 1) uzoq muddatli; 2) qisqa muddatli; 3) takroriy qisqa muddatli. Uzoq muddatli rejim Bu rejimni doimiy va o‘zgaruvchan yuklanishda qo‘rib chiqamiz. Doimiy yuklanishda dvigatelning o‘ta qizish temperaturasi asta-sekin barqaror qiymatga etadi. Bu rejimda ventilyatorlar, nasoslar, kompressorlar va ba’zi bir dastgoxlar ishlaydi. Agar dvigatelning yuklanishi o‘zgarmas bo‘lsa, u vaqtda dvigatelning quvvatini ma’lumotnomalarda turli mexanizmlar uchun berilgan tenglamalarga ko‘ra aniqlash mumkin. Bunda quyidagi shartni bajarish kerak. - dvigatelning nominal quvvati, - mexanizmning quvvati. Masalan, ventilyatorni aylantiradigan dvigatelning quvvati quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi: (12.2) Bunda: - ventilyatorning ish unumi (m3/s), - to‘liq bosim (Pa), - ventilyatorning foydali ish koeffi-sienti, - uzatish koeffisienti (ventilyator dvigatelning o‘qiga o‘rnatilgan), Rh - dvigatelning hisoblangan quvvati. Endi kataloglardan kerakli dvigatelni tanlaymiz. Uning quvvati Rxga teng yoki undan sal kattaroq bo‘lishi kerak. Markazdan qochma nasosni ishlatadigan uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelning quvvati quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi: (12.3) Bunda: - nasosning ish unumi (m3/sek), N - nasosning bosimi, - nasosning foydali ish koeffisienti, - uzatish koeffisienti, - suvning zichligi. Elektrodvigatel uzoq muddatli o‘zgaruvchan yuklanish bilan ishlayotgan bo‘lsa, uning quvvatini aniqlash uchun yuklanish grafigi bo‘lishi kerak (15.3-rasm). Bunda o‘rtacha yo‘qotishlar usuli keng qo‘llaniladi. Uning mazmuni shundaki, grafik bo‘yicha ishlayotgan dvigateldan atrof muhitga sochilgan issiqlik o‘sha dvigatel nominal quvvat bilan ishlayotganda sochilgan issiqlikdan ko‘p bo‘lmaydi: Download 94.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling