12.3. Qisqa muddatli ish rejimida dvigatel quvvatini tanlash
Bu rejimda dvigatelning ish vaqti qisqa bo‘lgani uchun uning temperaturasi barqaror qiymatga erishib ulgurmaydi (XIII.5- rasm). So‘ngra, tanaf-fus vaqtida u muhit temperaturasigacha sovishga ulguradi. Bu rejimda dastgohlarning qisuvchi moslamalari, ajraluvchi ko‘priklar, shlyuz qurilmalari dvigatellari ishlaydi.
12.5-rasm. Dvigatelning qisqa muddatli rejnmdagi yuklannsh grafngi.
Qisqa muddatli rejimda ishlaydigan dvigatellar 10, 30, 60 va 90 min. standartli vaqt davomida ishlashi uchun mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
Dvigatelning ishlash vaqgidagi elektr energiya isroflari nominal (pasport bo‘yicha) ishlash vaktidagi elektr energiya isroflaridan kichik bo‘lishi kerak.
Agar yuklanish grafigi bir bosqichli bo‘lsa, dvigatelni uning ishlash vaqtiga va quvvatiga muvofiq katalogdan tanlanadi. Bunda tanlangan dvigatelning quvvati berilgan rejimning quvvatiga teng yoki undan kattaroq bo‘lishi kerak.
Agar yuklanish grafigi bir necha bosqichli bo‘lsa, ekvivalent tok, moment yoki quvvat ishi grafik bo‘yicha topiladi, dvigatel esa aylanish tezligi va ishlash vaqtiga ko‘ra katalogdan tanlanadi. Hamma hollarda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
12.4. Takroriy qisqa muddatli ishlash rejimida dvigatel quvvatini tanlash
Bu rejim ish davri va tanaffuslarning navbatlashishi bilan tavsiflanadi. Bunda ish davrida dvigatel barqaror temperaturagacha qizishga ulgurmaydi, tanaffus davrida esa muhit temperaturasigacha sovib ulgurmaydi (15.6-rasm).
12.6-rasm. Dvigatelning takroriy qisqa muddatli
rejnmdagn yuklanish grafigi.
Bu rejimda kranlar, liftlar, ko‘targichlar, prokat sexlarining qator dvigatellari ishlaydi. Dvigatellarning pasportlarida ulanishning nisbiy davom etishi (ruscha PV) ko‘rsatilgan:
(12.8)
Bunda: - ish vaqtlari yig‘indisi, - tanaffus vaqti, - sikl vaqti.
Elektr dvigatellari standart D=15, 25, 40, 60% ga mo‘ljallab chiqariladi, bunda D=25% nominal deb olinadi. Dvigatel takroriy qisqa muddatli ish rejimiga hisob qilinishi uchun sikl muddati 10 min dan oshmasligi kerak. Hisoblash uchun (15.7) tenglama bo‘yicha ekvivalent quvvati topiladi. So‘ngra, berilgan D uchun kran dvigatellar katalogidan nominal quvvat topiladi. Topilgan D standartga mos kelmasa Rekvni standart D ga qayta hisoblanadi:
(12.9)
Bunda: D1 - berilgan ulanishning davom etishi, D2 - Standart ulanishning davom etishi.
Sinov savollari.
Nima uchun elektr dvigatellar ishlagan vaqtida qiziydilar?
Dvigatellarning qizish egri chizig‘ini chizi ko‘rsating?
Dvigatellarning qanday ish rejimlari mavjud?
Elektr yuritmada ishlatiladigan dvigatellar quvvatlari bo‘yicha tanlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |