Elektr xavfsizligi asoslari


Mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy samaradorlik


Download 4.71 Mb.
bet15/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

Mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy samaradorlik

Mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilashdagi iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda ko‘pincha quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Yillik iqtisodiy samara ko‘rsatkichi Fy xo‘jalikda mehnat muhofazasi tadbirlarini joriy qilish natijasida olingan daromad bilan ta’riflanadi. U quyidagicha aniqlanadi:


Fy= M1 – M2 - x,
bunda: M1 va M2 - xo‘jalikda mehnat muhofazasi todbirlarini joriy qilishdan oldin va keyin shikastlanish hamda kasallanishlarga sarflangan mablag‘, so‘m, X - mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaratish tadbirlariga ketgan xarajatlar,
so‘m.
Mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilash chora tadbirlariga sarflanadigan xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:
X=Xc+XkEm,
bunda: Xe - ekspluatasion xarajatlar, so‘m. Xk - mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan kapital mablag‘, so‘m. Em - 0,08 kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligini taqqoslaydigan me’yoriy koefflsient.
Ekspluatasion xarajatlar quyidagicha hisoblanadi:
Xe =Xaf + Xmash + Xcht + Xpr + Xbosh
bunda: Xaf - asosiy fondni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun ketadigan xarajatlar, so‘m; Xmash - mashina va texnologik uskunalarni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan xarajatlar, so‘m; Xcht - ish sharoitlarini yaxshilash va mehnat muhofazasi tadbirlariga sarflanadigan xarajatlar, so‘m;
Xshxv - shaxsiy himoyalanish vositalari va maxsus kiyimlami tozalashga, ta’mirlashga va sotib olishga sarflanadigan xarajatlar, so‘m; Xpr - sut va profilaktika ovqatlari uchun ketadigan xarajatlar, so‘m; Xbosh – xo‘jalikda boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar, so‘m. Xo‘jalikda ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi uchun sarflangan mablag‘ning har bir so‘midan qaytimini ta’riflaydigan Ks ko‘rsatkich samaradorlikni bildiradi.

Bir yillik kapital xarajatlarning (Xk) chiqimini qoplay olish quyidagi formuladan aniqlanadi:

Agar olingan muddat chiqimi qoplay olish (T) me’yoridan (Tm-12,5 yil) kam bo‘lsa, unda ko‘rilgan chora tadbirlar iqtisodiy samara berish bermasligi hisoblanadi. Xo‘jalik iqtisodiy yo‘qotish choram tadbirlari ko‘rishdan oldin (M1) va keyin (M2) iqtisodiy yo‘qotishlar o‘z ichiga quyidagi xarajatlami oladi.
Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganliklari tufayli to‘lanadigan haqning miqdori:
bunda:

har bir jarohatlangan ishchining o‘rtacha kunlik ish haqqi, so‘m/kun., Di - har bir jarohatlangan ishga yaroqsiz kunlar soni. Baxtsiz hodisalar va kasallanishlar natijasida ish qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganlarga bo‘lgan zarar o‘rnini qoplash miqdori quyidagicha aniqlanadi:

bunda: Bi - har bir jarohatlanuvchi ko‘rgan zarar o‘rnini qoplash uchun beriladigan bir oylik ish haqqining miqdori, so‘m, Oi- har bir jarohatlanuvchi ko‘rgan zarar o‘rnini qoplash uchun haq to‘lanadigan to‘liq oylar soni.


Baxtsiz hodisalar tufayli, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlar:

bunda: MXsi - jarohatlanmagan ishchining o‘rtacha bir soatlik ish haqqi, so‘m/s., ti har bir ishchiga sarflangan vaqt, C. Baxtsiz hodisalarnii tekshirish uchun sarflangan xarajatlar:



bunda: MXki - baxtsiz hodisalami tekshirishda ishtirok etgan har bir shaxsning o‘rtacha kunlik ish haqqi, so‘m/kun; Dtek - har bir shaxsning baxtsiz hodisani tekshirishdagi ish kunlarining soni.


Og‘ir va zararli ish sharoitlarida ishlaydigan ishchilarga qo‘shimcha ta’til berishga sarflanadigan xarajatlar:

bunda: MXki - og‘ir va zararli ish sharoitida ishlaydigan ishchilarning kunlik ish haqqi, so‘m/kun; Dlat - har bir ishchiga beriladigan qo‘shimcha ta’til muddati, kun


Zararli ish sharoitida ishlaydigan ishchilarga to‘lanadigan qo‘shimcha haq bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:

bunda: КT - oylikka yoki tarif stavkasiga qo‘shimcha to‘lanadigan foiz; MXvi - ishlovchilarni o‘rtacha kunlik ish haqqi, so‘m/kun, P. -zararli ish sharoitida ishlaydigan har bir ishchi uchun qo‘shimcha haq to‘lanishiga lozim bo‘lgan ish kunlari soni.


Zararli ish sharoitida ish smenasining qisqartirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:

bunda: MXci - qisqartirilgan ish kunida ishlaydigan har bir ishchining o‘rtacha bir soatlik ish haqqi, so‘m/s ti - har bir ishchiga qoldirilgin chala soatlar soni.


Jarohatlansh va kasallanish natijasida vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan mutaxassislar o‘rnida ishlaydiganlar uchun sarf bo‘ladigan xarajatlar:

bunda: MXqo‘sh - jarohatlongan ishchi o‘rniga ishlab turgan har bir mutaxassisga to‘lanadigan kunlik qo‘shimcha ish haqqining qiymati, so‘m/kun.; Do‘rn i -o‘miga ishlagan mutaxassis ish kunlarining soni.


Baxtsiz hodisalar natijasida ishdan chiqqan materiallar, asboblar, uskunalar, bo‘zilgan binolar qiymati (S9), ularning balansdagi bahosiga qarab aniqlanadi.
Bino, uskuna va asboblarni ta’mirlash uchun sarflanadigan xarajatlar:

bunda: MXqi. - ta’mirlash ishlarida qatnashgan ishchilarning o‘rtacha kunlik ish haqqi, so‘m/kun; DTAM.i har bir ishchining ta’mirlashga sarflagan kunlar soni.


Jarohatlanganlarni kasbini o‘zgartirish yoki yangi ishchilarni o‘qitishda beriladigan boshlang‘ich, o‘rta maxsus ta’lim (kasb-hunar kolleji va kurslar) va oliy ta’lim uchun mablag‘ bitimda ko‘rsatilganidek sarflanadi (S11), so‘m.
Jarohatlanganlarning klinikada davolanishi uchun sarflangan xarajatlar.

bunda aki - bir kishining klinikada davolanishi uchun ketgan bir kunlik xarajat. so‘m/kun: Dki - gospitalga joylashtiriladigan kunlarning umumiy soni
Jarohatlanganlarning ambo‘latoriyada davolanishiga sarflanadigan xarajatlar:

bunda: aamb - poliklinikaga bir marta kirishning o‘rtacha qiymati, so‘m; mn - jarohatlanganlami poliklinikaga kirishlarining umumiy soni.


Jarohatlanish va kasallanishlar natijasida ishlay olmaganligi tufayli qo‘shimcha mahsulotning shartli yo‘qotilishi.
a) vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotganda SHSi;
b) nogironlik yoki o‘lim bilan tugagan jarohatlanishlar:

bunda: MXoi - har bir jarohatlanganning o‘rtacha bir oylik ish haqqi, so‘m/oy; Ti nafaqa yoshi, yil; τi - jarohatlanganning yoshi, yil; ish haqqining (Ti- τi) yil ichida o‘sishini hisobga oluvchi koeffisient К - 1,1; 12-1 yildagi oylar soni.


Shikastlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan kishiga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:

bunda: Xni - har bir jarohatlanuvchiga to‘lanadigan nafaqa miqdori, so‘m; Oi - nafaqa to‘lanadigan oylar soni.


Baxtsiz hodisa oqibatida o‘lganning qaramog‘ida qolgan shaxslarga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:

bunda: Xki - qaramog‘idagi har bir shaxsga to‘lanadigan nafaqa miqdori, so‘m; Oi nafaqa to‘lanadigan oylar soni.
Xo‘jalikning to‘liq xarajatlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
X =С12+Сз+С45678910
Umumiy davlat xarajatlariga quyidagi ko‘rsatkichlar C11, C12, С13, C14, C!5,
C16 , С17 kiradi. Ammo ayrim hollarda ular bevosita xo‘jalik hisobiga kiritilishi mumkin.
Sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlar Cl1 C12, C13 lar, agar ularni xo‘jalik mablag‘ bilan ta’minlasa.
Jarohatlanish va kasallanishlar tufayli ketgan xarajatlami aniqlash (ma’lum bo‘lgan uslubiy qo‘llanmaga binoan), o‘rtacha keltirilga ziyon miqdorini quyidagicha qabo‘l qilish mumkin: o‘lim bilan tugagan shikast (U1), so‘m; nogironlik bilan tugagan shikast (U2), so‘m; vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotish bilan tugagan shikast (U3), so‘m. Bu holda to‘liq yo‘qotishlarni X quyidagicha aniqlash mumkin:
X = U1Р1+U2Р2+U3Р3
bunda: P1, P2, P3 - o‘lim, nogironlik va vaqtida ish qobiliyatini yo‘qotish bilan bo‘g‘liq bo‘lganlar soni.




  1. Download 4.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling