Elektr xavfsizligi asoslari
Download 4.71 Mb.
|
EXA AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Sinov savollari 1.
- 1. Naryad va farmoyish berish, ular haqida umumiy tushuncha
- NARYAD - IJOZAT FORMASI VA UNI TO‘LDIRISH KO‘RSATMA Elektr uskunalarida ishlash uchun
- 1 -j a d v a l ISH JOYINI TAYYORLASH CHORALARI
7. Sinov savollari 1. Baxtsiz hodisalar tufayli yo‘z beradigan zararlarni hisobini tushuntiring. 2. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ayollar va erkaklarning nafaqa yoshi. 3. Baxtsiz hodisalarning oqibatlari. Mashg‘ulotning maqsadi: Naryadda ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilishi va uni yetarliligiga, ijozat beruvchi va ishboshi tomonidan brigada a’zolariga berilgan yo‘riqnoma sifati, hamda to‘laligiga, shu bilan birga ish bajarish jarayonida ishni xavfsiz olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. 1. Naryad va farmoyish berish, ular haqida umumiy tushuncha Naryad, bu farmoyish beruvchi shaxs tomonidan bajariladigan ishni xavfsiz bajarish shartini belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarini to‘g‘riligi va yetarli darajadaligiga, brigada a’zolarining malakasi va soni bo‘yicha yetarligiga, ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxsni tayinlashga, shuningdek naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilarni elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi, ular bajarishi kerak bo‘lgan ishga muvofiq ekanligiga javobgardir. Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radio orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada yozadi. Naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qaytarib tekshirgandan so‘ng, naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning ismi-sharifi, hamda familiyasini yozib naryad matnini to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Ishlashga ijozat beruvchi vazifasini ham bajarishi tayinlangan hollarda naryad ishboshiga qanday usulda berilishidan qat’iy nazar, ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi. Mahalliy sharoitga qarab (ya’ni dispetcherlik punkti joylashgan yerni hisobga olib), naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga ruxsat beruvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimda (dispetcherda) qolishi mumkin. Bitta ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi. Ishlarni bajarilishini ketma-ketligini va ishlashga ketma-ket ijozat berish uchun, ishlashga ijozat beruvchiga va ishboshiga (nazorat qiluvchiga) bir yo‘la bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin. Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kunigacha bo‘lgan muddatga berish ruxsat etiladi. Naryadni 1 marta, uzaytirishga ruxsat berilgan kundan boshlab, 15 kalendar kun muddatigacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimgina, uzaytirishi mumkin. Naryad muddatini o‘zaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnoma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadga yozib qo‘yadi. Naryadlar, ish to‘liq tugatilganidan so‘ng, 30 kun davomida saqlanishi kerak, so‘ngra yo‘q qilib yuborilishi mumkin. Farmoyish bir marta bajariladigan ishga xos bo‘lib, uning ta’sir muddati bajaruvchilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi. Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat beruvchiga yoki ish joyini tayyorlashga ruxsat etuvchi, hamda ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi. Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunada ishlashga ijozat berishni hojati bo‘lmagan hollarda, farmoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishboshiga berilishi mumkin. Farmoyish bilan olib borishga mo‘ljallangan ish, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab, naryad bilan bajarilishi mumkin. NARYAD - IJOZAT FORMASI VA UNI TO‘LDIRISH KO‘RSATMA Elektr uskunalarida ishlash uchun Korxona __________________________________________________________ Bo‘linma __________________________________________________________ NARYAD-IJOZAT № ___________ Ish rahbari ____________________________ ijozat etuvchi _____________ Ishboshi _______________________________ Ko‘zatuvchiga _______________ Brigada a’zolari __________________________________________________ ________________________________________________________________ bilan quyidagi ish topshiriladi: ____________________________________ Ish boshlansin: sana ______________________________ vaqti _________ Ish tamomlansin: sana ______________________________ vaqti _________ 1 -j a d v a l ISH JOYINI TAYYORLASH CHORALARI
Alohida ko‘rsatmalar _______________________________________________ ___________________________________________________________________ Naryad berdi: sana _______________________________ vaqti _____________ imzo ____________________________ familiya _________________________ Naryad muddati o‘zaytirildi: sana _____________ vakti gacha ____________ imzo _________ familiya ____________ sana __________ vaqti __________ 2-Jadval Download 4.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling