Terminlar
|
Tushunchasi (mazmuni)
|
Brigada
(naryad yoki farmoyish bilan)
|
Tarkibida ish bajaruvchi yoki nazorat qiluvchini qo‘shib hisoblaganda 2 va undan ko‘p a’zolari bo‘lgan brigada.
|
Elektr uzatish tarmog‘i
|
Ochiq havoda joylashgan simlar orqali elektr energiya yuboriladigan va izolyatorlar va armaturalar yordamida ustunlarga yoki kronshteyn va tayanchlar yordamida inshootlarga (ko‘prik imorat va hokazolarga) mustahkamlangan uskuna.
Elektr uzatish tarmog‘ini boshlanishi va oxiri deb, tarmoq portali yoki taqsimlovchi uskunaga kiruvchi qismi hisoblanadi. SHaxobchalar uchun esa, shaxobchaga ajralgan yerdagi ustun va tarmoq portali yoki taqsimlovchi uskunaga kiruvchi qismi hisoblanadi.
Bunda portaldagi havo elektr uzatish tarmog‘i tomonidagi portalga osilgan izolyatorlar, hamda simlar mahkamlangan qisqichlar havo elektr uzatish tarmog‘iga qarashlidir.
Ushbu portaldan podstansiyadagi taqsimlovchi uskunalar tomoniga tortilgan osma izolyatorlar, boshqa portallar orasidan tortilgan sim, havo elekr uzatish tarmog‘i simidagi har xil uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadniklarga, aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar, hamda Yuqori chastotali zagraditellar havo elektr uzatish tarmog‘iga qaramaydi.
|
Kuchlanish ta’siri doirasidagi elektr uzatish tarmog‘i
|
110 kV va undan Yuqorikuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘larining o‘q chizig‘idan:
110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘i uchun
100, 150, 220 kV
150, 330, 500 kV
200, 750, 1150 kV
250 metr masofada, umumiy uzunlikdagi ba’zi joylarda 2 km-dan kam bo‘lmagan yoki bor uzunligi bo‘yicha o‘tadigan havo elektr uzatish va aloqa tarmog‘lari kuchlanish ta’siri doirasidagi tarmoqlarga kiradi.
|
Ikkilamchi (yordamchi) zanjir
|
Elektrostansiyalardagi (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o‘lchov, himoya va signalizatsiya uskunalarini bir-biriga bog‘lovchi simlar va qisqichlar qatori yig‘indisi.
|
«Zarur», «shart», «kerak»
|
Ushbu Qoida talabini bajarilishi majburiyligini bildiradi
|
«Mumkin», «ruxsat etiladi»
|
Ushbu qoida talabini mahalliy sharoitda qarab istisno sifatida majburan (noilojlikdan) qo‘llanilishini bildiradi.
|
Birinchi ijozat
|
Naryad yoki farmoyish bilan bajariladigan ishga birinchi bor ruxsat berish.
|
Qayta ijozat
|
Ushbu naryad bilan avvaldan bajarilayotgan ishni davom ettirish uchun ish joyiga qayta ijozat berish.
|
Elektr maydonini ta’sir doirasi
|
Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m-dan ko‘p bo‘lgan ochiq maydon.
|
Ekranlash maydoni
|
Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m-dan kam bo‘lgan elektr maydoni ta’sir chegarasi yaqinidagi maydonda joylangan bino va inshootlar, hamda yerga ulangan metall konstruktsiyalar, uskuna poydevorlari, transformatorlar va yirik gabaritli inshootlar joylashgan maydon.
|
Kommutatsion apparatlar
|
Elektr zanjirlarini bir-biriga ulash-uzish va o‘zi orqali tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparatlari (o‘chirgich, quvvat o‘chirgichi, uzgich, ajratgich, avtomat, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar.
|
YUk ko‘tarish mashinalari
|
«YUk ko‘tarish kranlarini tuzilishini va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari»-ga taalluqli bo‘lgan barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (ishlarni po‘lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida bajaradigan ekskavatorlar), tallar, yuk va odam ko‘taruvchi lebedkalar.
|
Mexanizmlar
|
Gidravlik ko‘targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burgilash-kran mashinalari, mexanik privod yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo‘lgan narvonlar va hokazolar.
|
Mexanik qulf
|
Bandli maxsus va oddiy kalit bilan ochiladigan va berkitiladigan qulflar.
|
Buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi
|
Ish jarayoni mobaynida odam bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonda aniqlanadigan odamlar bo‘lishining ta’siridan o‘zgarilmagan elektr maydonining kuchlanganligi.
|
Naryad-ijozat (naryad)
|
Ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni, brigada tarkibini, etarli darajada belgilangan xavfsizlik choralarini, uning boshlanish va tamomlash vaqtlarini, ish mazmunini belgilovchi rasmiy maxsus blankada tuzilgan farmoyish.
|
Havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlarini qo‘riq maydoni
|
1. Havo elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab, ularning ishlab turgan holatida, eng chetda joylashgan simlari chegarasidan:
1 kV kuchlanishgacha bo‘lgan havo elektr uzatish va aloqa tarmolari uchun ………………………………………..02
1-20 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ……………..10
35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ……….…………..15
110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun …….………..20
150, 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun …….…….25
330, 500, +-400 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ……………………………….……….30
750 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ………………40
1150 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ………………55
metr vertikal tekislikdagi masofada, tarmoqning ikkala tomoni bo‘ylab, qo‘riklanadigan er va havo bushlig‘i sifatidagi maydon.
2. Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko‘llar va hokazolar) ustidan o‘tgan havo tarmoqlari uchun ikkala tomondan havo bo‘shlig‘i bo‘yicha—100 metrdan masofadagi maydon, kemalar qatnamaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan o‘tadigan havo elektr tarmoqlari uchun qabul qilingan vertikal tekislikdagi masofalar maydoni belgilanadi.
|
Kabelli elektr uzatish tarmoqlari va kabeli aloqa tarmoqlarini qo‘riq maydonlari
|
1. Qo‘riq maydoni deb, er ostida joylashgan tarmoqlarning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga kabelli elektr uzatish tarmoqlari uchun 1 metrdan kabelli aloqa tarmoqlari uchun 2 metrdan vertikal tekislikdagi masofa belgilanadi.
2. Suv havzalari ostidan o‘tgan kabel tarmoqlari uchun suv sathi va suv tubi oralig‘i bo‘yicha suv maydonining kabelli elektr uzatish tarmog‘i va kabelli aloqa tarmog‘i bo‘ylab, vertikal tekislik chegarasida, eng chetdagi kabelning ikkala tomonidan 100 metrdan nariga joylashgan qismi qabul qilinadi.
|
Ma’muriy-texnik xodim
|
Rayon energetika boshqarmalari (birlashmalari), korxonalari, sexlari, laboratoriyalari, elektr tarmoqlari tumani va uchastkalari rahbarlari, bo‘lim va xizmat boshliqlari, ularning muovinlari hamda ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandis, texnik va ustalar.
|
Navbatchi xodim (navbatchi)
|
Smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv va tezkor o‘chirish-yoqishiga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muhandis va texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchi va boshqaruv shchitlari navbatchilari, tezkor harakatdagi brigada a’zolari. Ushbu Qoida matnida Yuqoridagi xodimlarni ajratish talab qilinmasa, «navbatchi» termini ishlatiladi.
|
Tezkor-ta’mirlovchi xodim
|
Biriktirilgan elektr qurilmalari hajmida tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida tayyorlab, maxsus o‘rgatilgan ta’mirlovchi xodim.
|
Ta’mirlovchi xodim
|
Elektrostayasiyalar, podstansiyalar, kabelli va havo elektr uzatish tarmoqlari, kabelli va havo aloqa tarmoqlari, rele himoyasi, avtomatika, o‘lchov asboblarida, izolyatsiya va momaqaldiroqdan himoya qiluvchi vositalarda, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsionta’mirlash xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektrolaboratoriya xodimlari.
|
Ish joyini tayyorlash
|
Ish joyida ishni xavfsiz bajarishni ta’minlash uchun bajarilgan texnik tadbirlar.
|
Qo‘shilma
|
Elektrostansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi uskunaga, generatorlarga, shchitlarga, yig‘imlarga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar) bir qo‘shilma hisoblanadi, O‘ramlarining sonidan qat’iy nazar har xil kuchlanishli bir transformatorga, ikkita tezlikda ishlovchi elektrodvigatelga ulangan elektr zanjiri ham bir qo‘shilma deb hisoblanadi.
Ko‘p burchakli, biryarim va hokazo burchakli sxemalar orqali ulangan transformatorda, tarmoqda ushbu tarmoqni yoki transformatorni taqsimlovchi qurilmaga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar qo‘shilmaga taalluqlidir.
|
Kuchlanish ostida ishlash
|
Ishchi kuchlanishi ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o‘tkazuvchi qismlargacha belgilangandan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar.
|
Balandlikda bajariladigan ishlar
|
Ishchi to‘shalma, tom yoki er yuzasidan 5 metr va undan Yuqori balandlikda montaj moslamalari bilan yoki bevosita konstruktsiya qismlaridan, uskunalarda, mashina va mexanizmlarda turib bajariladigan ishlar. Bunday hollarda ish jarayonining barcha lahzalarida va joydan-joyga o‘tishda ishchini balandlikdan yiqilishidan asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat qiladi.
|
Ish joyi
|
Elektr uskunasining bir qismida xodimlarni kirib ish bajarishlariga ijozat berilgan joy.
|
Farmoyish
|
Ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo‘lgan taqdirda) va ishni bajarishi uchun topshirilgan shaxslarni aniqlovchi og‘zaki topshiriq.
|
Korxona rahbari
|
Direktor va uning muovinlari.
|
Tok o‘tkazuvchi qism
|
Mo‘‘tadil kuchlanish ostida turgan elektr uskunalari qismi.
|
Tok o‘tkazmaydigan qism
|
Avariya rejimi natijasida kuchlanish ostida bo‘lishi xavfi yuzaga keluvchi elektr uskuna qismlari.
|
Elektr uskuna
|
Elektr energiyasini hosil qiluvchi, kuchlanishini o‘zgartiruvchi, uzatuvchi, taqsimlovchi va iste’mol qiluvchi uskunalar (GOST 19431-74)
|
Mahalliy navbatchisiz elektr uskuna
|
Tezkor-harakatdagi brigada yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari tomonidan qarab turiladigai havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr uskunalar.
|
Ishlab turgan elektr uskuna
|
Kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsion apparatni ulash bilan kuchlanish berish mumkin bo‘lgan elektr uskunalari yoki uning uchastkalari (qismlari).
|
1000 Voltdan past va Yuqori kuchlanishli elektr uskunalari
|
Kuchlanishi 1000 Voltdan past va Yuqori bo‘lgan elektr uskunalari (ishlab turgan elektr uskunalarini amaldagi kuchlanishining qiymatiga qarab).
|
Sodda va aniq chizmali elektr uskuna
|
Bir seksiyali va seksiyalarga ajratilmagan shinalar tizimi bo‘lgan 1000 Voltdan Yuqori kuchlanishli, aylanma shinalar tizimi bo‘lmagan taqsimlovchi elektr uskunalari, hamma havo elektr uzatish va kabel elektr uzatish tarmoqlari, 1000 Voltdan past kuchlanishli hamma elektr uskunalari.
|