Elektr xavfsizligi asoslari
Download 4.71 Mb.
|
EXA AMALIYOT
4- AMALIY MASHG‘ULOT
Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va Xavfsizlik. Kuch transformatorlarini va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va havfsizlik 1. Ushbu Koidalar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr dvigatellariga taalluqlidir. 2. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparaturalari, nazorat-ulchov asboblari, himoya qurilmalari, shuningdek barcha elektr va yordamchi uskunalar EQTE va ishlab chiquvchi zavod talablariga muvofiq tanlanadi va o‘rnatiladi. 3. Elektr dvigatellarda va ular aylantiradigan mexanizmlarda aylanish yunalishini ko‘rsatuvchi strelka chizib ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. 4. Elektr dvigatellarda, ularning kommutatsiya apparatlarida, ishga tushirish - rostlash qurilmalarida, saqlagichlarda va boshqalarda ular tegishli bo‘lgan agregatlar va (yoki) mexanizmning nomi yozilgan bo‘lishi shart. 5. Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan bo‘lishi va eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yoki korxona yorligiga ega bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‘llash man etiladi. 6. Loyixaviy karorlar bilan elektr ta’minotining qisqa muddatli tanaffusida o‘zi ishlab ketish qurilmasi bilan ta’minlanishi kerak bo‘lgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining ruyxati aniqlangan bo‘lishi shart. Agar loyiha bilan elektr dvigatellarni o‘zi ishlab ketishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u xolda iste’molchilar tarmogi barcha elementlarining himoyasi, shuningdek tugunlarning texnologik blokirovkasi shunday bajariladiki, bunda ma’sul mexanizmlar elektr dvigatellarini o‘zi ishlab ketish holati oldi olinadi. 7. Kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan joylarda, elektr dvigatellar yaqinida joylashtirilishi lozim, agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari bo’yicha boshqacha joylashtirish talab qilinmagai bo‘lsa. Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki avtomatik boshqariladigan bo‘lsa, oxirgi mexanizm yaqinida, elektr dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashni oldini oladigan, dvigatelni avariyaviy uchirish apparati o‘rnatilishi kerak. 8. Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron elektr dvigatellar quvvat koeffitsientining optimal qiymatida reaktiv quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashlari kerak. Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortiq) sinxron elektr dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va ko‘zgatishni avtomatik rostlagichlari (bundan keyin —QAR) doimo ishga ulangan bo‘lishlari shart. QAR ni uchirishga faqat ta’mirlash yoki tekshirish uchun ruxsat beriladi. QAR ning o‘rnatmasi, energetika tizimining ishlash grafigiga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanib o‘rnatiladi. 9. Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga tushishga doimo tayyor turishlari, korxonaning, sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo’yicha davriy ravishda ko‘rikdan va sinovdan o‘tib turishlari shart. 10. Texnologik jarayon stator toki bo’yicha rostlanadigan mexanizmlar, shuningdek texnologik uta yuklanishga moyil mexanizmlar elektr dvigatellari, ishga tushirish shchitida yoki panelida o‘rnatiladigan ampermetrlar bilan jixozlanishi shart. Ampermetrlar shuningdek sinxron dvigatellarning ko‘zgatish zanjirida xam ulangan bo‘lishlari kerak. Ampermetr shkalasida stator (rotor) tokining o‘zoq muddat ruxsat etilgan yoki nominal qiymatiga mos qizil chiziq bo‘lishi kerak. 1-1. Elektr dvigatellarning guruxli yig‘malarida va shchitlarida kuchlanish borligini nazorati voltmetrlari yoki signal lampalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart. 12. Taqsimlovchi qurilma shinalaridagi kuchlanish nominalning 100-105% chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr dvigatellarni o‘zoq vaqt ishlatilishini ta’minlash uchun ularni kuchlanish nominaldan 110% dan ortiq va 95% dan kam bo‘lganda ishlatish tavsiya etilmaydi. 13. Har bir podshipnikda o‘lchangan elektr dvigatellarning titrashi, rotorning o‘q bo’ylab surilishi, havo tirqishi oraligi ulchami Elektr uskunalarni SNvaM da keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak. 14. Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning harorati, yopiq ventilyasiya tizimiga ega elektr dvigatellarda kiradigan va chiqadigan havo harorati ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga qarash, ishga tushirish, rostlash va tuxtatish operatsiyalarini mexanizmga xizmat ko‘rsatuvchi elektr texnologik xodim amalga oshiradi. 15. Quyidagi xollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) tarmoqdan uchiriladi: odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz byerganda; elektr dvigateldan, shuningdek uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va ko‘zgatish qurilmasidan tutun yoki olov paydo bo‘lganda; yuritmaning mexanizmi bo‘zilganda, normal bo‘lmagan takillash paydo bo‘lganda; agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda; podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomasida belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq qiziganda. Mahalliy yo‘riqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy uchirilishi shart bo‘lgan boshqa xollar xam ko‘rsatilishi, shuningdek avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish tartibi belgilanishi mumkin. 16. Elektr dvigatellarda profilaktik sinashlar va ulchashlar Elektr uskunalarini SNvaM ga muvofiq o‘tkazilishi shart. Download 4.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling