Havfsizlik to‘sg‘ichlari. Ishlatish va ta’mirlash xizmati xodimlarining taqsimlov qurilmalariga yoki sinov uskunalari xujralariga kirishida tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki kuchlanish ostidagi uskunalarga tegib ketishi yoki yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan tuzilmalar elektr qulf va xokazo.
Operativ to‘sg‘ichlar. Elektr sxemalaridagi ulanishlarni asosan ajratgichlar yordamida o‘zgartirayotgan paytda xodimning noto‘g‘ri harakatiga to‘siqlik qiluvchi tuzilmalar.
Elektr stansiya, nimstansiyalarining o‘zgarmas tok qurilmalari. Elektr stansiya, nimstansiyalarida boshqarish, signalizatsiya, avtomatika, avariyada yoritish zanjir-larini hamda muhim o‘z extiyoj mexanizmlari, moylash nasoslari, generatorlarning boshqarish sistemalarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan akkumulyator batareyalari va ularni zaryadlash tuzilmasidan iborat qurilmalar.
O‘zgaruvchan operativ tok zanjirlari. Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlaridan hamda o‘z extiyoj transformatorlaridan ta’minla-nadigan rele himoyasi va kommutatsiya apparatlari yuritmalarining zanjirlari.
Elektr stansiyalar va nimstansiyalarning asosiy qismlari
Elektr stansiya, nimstansiyaning boshqaruv markazi. Elektr stansiya, nimstansiyasining boshqaruv, nazorat, signalizatsiya va himoya vositalari bilan jihozlangan, xonada joylashtirilgan pult va panellar majmuasi.
Elektr stansiya, nimstansiyasining ikkilamchi zanjirlari. Elektr stansiya, nimstansiyasining boshqaruv, avtomatika, signalizatsiya, himoya va o‘lchov tuzilmalarini bog‘lovchi kabellar va o‘tkazgichlar majmuasi.
Elektr stansiya, nimstansiyasining o‘z extiyoji. Elektr stansiya, nimstansiyasining ishlashini ta’minlab beruvchi yordamchi tuzilmalar va ularga mos elektr qismlar majmuasi.
Transformatorli komplekt nimstansiya. Transformatorlar va taqsimlovchi qurilmalarning boshqa uskunalari, shkaf va bloklarga joylashtirilgan, montajga tayyor nimstansiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |