Asosiy tayanch so‘zlar va tushunchalar
Elektr taqsimlash qurilmasi. Elektr energiyasini muayyan kuchlanishda qabul qilish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan hamda tegishli kommutatsiya apparatlari, yig‘ma shinalar, boshqaruv va himoya tuzilmalaridan iborat elektr qurilma.
Elektronimstansiya (NS) Elektr energiyasini qabul qilish, o‘zgartirish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, transformatorlar va boshqa elektr o‘zgartirgichlar, taqsimlash va yordamchi qurilmalar, boshqaruv tuzilmalardan iborat elektr qurilma.
Faza. O‘tkazgich, kiritgich, chulg‘am va uch fazali sistemaning normal holat /rejim/da tok o‘tkazuvchi boshqa elementlari.
Neytral. YUlduz sxemasida ulangan elektr uskuna faza chulg‘amlarining elementlarining umumiy nuqtasi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish. Elektr energiyasini energiyaning boshqa turlaridan hosil qilish.
Elektr energiyasini o‘zgartirish. Elektr energiyasining turini yoki parametrini (tok, kuchlanish, davr tezlik, fazalar soni) o‘zgartirish.
Elektr energiyasini transformatsiyalash. Elektr energiyasini transformator vositasida o‘zgartirish (davr tezlikning o‘zgarmas xolida).
Elektr qurilmasi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun belgilangan elektr mashinalar, apparatlar, elektr uzatish yo‘llar /yordamchi inshootlar, binolar bilan birga/ majmuasi.
Elektr qurilmasining elektr qismi. Elektr qurilmasining elektr qismini tashkil etuvchi elektr mashinalar, apparatlar, yig‘mava bog‘lovchi shinalar. [Sinonim: Elektr taqsimlash qurilmasi. Elektricheskoe raspredelitelnoe ustroystvo].
YOpiq elektr qurilmasi. Bino ichida joylashgan elektr qurilma. Sinonim: YOpiq taqsimlash qurilmasi.
Ochiq elektr qurilmasi. Ochiq havoda joylashgan elektr qurilma. Sinonim: Ochiq taqsimlash qurilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |