Elektr xavfsizligi asoslari


Download 4.71 Mb.
bet23/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

6- AMALIY MASHG‘ULOT


Asosiy aniqlanishlar va belgilanishlar

Asosiy aniqlanishlar va belgilanishlar


1.1.1. Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari (EUTQ) 500 kV gacha bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chikaruvchi, elektr ta’minlovchi va istimol kiluvchilarni Yangidan qurilayotgan va qayta qurilayotgan elektr uskunalariga taalluqli.
Ushbu Qoidalarning ayrim talablarini mavjud elektr uskunalariga agar bu elektr uskunani soddalashtirsa, qayta qurish harajatlari texnik-iqtisodiy hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa va shu qayta qurish ishlatilayotgan elektr uskunalariga tegishli xavfsizlik talablarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Ushbu Qoidalar talablari qayta qurilayotgan elektr uskunalari uchun faqat uning qayta qurilayotgan qismiga taalluqlidir. Masalan, qisqa tutashuv (QT) shartlari bo‘yicha almashtirilayotgan apparatlarga.
1.1.2. EUTQ elektr uskunalari va ularning jihozlarini ekspluatatsiya sharoitida rejali - oldi olinuvchi va profilaktika sinovlarini, ta’mirlashlarni o‘tkazish, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning amaldagi texnik ekspluatatsiya qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablari hajmida muntazam o‘qitish va bilimlarini tekshirilishi zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
1.1.3. Elektr uskunalari deb mashinalar, apparatlar, liniyalar va yordamchi jihozlar (ular o‘rnatilgan qurilmalar va xonalar bilan birga) birlashmasiga aytiladi va ular elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, taqsimlash va boshqa turdagi energiyaga o‘zgartirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha elektr uskunalari Qoidalarga asosan 1000 Vgacha va 1000 Vdan Yuqori (kuchlanishning effektiv qiymati bo‘yicha) bulgan elektr uskunalariga bo‘linadilar.
1.1.4. Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan bino yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalariga aytiladi.
Faqatgina shiypon, to‘r panjara va hokazolar bilan himoya qilingan elektr uskunalari tashqi deb qaraladi.
YOpiq yoki ichki elektr uskunalari deb atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi binoni ichida joylashgan elektr uskunalariga aytiladi.

Download 4.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling