Elektr xavfsizligi asoslari
Download 4.71 Mb.
|
EXA AMALIYOT
5- AMALIY MASHG‘ULOT
Kuch transformatorlarini va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar 1. Transformatorni o‘zoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur: Harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish; moyning sifat meyorlariga va izolyatsiya qilish xususiyatlariga qatiy rioya qilish; sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalarini va boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash. 2. Bir fazali transformatorlar va reaktorlar baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida o‘rnatilgan uch fazali transformator baklarida quvvati va podstansiya bo’yicha tartib raqamlari ko‘rsatiladi. 3. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki taraflarida transformatorlarning podstansiya bo’yicha raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek tashqi tarafida elektr qurilmalarda qo‘llaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogoxlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart. Eshiklar doimo berkitilib, kulflangan bo‘lishlari shart. 4. Gazli himoya qurilmasi bilan jixozlangan transformatorlar shunday o‘rnatilishi shartki, bunda uning qopqog‘i (bakning echiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yunalishda 1-1,5% dan kam bo‘lmagan, moy o‘tkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2-4% dan kam bo‘lmagan kutarilishga ega bo‘lishi shart. CHiqarish quvuri membrana bilan jixozlanadi va kengaytirgichning Yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy o‘tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida, jumrak o‘rnatiladi. 5. Transformatorlarga xizmat ko‘rsatishda moy satxini va gaz relesini kuzatish, shuningdek moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi. Transformatorlar va reaktorlarning Yuqorida (3 m dan ortiq)joylashgan elementlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, statsionar narvonlardan, xavfsizlik qoidalari» ga rioya qilib, bajarilishi shart. 6. Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilai to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini ulchash uchun termometrlar o‘rnatiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning Yuqori qatlami haroratini, kengaytirgichli transformatorlar jixozlangan termosignalizator va termometrlar bo’yicha kuzatishlari kerak, shuningdek sovtol yoki moy bilan to‘ldirilgan germetik transformatorlar jixozlangan manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari bo’yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPa (0,5 kgs/sm2) dan ortganda transformator yuklamasi kamaytirilishi shart, 7. Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTE ga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jixozlanishlari shart. 8. Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EQTE talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlaniishi kerak. 9. XL bir elektr qurilma uchun, yuklama grafigiga bog‘lik XLda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni xisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak. Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarda transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini ulchash, ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2 marta maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zaruriyat bo’yicha o‘tkaziladi. 10. Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning satxi, GOST 11677-91 bo’yicha shu vaqtdagi transformator (reaktor) moyining haroratiga mos belgida bo‘lishi shart. 11. Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyasiyasi, transformator yuklamasidan qatiy nazar, o‘zluksiz bo‘lishi shart Moyning sirkulyasiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlarni va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishga, faqat moy, sovituvchi suv sirkulyasiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarni ishlashi tuxtagani haqida signalizatsiya tizimi ishga tushirilgandagina ruxsat etiladi. Suv bilan sovitiladigan moy sovitgichlar mavjud bo‘lganda moy nasosi moyning yurishi bo’yicha moy sovitgichgacha, o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi, ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‘lishi shart. Majburiy sovitilidngan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyasiyasi, yoki puflash ventilyatorlari to‘xtaganda avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan rejimning davomiylign mahalliy yuriqnomalarga muvofiq, sinash natijalari yoki zavod ma’lumotlari bo’yicha, o‘rnatiladi. 12. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda moy nasosi, sungra esa suv nasosi ishga tushiriladi. Uchirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi uchiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10°S kam bo‘lmaganda ishga tushiriladi. Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlarni, nasoslarni va suv magistrallarini mo‘zlashini oldini olish, shuningdek moy sovitish tizimida nosozliklarni bartaraf qilish bo’yicha mahalliy yuriqnomalarga kura choralar ko‘zda tutiladi. 13. Transformatorning nominal yuklamasida moyning Yuqori qatlami harorati quyidigilardan Yuqori bo‘lmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zavod yuriqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan bo‘lsa): sovitish tizimi moyli puflab sovitiladigan va moyning majburiy sirkulyasiyasi (bundan keyin - DS) bo‘lgan transformatorlarda - 75°S dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (bundan keyin - M) bo‘lganda va moyli puflanadigan (bundan keyin - D) bo‘lgan transformatorlarda - 95°S dan; moy-suvli sovitish (bundan keyin - S) tizimli transformatorlarda moy sovutgichning kirishida moyning harorati 70°S dan oshmasligi kerak. Moyni sovitish tizimi D bo‘lgan transformatorlarda uchirilgan puflash bilan ishlashga quyidagi xollarda ruxsat etiladi: yuklama nominaldan past bo‘lganda va moyning Yuqori qatlami harorati 55°S dan ortiq bo‘lmaganda; atrof-muxit harorati manfiy bo‘lganda va moyning harorati 45°S dan ortiq bo‘lmaganda (yuklamadan qat’iy nazar). Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55°S ga etganda yoki moyning haroratidan qat’iy nazar nominal yuklamada. ulanishi shart. 14. CHulgam shoxobchalarini ko‘zg‘atgichsiz almashlab ulagichlar bilan jixozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsienti tanlanishining to‘g‘riligi 1 yilda kamida 2 marta - yuklamaning qishki maksimumi va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart. 15. YUklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (bundan keyin - YUOR) bilan ta’minlangan transformatorga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning xodimlari, tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada o‘rnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart. Transformatorlarni o‘zoq vaqt (mavsum davomida), sxemadan YUOR qurilmasini chiqarib ishlashi, man qilinadi. 16. Transformatorlarning YUOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga, moyning Yuqori qatlami harorati minus 20°S va undan Yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi, transformator bakidan tashqarida, tayanch izolyatorlarida joylashgan va va sun’iy isitish tizimi bilan jixozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa — atrof-muxit harorati minus 45°S va Yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi. YUOR qurilmalari ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalari talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishlari shart. 17. Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va qiymatidan va atrof-muxit haroratidan qatiy nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq uta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi:
Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40% gacha uta yukl- anishiga, sutkada umumiy davomiyligi 6 soatdan ko‘p bo‘lmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan to‘liq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi, agar bunday uta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalari bilan man etilmagan bo‘lsa. 18. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim mahalliy yuriqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart. 19. D sovitish tizimili transformatorlar uchun, barcha ventilyatorlar avariyaviy uchirilganida, atrofdagi havo haroratiga bog‘lik holda, nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oralig‘ida ishlashga ruxsat etiladi:
Sovitish tizimlari DS va S bo‘lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi: a) sun’iy sovitish to‘xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga. Agar quvvati 250 MB A dan Yuqori transformatorlar uchun ko‘rsatilgan vaqt tugaganda moyning Yuqori katlami harorati 80°S ga etmasa, u xolda nominal yuklama bilan ko‘rsatilgan haroratga etgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi; b) ventilyatorlar tulik yoki kisman uchirilganda yoki moyning sirkulyasiyasi saqlaniib, suvning sirkulyasiyasi tuxtab kolganda, moyning Yuqori katlami harorati 45°S dan oshmaganda, past yuklama bilan o‘zoq vaqt ishlashga. Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida boshqalari aytilmagan bo‘lsa, xaqiqiydir. CHulg‘amlarida moy yunaltirilgan sirkulyasiya qilinadigan transformatorlar (sovitish tizimi DS) ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomasiga kura ekspluatatsiya qilinadi. 20. YUOR qurilma bilan jixozlangan transformatorlar uta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‘lsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi. 21. Kuchlanishi 110 va 220 kV bo‘lgan avtotransformatorlar cho‘lg‘amlarining neytrallari yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash rejimida ishlashlari shart. Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‘lgan 110 va 220 kV kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar u razryadlagich bilan himoyalangan bo‘lsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‘lgan va razryadlagich bilan himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashlariga ruxsat beriladi. 22. Yangi yoki kapital ta’mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni ko‘rikdan o‘tkazish va Elektr uskunalarni SNvaM ga muvofiq sinash amalga oshiriladi. Ko‘rik, sinash va qabul qilish natijalari, pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi. 23. Transformatorlarni quritishsiz kuchlanish ostita ulash mumkinligi, shuningdek quritishning zarurligi RX, 34.51.101- 90, RX, O‘zR 34-301-202-2000 «Elektr qurilmalari izolyatsiyasini tanlash bo’yicha yuriqnoma» ga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi. 24. Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to‘liq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi. 25. Quyidagi xollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi: o‘zoq muddat - 5% ga, agar yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda va 10% ga, agar yuklama 0,25 nominaldan ko‘p bo‘lmaganda; qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) -10% ga, yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda; avariya sharoitlarda - transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha namunali yuriqnomaga muvofiq. Generatorlar va neytrali shoxobchalanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma - ket rostlovchi (volt qo‘shuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni o‘zoq vaqt nominaldan 10% ga ortishiga, yuklama nominaldan ortiq bo‘lmaganda, ruxsat beriladi. Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxobchalanishlari mavjud bo‘lgan yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun muljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortipsh ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari bo’yicha anikdanadi. 26. Transformator (reaktor) ichki bo‘zilishlaridan himoya (gazli, differensial) ta’sirida avtomatik tarzda uchirilganda, shuningdek muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulangandan (bundan keyin - AQU) keyin, transformatorni (reaktorni) faqat ko‘rikdan o‘tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy taxlili kilingandan va aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi. Transformator (reaktor), ta’siri ichki shikastlanishlar bilan boglik bo‘lmagan himoyadan uchgan xolda, u tekshirishsiz, tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib ishga tushirilishi mumkin. Gaz relesi ishlagani to‘g‘risida signal paydo bo‘lganda transformator ko‘rikdan o‘tkazilishi va gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish harakteri aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki ko‘k-qora yonuvchan gaz borligi aniqlanganda transformator zudlik bilan uchirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va yonmaydigan bo‘lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin. 27. YUOR qurilmasi bilan jixozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan uchirish zarurati bo‘lganda, iste’molchi tomonidagi yuklama olingandan sung, almashlab ulagich normal kuchlanishga mos keladigan holatga quyilishi kerak. 28. Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to‘liq yuklama bilan, sovuq moyi bilan harorat minus 40°S dan kam bo‘lmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi. Harorat minus 40 °S dan past bo‘lganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50% idan ortiq bo‘lmagan yuklama toki bilan minus 40°S gacha qizdirilishi, sungra yuklama ko‘paytirilishi kerak. 29. Yo‘qolishlarni kamaytrfish maqsadida, har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chikib, parallel ishlayotgan transformatorlaning optimal sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak. 30. Montaj qilingan zadira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart. 31. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi: cho‘lg‘amlarining ulanish guruxlari bir xil bo‘lganda; transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo‘lmaganda; transformatsiya koeffitsientlarining farqi ± 0,5% dan ortiq bo‘lmaganda; qisqa tutashuv kuchlanipshari, parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv kuchlanishlarining arifmetik qiymatidan ± 10% dan ortiq farq qilmaganda; ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda. 32. Diska tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan paralel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani tenglashtirish uchun, transformatorlardan birontasi xam uta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni almashlab ulash yuli bilan transformatsiya koeffitsientini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat beriladi. 33. Past kuchlanish tarafida, chulgamlari nol chikishli yuldo‘z-yuldo‘z sxemasi bo’yicha ulangan kuruk transformatorlarning neytralidagi tok, nominal faza tokining 25% idan ortmasligi shart. 34. Transformatorlarni (reaktorlarni), ularni uchirmasdan turib ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi shart: xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni -1 sutkada bir marta; xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini - oyda 1 marta; transformator punktlarida -oyda 1 martadan kam emas. Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi lollarda o‘tkaziladi: yomon ob-havo ta’siridan keyin (momokaldirok, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar); gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya ta’sirida uchirilganda. Transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart: termometrlar va manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari; transformator korpusining pulati va moy oqishini yo‘qligi, kengaytirgichdagi moy satxini harorat belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi; moy sovituvchi va moy yiguvchi qurilmalarning, shuningdek izolyatorlarning holati; shinalarni va kabellarni holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi; signalizatsiya qurilmalarini va o‘tish saqlagichlarini butligi; yerga ulash tarmogining pulati; moy o‘zluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash kurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati; transformator xonasining holati. 35. YUOR siz transformatorlarni uchirib joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini — kamida 2yilda 1 marta; kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni — mahalliy yuriqnomalar bo’yicha; barcha qolgan transformatorlarni — zaruriyat bo’yicha, lekin kamida 4 yilda 1 marta. YUOR li transformatorlar va avtotransformatopni joriy ta’mirlash har yili amalga oshiriladi. YUklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarning navbatdan tashqari ta’mirlash, zavod yuriqnomalariga muvofiq, almashlab ulash bo’yicha operatsiyalarniig ma’lum sonidai keyin o‘tkaziladi. Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar uning biron-bir elementidagi nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‘jaligiga javobgar qabul qiladi. D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy ta’mirlash bilan bir vaqtda kirishlarni joriy ta’mirlari xam o‘tkaziladi. 36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy tuxtatish quyidagi hollarda zarur: transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‘lganda; normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal bo‘lmagan va doimo usayotgan qizishida; kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda; moyning oqishi bilan uning satxi moy ulchagich shishasining satxidap pastda bo‘lganda. Transformatorlar laboratoriya taxlillari bo’yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda xam ishdan tuxtatiladilar. 37. Quvvati 160 kVA va undan Yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali o‘zluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishlari shart. Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bsvosita tegishdan himoyalangan bo‘lishi shart. Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jixozlangan transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’iy nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya qilish ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdai himoyalangan bo‘lishi shart. 38. Balansida moy bilan tuldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig‘imli apparatning kamida 110% xajmida izolyasion moyning kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart. 39. Transformator moylarining Elektr uskunalarni SNvaM ga munofpq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart. Download 4.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling