Yig‘ma shinalar sistemasi. Elektr taqsimlovchi qurilmaning hamma ulanishlarini bir-biriga bog‘lovchi elementlar tuplami.
Yig‘mashinalarning ishchi sistemasi. Normal holatda taqsimlov qurilmasining barcha ulanmalari ulangan yig‘mashinalar sistemasi.
Aylanib o‘tkazuvchi shinalar yig‘masistemasi. /Bypass busbar. Obxodnaya sistema sbornыx shin/. Ta’mir vaqtida kommutatsiya va boshqa uskunalarning ulanishini shu shinalarga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yig‘mashinalar sistemasi.
Yig‘mashinalar seksiyasi. Yig‘mashinalar sistemasining boshqa qismlardan kommutatsiya apparati yordamida ajratilgan qismi.
Seksiyalashgan yig‘mashinalar sistemasi. Bir nechta seksiyadan iborat yig‘mashinalar sistemasi.
Yig‘mashinalar rezerv sistemasi. Ishchi yig‘mashinalar sistemalarini ta’mirlash yoki shikastlangan vaqtda, ularni almashtirish uchun mo‘ljallangan yig‘mashinalar sistemasi.
2. Elektr stansiyalar va nimstansiyalarning elektr bog‘lanish simlari
Elektr stansiya, nimstansiyasining prinsipial elektr sxemasi. Elektrostansiya, nimstansiyasi elektr qismining strukturasini, uskunalar tarkibi va ularning o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi sxema.
Elektr stansiya, nimstansiyasining bosh elektr sxemasi. Elektr stansiya, nimstansiyasi elektr qismidagi asosiy uskunalarning tiplari va parametrlari ko‘rsatilgan bog‘lanish sxemasi.
Taqsimlash qurilmasining to‘ldirish sxemasi. Taqsimlovchi qurilma binosi va xujralaridan uskuna va apparatlarning joylashtirilishini ifodalovchi sxema.
Elektr stansiya, nimstansiya, tarmoqning mnemonik sxemasi. Elektr stansiya, nimstansiya, tarmoqning elektr sxemasi hamda, uning tarkibidagi elektr apparatlarining holatini yaqqol ko‘rsatuvchi va boshqaruv vazifasini bajara oladigan elementlar va tasvirlovchi tuzilmalar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |