5.2. Transformatorning holatlari va ulardagi jarayonlar
Transformatorning nominal holati. Transformatorning asosiy chul-g‘amida kuchlanish, davr tezlik, quvvat nominal bo‘lganda uning urnatilish joyi va sovutuvchi muxitning nominal sharoitlarida ishlash holati.
Transformatorning avariya holati. Transformatorning chulg‘am kuchlanishi yoki toki qiymatlari, uning qismlarini ishdan chiqishi yoki shikastlanishiga olib keladigan darajaga etgan holat.
Transformatorlarning parallel ishlashi. Ikki yoki bir nechta trans-formatorlardan birining kamida ikkita asosiy chulg‘amlari xuddi shuncha asosiy chulg‘amlarga ega bo‘lgan boshqa transformatorlarga parallel ulangan xolda ishlashi.
Transformatorning salt ishlash holati. Transformatorning chulg‘amlaridan biri manbaga ulanib qolgan chulg‘amlari tashqi zanjirga ulanmagandagi ish holati.
Salt ishlash tajribasi. Transforma-torning birlamchi chulg‘amida nominal davr tezlik, turli qiymatdagi sinusoidal kuchlanishlar ta’minlangan xolda quvvat isrofini, salt ishlash tokini va boshqa harakteristikalarini aniqlash maqsadida salt ishlash holatida amalga oshiriluvchi tajriba.
Transformatorning qisqa tutashuv holati. Transformatorning chulg‘amlaridan kamida bittasi o‘zgaruvchan kuchlanish manbasidan ta’minlanib, boshqa cho‘lg‘amlaridan birida qisqa tutashuv yuz byergan va qolgan chulg‘amlari ochiq bo‘lgandagi holat.
CHulg‘amlar juftligining qisqa tutashuvi tajribasi. Trans-formator chulg‘amlari juftligi uchun qisqa tutashuv kuchlanishi va quvvati yo‘qolishi hamda boshqa parametrlarni aniqlash maqsadida bitta chulg‘am manbaga ulangan, ikkichisi qisqa tutashgan va qolgan chulg‘amlar ochiq bo‘lgan vaziyatda amalga oshiriluvchi qisqa tutashuv holati tajribasi.
Transformatorning yuklama holati. Qo‘zg‘atilgan transformatorning har biri tashqi zanjirlarga ulangan kamida ikkita chulg‘amida tok mavjud bo‘lib ishlash holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |