Ikki chulg‘amli transformatorning yuklama holati. Trans-formatorning nominal davr tezlik va kuchlanishda nominal tok bilan ishlash holati.
Transformatorning joiz yuklama holati. Transformatorning shunday davomli ishlash xola-tiga aytiladiki, bunda chulg‘amlar izolyatsiyalarining qizishi natijasida hisobiy eskirish uning nominal holatida ishlagandagi eskirishdan oshib ketmaydi.
Transformatorning o‘ta yuklanishi. Trans-formatorning shunday yuklamasiki, bunda chulg‘amlar izolyatsiyalarining qizishi natijasida xisobiy eskirishi, uning nominal holatda ishlagandagi eskirishidan oshib ketadi.
Transformatorning joiz o‘ta yuklanishi. Transformatorning normativ xujjatlarida ruxsat etilgan o‘ta yuklanishi.
Transformatorning yuklanish imkoniyati. Transformatorning joiz yuklama va o‘ta yuklanishlari majmui.
Transformatorni qo‘zg‘atish. Trans-formatorning bir yoki bir necha chulg‘amlarini bir yoki bir necha tarmoqlar yoki boshqa mos nomianl kuchlanish va davr tezlikdagi manbalarga ulash yo‘li bilan asosiy magnit maydonini hosil qilish.
Transformatorning Yuqori, quyi kuchlanishi. Transformator chulg‘amlari nominal kuchlanishla-rining eng kattasi (kichigi).
Transformatorning o‘rtacha kuchlanishi. Transformator chul-g‘amlarining Yuqori va quyi nominal kuchlanishlari oralig‘idagi nominal kuchlanish. Izox: Uchtadan ko‘p zanjir va ikki yoki undan ortiq oraliq kuchlanishlar mavjud bo‘lganda ular “birinchi o‘rtacha”, “ikkinchi o‘rtacha” deb yuritiladi.
Transformator chulg‘amlari juftligining qisqa tutashuv kuchlanishi. Trans-formator chulg‘amlari juftligida birinchi chulg‘am manbaga ulangan, ikkinchisi qisqa tutashtirilgan va boshqa chulg‘amlar ochiq bo‘lganda birinchi chulg‘amning unda nominal tok oqishi holatiga to‘g‘ri keluvchi fazalararo kuchlanishi.
Transformatorning transformatsiyalash koeffitsienti. Transfor-matorning salt ishlash holatida ikkita cho‘lg‘am qisqichlaridagi kuchlanishlar nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |