Kismlarga ajralmaydigan kontakt. Buzilmasdan qismlarga bo‘linmaydigan bog‘lovchi birlashgich.
3.4. Elektr reaktorlari
Elektr reaktorlari. Elektr zanjirlarida induktivligi qullanishga muljallangan statsionar elektromagnit qurilma.
To‘yinuvchi reaktor. Magnit sistemasi to‘yinganligi tufayli nochiziqli harakteristikaga ega bo‘lgan reaktor.
Juftlangan reaktorIkkita simmetrik qismdan iborat va seksiyalangan shinalarga ulanishga mo‘ljallangan reaktor.
Boshqariluvchi reaktor. Parametrlari magnitlash yordamida o‘zgartirilib boshqariladigan reaktor.
Beton reaktori. CHo‘lg‘am simlari beton ustunchalarga mahkamlangan, po‘lat o‘zaksiz quruq reaktor.
Seksiyalararo reaktor. Seksiyalararo o‘rnatiladigan reaktor.
Tutashuvchi reaktor. Sig‘im toklarini kamaytirishi kompensatsiyalash maqsadida zanjirga parallel ulanadigan reaktor.
Ishga tushiruvchi reaktor. Elektr yuritmalarni ishga tushirishda qo‘llaniladigan tokni chegaralovchi reaktor.
SHuntlovchi reaktor. Elektr tarmoqqa yuklama kabi ulanib, reaktiv quvvatni iste’mol qiladigan reaktor.
4. Nimstansiyalar va taqsimlash qurilmalari
Ochiq nimstansiya Uskunalari ochiq havoda joylashtirilgan nimstansiya.
YOpiq nimstansiya. Uskunalari binoda joylashtirilgan nimstansiya.
Transformatorli nimstansiya. Elektr energiyaning kuchlanishini transformatorlar yordamida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan nimstansiya.
To‘g‘rilagichli nimstansiya. O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan nimstansiya.
Tortuv nimstansiyasi. Elektr kontakti tarmoqlari orqali elektr transportini ta’minlovchi nimstansiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |