Kimyoviy reaktorlar O’qituvchi: Raximov X


Download 5.7 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi5.7 Kb.
#1837392
Bog'liq
Taqdimot (3)

Kimyoviy reaktorlar

O’qituvchi:Raximov X

Tuzuvchi:Mirzaahmedov Nazirjon


Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
Neft va neft gazni qayta ishlash kimyoviy tehnalogyasi kafedrasi

Reaktorlarning sinflanishi

  • Reaktorlarning sinflanishi
  • Kimyoviy reaktorlarning neft va gaz sohasida qo’llanilishi

Reja

Reaktorlarning sinflanishi

Reaktorlarni gidrodinamik sharoit boʻyicha sinflash

Gidrodinamik sharoitga koʻra barcha reaktorlarni ikkita guruhga boʻlish mumkin: aralashtirish va oʻrin almashinish reaktorlari.

Aralashtirish reaktorlari – mexanik aralashtirgichi yoki sirkulyatsion nasosi boʻlgan sigʻimli uskunalar. Oʻrin almashinish reaktorlari – uzunroq kanalga ega boʻlgan quvursimon uskunalar.

Kimyoviy reaktorlar nazariyasida odatda oldin ikkita ideal uskunalar (ideal aralashtirishga ega boʻlgan reaktorlar va ideal oʻrin almashinish reaktorlari) koʻrib chiqiladi.

Ideal aralashtirish paytida uskunaning hajmi boʻyicha reaktsiyani tavsiflovchi barcha koʻrsatgichlarning absolyut toʻla baravarlashuvi yuz beradi.

Ideal oʻrin almashinishda esa reagentlar va mahsulotlarning xohlagan miqdori reaktor orqali qattiq porshen­ sifatida siljiydi.

Haqiqiy reaktorlar maʻlum bir darajada ideal aralashtirish yoki ideal oʻrin almashinish modellariga yaqinlashadi. Ushbu nazariy modellarga tegishli tuzatish koeffitsientlarini kiritish orqali ulardan haqiqiy reaktorlarni hisoblashda foydalaniladi

Reaktorlarni issiqlik almashinish shartlari boʻyicha sinflash

Reaktorlarni issiqlik almashinish shartlari boʻyicha sinflash

Reaktorlarda olib boriladigan kimyoviy reaktsiyalar paytida issiqlik effektlari yuz beradi. Issiqlikning ajralib chiqishi yoki uning yutilishi sababli harorat oʻzgaradi, oqibat natijada reaktor hamda atrof muhit oʻrtasida haroratlarning farqi, ayrim sharoitlarda esa reaktorning ichida harorat gradienti paydo boʻladi. Haroratlarning farqi issiqlik almashinishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.Agar atrof muhit bilan issiqlik almashinish yuz bermasa, bunday uskuna adiabatik reaktor deb ataladi. Bunday holatda kimyoviy reaktsiya natijasida hosil boʻlgan yoki yutilgan issiqlik reaktsion aralashmani isitish yoki sovitish uchun sarflanadi.Atrof muhit bilan issiqlik almashinish orqali reaktorda bir xil harorat ushlab turilsa, bunday uskuna izotermik reaktor deb yuritiladi. Reaktorning xohlagan bir nuqtasida ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiqlik tashqi muhit bilan yuz berayotgan issiqlik almashinish taʻsirida kompensatsiya qilinadi, natijada haroratning bir xilligi ushlab turiladi.Yuqori issiqlik effektiga ega boʻlgan reaktsiya paytida reaktorda haroratning katta oʻzgarishi yuz berishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun reaktorning tashqi muhit bilan issiqlik almashinishi, yaʻni politropik jarayon amalga oshiriladi.Oraliq issiqlik rejimli reaktorlarda kimyoviy reaktsiya issiqlik effektining bir qismi atrof muhit bilan boʻlgan issiqlik almashinishini kompensatsiya qilish uchun, qolgan qismi esa reaktsion aralashma haroratini oʻzgartirish uchun sarflanadi.Avtotermik reaktorlarda jarayonning zarur boʻlgan harorati, tashqi manbalar issiqligidan foydalanilmagan holatda, faqat kimyoviy jarayonning issiqlik effekti hisobiga ushlab turiladi. Ayniqsa, katta hajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladigan kimyoviy reaktorlar avtotermik rejim bilan ishlashi maqsadga muvofiq boʻladi


Issiqlikni nazorat qilishga imkon beruvchi termoreaktor

Kimyoviy reaktsiyalarni olib borish uchun reaktorlar ishlatiladi. Reaktsiyalar gomogen sistemada (gaz va suyuqlik fazasida) geterogen sistemada (gaz-suyuqlik, gaz-qattiq modda, suyuqlik-qattiq modda fazalarida) olib boriladi.Bu fazalar sistemasida olib borishga qarab reaktorlar quyidagi gruppalarga boʼlinadi:

Kimyoviy reaktsiyalarni olib borish uchun reaktorlar ishlatiladi. Reaktsiyalar gomogen sistemada (gaz va suyuqlik fazasida) geterogen sistemada (gaz-suyuqlik, gaz-qattiq modda, suyuqlik-qattiq modda fazalarida) olib boriladi.Bu fazalar sistemasida olib borishga qarab reaktorlar quyidagi gruppalarga boʼlinadi:

  • Gomogen gaz reaktsiyalari olib boriladigan reaktorlar;
  • Suyuqlik fazasida gomogen reaktsiya olib boriladigan rekatorlar;
  • Qattiq katalizatorlar gaz fazasida olib boriladigan rekatorlar;
  • Gaz fazasida suyuq katalizatorlar ishtirokida reaktsiyalar olib boriladigan rekatorlar

REAKTORLARNING NEFT VA GAZ SOHASIDA QO'LLANISHI
Download 5.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling