Tok transformatorining burchak xatoligi. Birlamchi va ikkilamchi tok vektorlari orasidagi burchak, ideal tok transformatorida bu burchak nolga teng bo‘ladi.
Tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi. Tok transformatori tashqi ikkilamchi zanjirining to‘la qarshiligi.
Tok transformatori birlamchi tokining karraliligi. Tok transformatori birlamchi tokining nominal tokka nisbati.
Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsienti. Salt ishlash holatida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi kuchlanishlar nisbati.
Kuchlanish transformatorining kuchlanish xatoligi. Kuchlanish transformatorining xaqiqiy transfor-matsiya koeffitsienti nominal qiymatga teng bo‘lmaganligidan kelib chiqadigan xatolik.
Kuchlanish transformatorining burchak xatoligi. Birlamchi va ikkilamchi kuchlanish vektorlari orasidagi burchak, ideal kuchlanish transformatorida u nolga teng.
3.3. Elektr kontaktlar
Elektr kontakti. Elektr zanjirning uzluksizligini ta’minlaydigan jismlar birikmasi.
Elektr zanjirining tutashuvchi kontakti. kurilmaning boShlang‘ich holatiga o‘tishda tutashuvchi elektr zanjiri kontakti.
Elektr zanjirining ajratuvchi kontakti. kurilmaning oxirgi holatiga o‘tishda ajraluvchi elektr zanjiri kontakti.
Elektr kontakti qarshiligi. Kontakt qismlari qarshiligi va kontaktning o‘tkinchi qarshiliklaridan tashkil topgan elektr qarshilik.
Kontaktli o‘tishda kuchlanishning tushuvi. Birgalikda ishlayotgan ikkita berk kontakt kuchlanishlari orasidagi farq.
Ajraladigan kontakt birikmasi. kismlari bulinmasdan, yoki yig‘ilmasdan ajraladigan, yoki qo‘shilmaydigan bog‘lovchi birlashgich.
Yig‘makontakt birikmasi. Buzilmasdan qismlarga ajraladigan bog‘lovchi birlashgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |