Elektr stansiya. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, uskunalar va tegishli inshootlar majmuasi.
Gidravlik elektr stansiya. Gidravlik energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Issiqlik elektr stansiya. YOqilg‘ining yonishidan ajralib chiqadigan issiqlikni elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Gelioelektrik stansiya. kuyoshdan bevosita olinadigan issiqlikni elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
SHamol elektr stansiya. SHamol energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Atom elektr stansiya. YAdroviy energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Nimstansiya Elektr energiyani transformatsiyalash yoki taqsim-lash uchun mo‘ljallangan hamda ikki yoki undan ortiq tarmoqlarni bog‘lovchi elektr uskunalar va ularga tegishli inshootlar majmuasi.
Tortuv nimstansiya. Elektr transport tarmoqlarini ta’minlovchi nimstansiya.
Taqsimlovchi nimstansiya. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarni ta’minlaydigan nimstansiya.
Aylanib o‘tish shinalari. Elektr uzatish yo‘lining asosiy kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash yoki taftish qilish vaqtida uni aylanib o‘tkazuvchi uzgich yordamida asosiy shinalar sistemasiga bog‘lanadigan yordamchi shinalar sistemasi.
Kabel kanali. Kabellarni tashqi mexanikaviy ta’sir-lardan himoyalaydigan sirti yopiq kanal.
Elektr stansiyaning o‘rnatilgan quvvati. Elektr stansiya generator-larining nominal quvvatlari yig‘indisi.
Elektr stansiyaning ishlab chiqarishi. Elektr stansiyaning ma’lum vaqt mobay-nida ishlab chiqargan elektr energiya miqdori.
Elektr qurilmasining yuklama grafigi. Elektr qurilmasi quvvatining vaqt bo‘yicha o‘zgarish diagrammasi.
YUklanish grafigining to‘ldirish koeffitsienti.
Qurilma ish grafigining notekislik darajasini baholaydigan koeffitsient-o‘rnatilgan quvvatning maksimal quvvatga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |