Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4602 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Craft village tourism (craft tourism)
Xulosa va takliflar
So'nggi yillarda hunarmandchilikning ahamiyati ularning madaniy va moliyaviy qadriyatlari bilan bog'liq. Kichik ishlab chiqarish sanoati, jumladan, hunarmandchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining teng rivojlanishida muhim rol o'ynashi mumkin. Dunyodagi sanoat mahsulotlarining 90-95 foizi 100 kishidan kam bo'lmagan kichik ustaxonalarda ishlab chiqariladi. Misol uchun, iqtisodiy taraqqiyotning eng yuqori cho'qqisida joylashgan Yaponiya, sanoatning 84% ni kichik va o'rta sanoat sifatida ko'rib chiqdi. Hindiston va Xitoy singari mamlakatlarda milliy hunarmandchilik sifati va miqdori bo'yicha mexanizatsiyalashgan mahsulotlarga ega bo'lib, xorijiy daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotni mustahkamlash uchun milliy hunarmandchilik rivojlantirishga e'tibor qaratmoqdalar. Turizm biznesida samaradorligini oshirishda milliy hunarmandchiligimizning o`rni beqiyosdir. 80 Turistik biznesning samaradorligi turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchi va rivojlantiradigan tijorat tuzilmalarining firma-mijozlar soni bo'yicha yoki miqdori bo'yicha aniqlanadi. O`zbekistonimizning turizmda tutgan o`rnini oshirish uchun hunarmandchiligimizni asrab avaylashimiz va undan unumli foydalanishimiz zarur. Chunki, ular bizning o`zligimizni ko`rsatib turadi. Hunarmandchiligimizni rivojlantirish va shu bilan birga chet ellik sayyohlarni o`zimizga jalb qilish bizning ustuvor maqsadimiz bo`lmog`i zarur. Prezidentimiz tashabbusi bilan tarixiy qadamjolarning qayta rekanstruksiya qilinishi, hunarmandchiligimizning rivojlanishida, hunarmandlarni qo`llab quvvatlash maqsadida 2017-2020 yillarda Buxoroda sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirishi, “Shahriston” deb nomlangan hunarmandlar shaharchasini barpo etish kabi katta loyihalar o`zligimizni saqlab qolish, ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan hunarmandchiligimizni yuksaltirishga qaratilgan g`amxo`rlik deyish mumkin. Ushbu disertatsiya ishi yakuniy xulosalari bo`yicha quyidagi takliflar beriladi: - Yangidan- yangi mahsulotlar yaratilish; - Ayniqsa qadimiy uslublarini yo`qotmagan holda, zamonaviy va qadimiy uslublarni uyg`unlashtirib yangi dizayndagi hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish; - Hozirgi zamon talabiga to`la mos keladigan hunarmandchilik turlarini Buxoro hududi miqyosida tadbiq etish; - Turizm biznesida samaradorlikni oshiradi. O`ylaymanki yuqoridagi takliflarim Buxorodaning iqtisodiy ko`rsatkichlarida xizmatlar sohasining, jumladan turizm yo`nalishning hissasini oshishiga turtki bo`ladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Buxoroning turizmdagi potensiali juda katta hudud hisoblanadi. Ammo shunday bo‘lsada mintaqa turizmining bir qator zaif tomonlari tufayli Buxoroda turizm hali o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetgani yo‘q. Sohaning oqsashiga sabab bo‘layotgan muammolar o‘z yechimini topmagan. 81 Mening fikrimcha, Buxoro viloyatida hunarmandchilikning samaradorligini oshirishda avvalambor ushbu sohadagi qator muammolarni hal etish darkor. Buxoro shahri hududida Hunarmandlar savdo majmuasining qurilishi, shofirkon, g`ijduvon, hamda Buxoro tumanlarida Craft village tourism (craft tourism) kabi turizm turlari amalga oshirilsa samaradorlik shunga yarasha o`sar edi takomillashtirish mumkin bo‘lgan jihatlarni bartaraf etgan holda, kelajakda Buxoroni turizm markazlaridan biriga aylantirish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling