Fan haqida umumiy ma’lumotlar. Mashina detallari fanining tarixi va vazifasi. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar


Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga  ajralmaydigan qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).  Uzel


Download 249.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi249.6 Kb.
#1047464
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga 
ajralmaydigan qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar). 
Uzel - mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir 
nechta detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar). 
Mashinalar quyidagicha tasniflanadi: 
1. Mehnat vositalarining shaklini, xossalarini, holatini va joylanishini 
o’zgartiruvchi ishchi mashinalar. 
2. 
Har 
qanday 
turdagi 
quvvatni 
mexanik 
ishga 
aylantiruvchi 
harakatlantiruvchi mashinalar (ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv va 
elektr dvigatellar, bug’ mashinalari). 
3. Mexanik ishni boshqa turdaga quvvatga aylantiradigan mashiialar - 
geeneratorlar deyiladi (dinamomashinalar, sovutgichlar). 
4. Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi mashinalar. 
5. Axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’llash uchun 
ishlatiladigan mashinalar kibernetik mashinalar deyiladi. 
Hozirgi zamon texnikasini elektron hisoblash mashinalari, avtomatik 
boshqarish tizimlarisiz tasavvur qilish qiyindir. 
Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan. 
Boltlar, gaykalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, podshipniklar, vallar va 
ьoshqalar shular jumlasidandir. Bunday detal va uzellar mashinalarda umumiy 
vazifalarni bajaradi. Ularning tuzilishi hamda loyihalanish usullari «Mashina 
detallari» fanida o’rganiladi. 
Shunday qilib, «Mashina detallari» fani muhandislik amaliyotida ko’plab 
uchraydigan, deyarli barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va 
uzellarning tuzilishini hamda ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va 
loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Shu bilan birga, u mashinasozlik 
ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi.
«Mashina detallari» fanida o’rganiladigan asosiy detal va uzellar 
quyidagilardan iborat: 
1. Detallardan uzellar, uzellardan mashina hosil qilish uchun ularni o’zaro 
qandaydir vosita bilan bir-biriga biriktirish zarur. Anna shunday vazifani 


o’taydigan birikmalar va ularni tashkil qiluvchi qismlar guruhi mazkur fanda 
o’rganiladigan detallarning birinchi turkumini tashkil etadi. 
2. Mashinaning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismlari orasida 
joylashib, harakat tezligini talab qilinganicha boshqarishga imkon beradigan vosita 
har turli uzatmalardir. Bunday uzatmalar va ularni hosil qiluvchi detallar «Mashina 
detallari» kursining yana bir qismini tashkil qiladi. 
3. Ma’lumki, aylanadigan har qanday detalning harakatini ta’minlash va 
ularni o’rnatish uchun val va o’qlar deb ataladigan detallardan foydalaniladi. Val 
va o’qlar o’zlarining tayanchlariga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, 
harakatlanadigan bir uzel ikkinchi uzel bilan o’zining vallari orqali ulanadi. 
Vallarni ulash uchun esa har turli muftalardan foydalaniladi. Binobarin, talab 
qilingan aylanma harakatni ta’minlaydigan vallar, o’qlar va ularning tayanchlari 
hamda vallarni bir-biri bilan ulaydigan muftalar mashina detallarining navbatdagi 
turkumini tashkil qiladi. 
4. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, turli prujinalar, moylash tizimini 
tashkil qiluvchi qismlar, korpus detallar va shu kabilar ham deyarli barcha 
mashinalarda uchraydi va mazkur fanda o’rganiladi. 
Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo-da 
Vinchi (1452-1519 yillar) o’z asarlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma 
va turli mashinalar haqida ba’zi ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalar-da, mashinalarni 
hisoblash va loyihalash faniga faqat XIX asarda asos solindi. 
Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim «Mashinalar haqida 
ommaviy leksiyalar» (1859 y) va «Ko’tarish mashinalari kursi» (1872 y) nomli 
asarlar muallifi prof. I.A. Vishnegradskiydir. 
«Mashina detallari» deb atalgan birinchi kitobni prof. V.L. Kirpichev 1881 
yilda Peterburg shahrida nashr ettirdi. O’sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni 
boyitishda vatanimiz olimlaridan P.K. Xudyakov, A.I. Sidorov, M.A. Saverin, N.S. 
Acherkan, N.I. Kolchin, V.A. Dobrovolskiy, A.I. Petrusevich, N.B. Kudryavsev, 
L.D. Chasovnikov, D.N. Reshetov va M.N. Ivanov asarlari muhim rol o’ynaydi. 
Chet el olimlaridan K. Bax, F. Retsher, O. Reynolds, A. Zammerfeld, V. Lyus, E. 
Bakingem va D. Shigleyning «Mashina detallari» faniga oid asarlari ham diqqatga 
sazovordir.

Download 249.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling