Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


-n(-i'n\in,-yn\un,-an\an)


Download 1.09 Mb.
bet19/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

-n(-i'n\in,-yn\un,-an\an). Qadiman vosita kelishigining affiksi bo’lgan va o’zining birgalik ma'nosi asosida keyinchalik so’z yasash funksiyasini ham bajargan. U negizdan anglashilgan belgiga egalik ma'nosini ifodalovchi sifat yasagan: Nedin tolun ay yuzun ila husn talashur (Atoiy).U turur (Taf.).
-l(-i'l\il). Bu affiks ayrim fe'llardan o’zakdan anglashilgan harakat yoki holat belgisiga egalik ma'nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Dunyani'n tugal mali'ni' bersan (Nahj.far.).
Shu bilan birga,-i'r\yr (Bu ag’i'r ishka og’radi'mi'z (Rabg’.))> -ri\'ri' (Quyi' egriligi chi'ndur (Lutf.)) qo’shimchalari bilan ham sifat yasalgan.
Sintaktik (kompozisiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub so'zlarning bir-biri bilan turli kombinasion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo’lgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko’ra qo’shma va murakkab sifat yasaladi.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg’un bo’lmaydi va u ko’proq uslubiy vazifa bajaradi: qara yuzluk bashi' (Nav.MN), qara tamg’ali’q ay (Lutf.).
Sifat darajalari. Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud.
Hozirgi va o'tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi-kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.
Oddiy daraja. Boshqa darajalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini bajaradi va belgi neytral darajada bo’ladi. Bu shakl "nol" shakl bo'lib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq\rak
Kimki ulug’raq, ana xi'dmat kerak,
Ulki kichikrak, ana shaffip kerak. (Nav.MQ,).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling