Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet21/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Dona sonlar. XVXIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar vazifasini sonning turli formalari bajargan. Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab'ai sayyor», «Shayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga -ta affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan birta yarmag’ ikki bo’lub (Nav. MQ); birta o’pmakni iki bo’lyb (Nav.MQ,).
XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma'nosida qo’llangan.
Numerativ so'zlar. Numerativ so’zlar XV — XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so'zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra turlicha ma'nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqdlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini shununigdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, to’da, o'lchov birliga, gurux, dona kabi qator ma'nolarni anglatgan. Misollar: Kelmish kishiler ikki guruh yerdilar (Taf.). Bir syryk qoy (Rabg’.). Ikki jam may (Nav.FSH). Bir tegirman suv (BN). Bir para kabab (BN). Yyz mi's yevlyk kishi (SHN). Bir ayaq suv (SH.tar.).
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq sonlarga affikslar qo’shilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan o’zlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma'nosini anglatgan, ba'zan o'zlashgan tartib sonlar formasi) ham qo’llangan. i'ichi\'inchi\yunchi'\nchi’\nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar hosil qilish keng qo’llangan.
-i’nchi’\inchi\\yunchi\ynchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga –nchi\nchi' affiksi varianti qo’shilgan: ikkinchi, yetinchi, ychynchi, to’rtynchi, alti'nchi', onunchi'.
Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi birinchi fasl (Nav.MK,); birinchi maqalat (Nav.H.A).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling