Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet24/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

7-MA’RUZA




OLMOSH




Reja:

  1. Olmoshning ta’rifi va uning eski o’zbek tilida qo’llanish xususiyatlari.

  2. Olmoshning ma’no turlari, turlanishi. Fonetik variantlari.

Olmosh ot, sifat, son va ba`zan boshqa so’z turkumlari o'rnida qo’llanib, predmet va unga xos bo'lgan belgining mavjudligini ko'rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o’rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so’z turkumi hisoblansa-da, konkret ma`noga ega bo’lmaydi. Eski o'zbek tilidagi olmoshlar ma`no xususiyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: kishilik olmoshlari, o’zlik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, so’roq olmoshlari, birgalik olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari.


Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma`lum so'z kategoriyasidir hamda grammatik xususiyatlariga ko’ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba`zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, hozirgi o’zbek tilida, deyarli,aynan qo’llanmoqda.
Kishilik olmoshlarining I- shaxs birligi: men.
Aksariyat yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan. XVII-XIX asrlarga oid ba`zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibiga old qator, o’rta keng e tovushi qo’llangan.
XIX-asrga oid ayrim yozma manbalarda ba`zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi istifoda etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funkciyasini boshqa so'zlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Maxmur asarlarida qo’llanilib, kamtarlik ma`nosida foydalanilgan. Banda shafaq-tek qan yi’g’labki... (Yaqiniy).
Banda ul vaqtda Buxarada edim (Sh.N). Banda bayan gar qi’lsam.(Maxmur).
Faqi’r va bu faqi’r so’zlari Alisher Navoiy, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qo’llangan: Faqi’r alar sari barurg’a muvaffaq bo’ldum (Nav.M.N) Faqi’r taraf tutub yalg’an aytg’an bolg’ay-men.(Sh.Turk).
XV-asrdan boshlab, men olmoshi o'rnida faqi’ri haqi’r, faqi’r-haqi’r so’zlari birikmasi ham qo’llana boshlangan, ba`zan bu olmoshni faqi’ri haqi’r so’zlardan oldin qo’llash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi. Faqi’ri haqi’r yab tuttumkum..(Nav M.N).
XVIII-XIX asrlarga oid yozma manbalarda fakiri xakir kamina, kamina, bu kamina, men kamina, birikmalari ham men olmoshi o’rnida iste`mol qilingan: Faqi’ri haqi’r kamina taganiz Muhammad Aminxoja Muqimiy (Muq).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling