Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet25/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

II-shaxs birligi: sen. Kishilik olmoshining sen formasi sinu yo nun bilan yozilgan, sen olmoshi tarkibidagi yo asosan old qator lablanmagan, o’rta keng e unlisining belgisini ifodalaydi.
XV-XVI asrlar yozma manbalarida sen olmoshi kelishik affikslari bilan turlanganda, yo harfi yozilmagan: seningdek, (Lutfiy); senin (Amiriy).
Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski o’zbek tili yozma manbalarida san emas, sen shaklida transkripciya qilish to’g’ri bo’ladi.
III-shaxs birligi: ul, ba`zan u, an shakllari qo’llangan. XV-XIX asr yozma manbalarida asosan ul varianti qo’llangan. Ul olmoshi tarkibidagi –l undoshining tushib qolishi orqali ba`zan u shakli vujudga kelgan. U kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda Huvaydo asarlarida ba'zi o’rinlarda uchraydi: Har kim nekim uni’n yerig’a olturdi’ (BN).
Uni' kim saqladi' xallaq (Huvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba'zan Furqat asarlarida uchraydi: An hama beganalarg’a ashnaliq shunchalar.
I shaxs ko’pligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, ko’plik, birlik ma'nolarida qo’llangan.
Biz olmoshi ko’plik ma'nosida qo’llangan: Biz ham kishi yiberduk (BN).Biz ikkimizga musulman bol tedi (SH.tar.).
Biz olmoshi birlik ma'nosida ham qo’llangan: Bizin bila bolgan beglarini ham faraxorlarig’a yarasha berib shafqat qi'ldi'm (BN). Bizni rasvai jahan yetti yad aylamadin (Nodira).
Ko’plik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga -lar affiksi qo’shilgan: Mavlana Kabuliy bizlarni tilab vasiyatat qi'ldi'kim, bu kecha alamdi'n
barur-men (Nav.MN).Gul g’unchasidur goya bizlarga achi'lmaydur (Bobir).
II shaxs ko’pligi: siz.
Siz olmoshi ko’plik ma'nosida qo’llangan: Biz sizin uchun savrulduqq (SHN). Biz bu sari'di'n yetkach, siz ichkaridin chi'qi'b yelikinizdin kelurini taqsir qi’lmanlar (BN).
Siz olmoshining ko’plik ma'nosini kuchaytirish uchun -lar affiksi qo’shilgan: Sizlar kim qari'ndashlar turur-siz bizin birle ittifoq qi'li'n (SH.tar). Shadman sizlardin -u o’lguncha minnatdar-men (Furq,.).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling