Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet23/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar\rer\ar\ar affikslari bilan hosil qilingan: Aylarda birar -birar ko’runur (Atoiy). Fusulni' to’rtar ay ta’yi’n qi’li’bturlar (BN). Yuzar misqal kumush (BN).Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni takror qo’llanib, keyingi bir soniga –dan\din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar ma'nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdan gahi guftara ach (Nodira). Bir chardevar kam bolsa, o’tuz tishni bir birdin si'ndi'rur (Gulx.).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik ko’rsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma'nosini anglatgan: Neki ko’rguzdilar sana bir - bir (Nav.SS). Agar chun ikki-ikki qol tutub (Muq;.)-
Kasr sonlar. Eski o'zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda o'rin-payt kelishiklari affikslari qo’shish orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik ko’rsatkichlarni ham qabul qilgan: Yurt mali'ni'n ondi'n birini alur (SH.turk.). Berurman bolsa yuz jani'mu mi’ndi'n bir hisab aylab (Munis).
Kasr son hosil qilinishida ba'zan maxraj va surat son orasida ayrim bog’lovchilar qo’llangan, grammatik ko’rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba'zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin gar birisiga yetsa (Nav.SS).
Yari'm so’zi ham kasr son ma'nosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik qo’shimchalarini ham qabul qilgan: Yari'm kecha yetib tushtilar (Nav.MN). Bir yari'm qari' qazsa, suv chi'qar (BN).
XVI-X1X asrlarga oid ba'zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan o’zlashgan nim, du nim, chaharyak, charyak so’zlari kasr sonlar ma'nosida qo’llangan: ta'rif qi'lgannin yari'mi' balki charyekiche ashli’q (BN). Og’lanlarni' nim qi’yat tedilar (SH. turk).


Savol va topshiriqlar:
1. Sonning eski o’zbek tilidagi o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
2. Sonning ma'no turlari, tuzilishiga ko'ra turlari qanday hosil qilinadi?
3. Eski o’zbek tilidagi sonlarning qo’llanishiga manbalardan misollar toping.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling